R. E. Xoliqova


-yil 23-iyun kuni respublika rahbarligiga Islom Karimov saylandi



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə6/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

1989-yil 23-iyun kuni respublika rahbarligiga Islom Karimov saylandi. Yangi rahbarning faoliyati O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, toptalgan huquqlarini tiklash kabi oliyjanob va xayrli ishdan boshlandi.
«Paxta ishi»ni ko‘rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya ish faoliyatiga 40 ming tomdan iborat ishni ko‘rib chiqish topshirildi. 1990-yilning iyun oyiga kelib, komissiya eng muhim bir xulosaga keldi. 1990-yil 13-iyun kuni Moskva shahriga SSSR Bosh prokurori, SSSR Oliy sudining raisi va SSSR Adliya vaziri nomiga yozilgan xatda komissiya xulosalari batafsil ko‘rsatildi. Bu xatda
«Paxta ishi» chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo‘yilgan edi. Biroq yuqoridagi tashkilotlar ko‘mak o‘rniga tayzyiqni kuchaytirdilar.
Respublika rahbarining qat’iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. Komissiya ikki yildan ko‘proq vaqt orasida 40 ming tomlik ishni ko‘rib chiqdi. 3,5 mingdan ko‘proq kishi oqlandi. Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, bir qismi Prezidentimiz tomonidan avf etildi.
XX asrning 80-yillarning o‘rtalariga kelib mamlakatdagi iqtisodiy taraqqiyotni chuqur tahlil qilmasdan 90-yillarning oxiriga borib, sobiq SSSR da milliy daromadni 2-2.5 barobar o‘stirish, aniqrog‘i avvalo 70 yil ichida amalga oshirilgan ishlarni keyingi 15 yil ichida bajarish vazifalari qo‘yildiki, bular mutlaqo haqiqatdan uzoq edi. Bu hol tabiiy ravishda 70-80 yillar boshlarida jamiyat oldidagi muhim xalq xo‘jaligi vazifalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish bilan emas, balki qo‘shib yozish, pora berish, oshna-og‘aynigarchilik bilan osongina hal qilishga olib keldi.
Davlat rejalashtirish tizimi murakkab ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini ma’muriy-buyruqbozlik yo‘li bilan hal qilishga qodir bo‘lmay qoldi. Natijada iqtisodiy o‘sish har yiliga kamayib bordi. Respublika xalq xo‘jaligida umumiy ijtimoiy mehnat unumdorligini pasayishi hisobga mo‘ljaldagidan 4,3 foiz yoki 850,4 million so‘mga kam milliy daromad olindi.1989 yilda O‘zbekistondagi har bir kishiga sobiq ittifoqdagi o‘rtacha darajadan bir yarim baravardan kam kapital mablag‘ to‘g‘ri keldi.
Shu davrga kelib respublika qishloq xo‘jaligida ko‘plab muammolar to‘planib qoldi. Sovet tuzumining navbatdagi islohoti ham yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli barbod bo‘ldi.
Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun hatto ayrim respublikalarda millatlararo nizolarni uyushtira boshladi. 1989 yilda Toshkent, Farg‘ona, Andijonda ro‘y bergan millatlararo mojarolar, Kavkazdagi qurolli to‘qnashuvlar, quvg‘in qilingan xalqlarni noroziliklaridan razilona manfaat yo‘lida, respublikalarda, shu jumladan O‘zbekistonda paydo bo‘layotgan hurlik ovozini bo‘g‘ish uchun foydalandilar.
Ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportasiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo‘lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg‘ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan bo‘lib, buning oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo‘shimcha muammolarni yuzaga keltirgan edi. Bu muammoga sovet davlati o‘z vaqtida e’tibor bermadi. 1989- yil 24-mayda Quvasoy shahrida yoshlar o‘rtasida (R. Nishonov ta’rificha, «bir banka qulpunoy uchun») bo‘lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o‘rtasida) to‘qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmagani uchun, yoshlarning ommaviy chiqishlari, millatlararo to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.
Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlariga «ko‘nikmagan» mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashladi. 1989-yil 8- iyunda Qo‘qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutildi. Natijada, 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo‘ldi (ularning ko‘pchiligi Yoshlar edi),

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə