R. E. Xoliqova


-MAVZU. «O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI» O‘QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə3/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

1-MAVZU. «O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI» O‘QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.


MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY- SIYOSIY JARAYONLAR.

Reja:


  1. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanining fan sifatida tutgan o‘rni, predmeti, maqsadi va vazifalari, fanining metodologik, ilmiy-nazariy asoslari, usullari va tamoyillari.

  2. Intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga etkazishda O‘zbekistonning eng yangi tarixini tutgan o‘rni.

  3. Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va manaviy hayoti: muammolar va echimlar.O‘zbekistonning mustaqillik sari yo‘l tutishi.

  1. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari, «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanining fan sifatida tutgan o‘rni, predmeti, maqsadi va vazifalari,


fanining metodologik, ilmiy-nazariy asoslari, usullari va tamoyillari.



    1. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.

O‘zbekiston tarixi ko‘hna bo‘lib, olamshumul voqeliklarga juda boy. Mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri hisoblanib, O‘zbekiston tarixi qadim va yaqin ajdodlarimizning hayotiy kechmishlari qanday bo‘lganligi, jahon tarixi taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini holisona va haqqoniy o‘rganadi. Umuman, O‘zbekiston tarixi fani ajdolarimiz hayotida sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni tahlil qilishni, ularning sabablari va mohiyatini, ichki va tashqi omillarini, umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishni ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi o‘ta muhim masala bo‘lib, u fanning tub ilmiy-nazariy asoslarini tashkil etadi. Ma’lumki O‘zbekiston tarixi sovet davrida eng qadimgi davrdan boshlab 5 ta taraqqiyoi bosqichiga: ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalistik, sotsialistik (kommunistik) jamiyatlarga bo‘lingandi.
Mustaqillik yillarida tarixchi olimlar «Yangi tarix» ta’limoti va tarix fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslariga suyangan holda shonli boy tariximizni ilmiy asosda davrlashtirish sohasida ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritdilar va tarixni sinflar kurashidan iborat, deb tushunish, uni 5 ta formatsiyaga bo‘lishdan batamom voz kechdilar. O‘zbekiston tarixiga oid dastur, darslik, va o‘quv qo‘llanmalari sovet tuzumi davrining soxta, to‘qima materiallaridan butunlay holi qilindi.
Avvalo tarix faninni o‘rganishda sivilizatsion yondashuv tamoyilidan kelib chiqqan masala echimini topishga harakat qilindi. Xususan, davrlashtirish masalasida tarix fanida amal qiladigan tamoyillarga asoslangan holda ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy munosabatlar va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi.
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib davrlashtirish masalasida olimlar orasida hamon bahslar davom etmoqda. Bu
masala yuzasidan, xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo‘lgan tariximizni davrlashtirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga sivilazitson yondoshuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabilarga A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullayev va boshqa olimlar e’tibor qaratgan bo‘lishlariga qaramay, davrlashtirish masalalari to‘la echimini topmagan. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalariga ham qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Chunki, tarixni o‘rganishda avvalo, xronologik izchillik asosida davrlarga bo‘lib, har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ma’ruzalarni belgilash hamda dars soatlarini taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Qanchalik sodda ko‘rinmasin, ushbu jihat ham murakkab masala hisoblanagan tarixni to‘g‘ri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning eng muhim tomoni esa, yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish asosida tarix fanidan ta’lim berishdir.
Yuqorida ta’kidlanganimizdek, mustaqillik davriga kelib, haqqoniy tariximizni yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli sovet davri mafkurasiga asoslangan besh bosqichli formatsion davrlashtirish inkor etildi. Qadimgi tarixni davlashtirish masalasida tarixiy-madaniy taraqqiyotining ijtimoiy- iqtisodiy omillariga asosiy e’tiborni qaratish g‘oyalari paydo bo‘ldi. Xususan, A.Sagdullayevning fikricha, O‘rta Osiyo tarixining eng qadimgi davri bir necha yuz ming yillarni o‘z ichiga oladi. Evropa va Osiyo hududlarida tarixiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining notekisligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy madaniyatdagi o‘zgarishlarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli, ayrim hududlarga tegishli tarixiy sana va davrlashtirish bir-biridan farqlanadi.
A.Asqarovning fikricha esa, O‘zbekiston tarixi jahon tarixining tarkibiy qismidir. Bu zaminda yuz bergan tarixiy jarayonlarni jahon tarixidan ajratib o‘rganish mumkin emas. Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarining mahsulidir. Har bir xalq yer kurrasining qaysi mintaqasida yashamasin, taraqqiyotning barcha bosqichlarini u yoki bu darajada bosib o‘tishi shart. Ammo, jamiyat rivojlanishi hamma erda birday kechmagan. Jamiyatning notekis rivojlanish qonuniyati esa, qadimgi zamonlarda ko‘proq mintaqaning tabiiy-geografik va ekologik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lgan. Jamiyat hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, O‘rta Osiyo tarixining rivojlanish darajasi va ana shu mintaqa tarixi taqozo etgan holatdan kelib chiqib, O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixini davrlashtirish mumkin. Tadqiqotchi qiyosiy tahlillar hamda tarixiy jarayonlarni ob’ktiv aks ettiruvchi omillarga asoslanib O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davrdan bugungacha bo‘lgan davrini ettita katta xronologik davrga bo‘ladi. Ammo, olimning bu davrlashtirishi biroz ixchamlashtirishni talab etadi. Bizga qadar olib borilgan tadqiqotlarning qiyosiy tahlillari hamda mavjud adabiyotlarni o‘rganish asosida O‘zbekiston tarixini davrlashtirish quyidagi ko‘rinishda taklif etiladi:

  1. O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri. Bu davrni o‘z navbatida quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: a) O‘rta Osiyoda ibtidoiy to‘da davri – bu davr moddiy madaniyat taraqqiyotiga qarab xronologik jihatdan 1 mln. – 40 ming yil avval ya’ni, ilk va o‘rta paleolit davrlarini o‘z ichiga oladi; b) urug‘chilik

jamoasi davri –so‘nggi paleolitdan boshlab urug‘chilik, jamoalarining shakllanishi va mezolit, neolit, eneolit davrlarida ularning taraqqiy etishi (12-4 m.y.). Bu davr ijtimoiy boshqaruvning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan izohlanadi.

  1. Ilk davlatchilikka o‘tish va davlatchilikning rivojlanishi davri. Ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyot nuqtai nazaridan bu davr quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: a) O‘rta Osiyoda ilk shahar madaniyatining paydo bo‘lishi hamda dastlabki davlatchilik tizimiga o‘tish davri (mil. avv. III II ming yillikning birinchi yarmi); b) ilk davlatlarning paydo bo‘lishi hamda ma’muriy-hududiy boshqaruvining rivojlanish bosqichlari (mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi- antik davri). Bu davr dastavval bronza, keyinroq esa temirning xo‘jalik sohalariga jadallik bilan kirib kelishi natijasida mehnatning dastlabki ijtimoiy taqsimoti, ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti, siyosiy birlashmalar, Qadimgi Baqtriya va Xorazm kabilarning paydo bo‘lishi, O‘rta Osiyoning Ahamoniylar, Makedoniyalik Aleksandr, Salavkiylar kabi polietnik davlatlar tarkibida rivojlanishi, xalqaro va o‘zaro madaniy-iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi.

  2. O‘zbekiston tarixining o‘rta asrlar davri. Bu davr o‘z navbatida quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: a) ilk o‘rta asrlar; b) rivojlangan o‘rta asrlar; v) so‘nggi o‘rta asrlar bosqichi. Xronologik jihatdan V asrdan XVIII -XIX asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bu davrning birinchi bosqichida O‘rta Osiyoda er egaligi munosabatlari o‘zgarib, mulkchilikning turli shakllari (xususiy mulk, jamoa mulki, vag‘nze) paydo bo‘ldi, etnomadaniy jarayonlar jadallanib, mahalliy hokimiyatchilik davlat tizimining asosiga aylanadi. Ikkinchi bosqichda markazlashgan davlatchilik an’analari kuchayib, O‘rta Osiyoda islom dini keng yoyiladi, ilm-fan va madaniyat yuqori darajada rivojlanib bu sohada uyg‘onish davri yuz berdi, etnik jihatdan xalqlarning shakllanishi nihoyasiga etdi, er egaligi va mulkchilikning turli ko‘rinishlari vujudga keldi. Uchinchi bosqichda (XVII asrdan boshlab) hokimiyat uchun o‘zaro kurashlar avj olib O‘rta Osiyo hududlari xonliklarga bo‘linib ketdi.

  3. O‘zbekistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovetlar hukmronligi davri. Xronoligik jihatdan X1X asrning o‘rtalaridan 1991 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bu davr chor Rossiyasi va sovet mustamlakachiligi davrilariga bo‘linadi. Birinchi bosqichda chorizm bosqinchiligi tufayli O‘rta Osiyo Rossiyaning xom-ashyo bazasiga aylanib, bu hududlarga rus kapitali jadallik bilan kirib keldi, mahalliy ishlab chiqarish va hunarmandchilikka putur etdi, milliy- madaniy qadriyatlarga e’tibor berilmadi, natijada milliy ozodlik haraklari avj olib jadid namoyondalari rahnamoligida milliy ma’rifparvarlik g‘oyalari yoyildi.

Ikkinchi bosqichda, dastavval milliy mustaqilliq uchun qurolli va g‘oyaviy kurashlar avj olgan bo‘lsa-da, ular beayov bostirilib, jamiyat taraqqiyoti kommunistik mafkuraga bo‘ysundirildi, mulkchilikda davlat monopoliyasi ustunlik qildi, «o‘z taqdirini o‘zi belgilaydigan xalqlar» va sovet respublikalari amalda “markaz” manfaatlariga bo‘ysundirildi.

  1. O‘zbekistonning mustaqillik va milliy istiqlol davri. Mamlakatimiz tarixining mustaqillik davrini o‘tgan yillar davomida amalga oishirilgan o‘zgarishlar va islohatlar, ularning samaradorligiga qarab belgilash maqsadga

muvofiq bo‘lar edi. Shu nuqtai nazardan milliy-mustaqillik davrini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin bo‘ladi.
Birinchi bosqich 1991-2000-yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda mustaqillikning mustahkam poydevori bunyod etilib, «O‘zbek modeli» asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo‘l tutildi, O‘zbekiston jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat hayotida keng kirib bordi.
Ikkinchi davri 2001-2010-yillarni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ta’biri bilan aytganda, «fan demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi».
2010-2016-yillarini o‘z ichiga olgan uchinchi bosqichida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud huquqi va axborot sohalarini isloh qilish, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik institutlarini rivojlantirish, bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish davri bo‘lib qoldi.
2016-yildan to bugungi kungacha davrni o‘z ichiga olgan navbatdagi bosqichi mamlakatimizda hamma sohalarda yangilanishlar davri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab qo‘yilgan Harakatlar strategiyasida berilgan vazifalarni hayotga tadbiq etish, jamiyatimizni barcha sohalarda isloh etish, uning reyting salohiyatini ko‘tarish jarayonlari bilan bog‘liqdir. Bu bosqich tariximizda «Yangilanayotgan O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» davri deb baholanmoqda.
Ta’kidlash lozimki, taklif etilayotgan ushbu davrlashtirish bu mavzuni yakunlamaydi. Tarix fanini o‘qitish borasida dolzarb bo‘lib turgan davrlashtirish masalalari hali jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo‘lishi tabiiydir. Ammo, bu yo‘nalishda aniq konsepsiya ishlab chiqilib, o‘quv jarayoniga joriy etilishi davr talabidir.
O‘zbekiston tarixi fani uchun tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati nihoyatda katta. Zotan, manbalar tarixni tilga kiritadi. Manbalar o‘z holatiga ko‘ra, yozma va moddiy ko‘rinishlarga ega bo‘ladi, tarixning eng qadimgi, ya’ni yozuvsiz zamonlarga oid davrini o‘rganishda arxeologik, antropologik va etnogafik manbalar yordamga keladi.
Moddiy ashyoviy manbalarga qadimda inson qo‘li bilan yaratilgan hamma narsalar kiradi. Yozma manbalarga esa qoyatoshlarga, sopol, yog‘och, teriga va xokazolarga bitilgan qadimgi yozuvlar va kitoblar kiradi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini organishda esa mamlakatimizni rivojlantirishga doir davlatimiz rahbarining Farmon va qarorlari, tarixiy-ma’naviy merosimizga tayangan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘plab dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqot ishlari, darslik va qo‘llanmalar, monografiyalar, ilmiy asarlar manba sifatida xizmat qiladi.
O‘zbekiston eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. Shuning uchun ham u matematika usulidan keng foydalaniladi. Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi. Shu
bilan birga tarixiy voqelikning sabab va oqibatlari aniqlanib, shakl-shamoyillari va holati belgilanadi. O‘zbekiston eng yangi tarixi fani o‘tmishda ijtimoiy-iqtisodiy hayotining rivojlanishi va tanazzulning sabab va oqibatlarini o‘rganib, ulardan kelajak uchun zarur saboq va xulosalar chiqaradi. O‘zbekiston eng yangi tarixi fani insoniyat jamiyatining faqat bir qirrasini emas, balki hamma tomonlarini uzviy bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator islohotlar o‘tkazilib, barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Bugun jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g‘oyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur o‘rganish yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini, davr qahramonlarini, ayniqsa o‘zining ham shu jarayon ishtirokchisi ekanligini to‘g‘ri va to‘liq anglashi jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab etish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib etish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig‘inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an’anaviy funksiyalar bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini ta’minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan.
Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini o‘rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko‘p odamlarda chorasizlik tuyg‘usini uyg‘otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. «Siyosiy autsayderlar» deb ataluvchi kishilar sonining o‘sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga etkazish burchimizdir.
Fanning predmeti shu mintaqada sodir bo‘lgan jamiki voqea va hodisalar, ulardagi umumiylik va aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa va jarayonlar, umuman insoniyatning barcha tarixiy faoliyat jarayonlarini o‘rganishdir.
Fanning ob’ekti aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik va umumiy mintaqaviy chegaralar, ma’lum xalqlar, mamlakatlar tarixi bilan bog‘liq jarayonlar bo‘lib, ular voqea va hodisalarni bir butun va yaxlitlikda qamrab oladi.
Fanning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida aholining, jumladan, talaba-yoshlarning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat.
«O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanini o‘qitishning vazifalari– mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlar mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat.
Fanning metodologik, ilmiy-nazariy asoslari O‘zbekistonning eng yangi tarixini rivojlantirishga doir davlatimiz rahbarining qarori, tarixiy-ma’naviy merosimizga tayangan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘plab dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqot ishlari, darslik va qo‘llanmalar, monografiyalar, ilmiy asarlar asos bo’ladi.
Fanini o‘rganishda ma’lum ilmiy, nazariy-metodologik tamoyillarga tayanish ham muhimdir.Bunda ilmiylik, tarixiylik, xolislik (ob’ektivlik), tarixiy tahlil va qiyosiy taqqoslash,mantiqiy davomiylik va uzviylik ,vorislik va izchillik metodiga asoslanish metodlariga tayanildi.



  1. Yüklə 3,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə