R. E. Xoliqova


«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi qonun



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə15/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi qonun


17 moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi. Ushbu qonunda O‘zbekiston mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilindi, ma’muriy-hududiy tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. Respublikaning davlat bo‘linishi hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o‘z aksini topdi. Shuningdek, ushbu hujjatda O‘zbekistonning Qoraqolpog‘iston bilan munosabatlari xususida so‘z borib, O‘zbekiston Qoraqolpog‘istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi. Bunday qonunning qabul qilinishi o‘sha davrda erishilgan yutuqlarning yuqori cho‘qqisi bo‘ldi. Shunday qilib, o‘zbek xalqi asrlar davomida orzu qilgan mustaqillikka tinch yo‘l bilan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov boshchiligida respublika rahbariyatining oqilona yo‘l tutishi orqali erishildi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o‘tkazishga qaror qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston Respulikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29-dekabrda; «Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilinishini ma’qullaysizmi?» mavzuida referendium o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra unda qatnashgan aholining 98,2 foizi O‘zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berdi. O‘zbekiston mustaqil respublika deb e’lon qilinishi jahon jamoatchiligi tomonidan ham zo‘r qoniqish bilan kutib olindi. Fikrimiz isboti sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlarining
o‘sha paytdagi Prezidenti Jorj Bushning I. Karimov nomiga yuborgan telegrammasi hamda Shvetsiya bosh vaziri K. Bilodtning telegrammalarida ko‘rish mumkin. 24-sentabrda Toshkentda xalqaro anjuman o‘tkazildi. O‘zbeklar (Turkistonliklar) ning birinchi xalqaro uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti nutq so‘zladi. 1991-yil 14-sentyabrida O‘zbekiston Kompartiyasining Favqulodda XXIII se’zdida I.A.Karimov taklifi bilan O‘zbekiston Kompartiyasi KPSS tarkibidan chiqqanligi e’lon qilindi. Partiyaning bunday buyon faoliyat ko‘rsatmasligi e’tiborga olinib, ushbu
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə