R. E. Xoliqova


Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va manaviy hayoti: muammolar va echimlar. O‘zbekistonning mustaqillik sari



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə5/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va manaviy hayoti: muammolar va echimlar. O‘zbekistonning mustaqillik sari


yo‘l tutishi.
XX asrning 80-yillari sobiq sovet davlatida ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan yaqqol tanazzul holati yuzaga kelib qolgan davr edi. «Qayta qurish» siyosati barbod bo‘lishi, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan, mulkchilikning turli shakllari raqobat asosida saqlanishni inkor etgan mavhum siyosiy, sinfiy, umumiy manfaatlarni milliy manfaatlardan ustun qo‘ygan, yagona partiyaning hukmronligiga tayangan mustabid tuzum butunlay istiqbolsiz ekanini
amalda yana bir bor ko‘rsatgan edi. Bu vaqtda O‘zbekiston iqtisodiy hayoti juda og‘ir ahvolda, xususan, sanoatning biryoqlama rivojlanib, «paxta» sanoat kompleksiga moslashishi, ekologik ahvolning og‘irlashib, onalar va bolalar o‘limining oshib ketishi, millatlararo munosabatlarda ziddiyatli holatlar yuzaga kelib, milliy mojarolar yanada kuchayib, milliy urf-odatlar, qadriyatlar ta’qib ostida qolishi respublikani tang ahvolga solib qo‘ygan edi.
O‘sha davlarda o‘zbeklar hayotida «Paxta ishi» va «o‘zbeklar ishi» deb yuzsizlarcha nomlangan tergovlar boshlanib ketdi. Gdlyan guruhi o‘zbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshafqat ishlarni boshlab yubordi. Ularning zo‘ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar chiqara boshladi.
1989-yilgacha bu ishlar bo‘yicha 4,5 mingdan ko‘proq kishi sudlandi. O‘sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani uchun sudlanganlarning mingdan ortig‘i jazoni o‘tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo‘natildi.
Gdlyan guruhi O‘zbekiston hududida cheklanmagan vakolatlarga ega bo‘ldi. Aybsiz odamlarni, ularning oila a’zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy qiynoqqa solish avj oldi. Hibsga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o‘z jonlariga qasd qilishgacha borib etdilar.
O‘zbekistonda inson huquqlari behad toptalayotganligi haqida Moskvaga minglab xatlar jo‘natildi. Afsuski, bu xatlar tekshirilmasdan, hatto javob yozishga ep ko‘rilmadi. Aksincha Gdlyan va uning gumashtalariga ketma-ket unvonlar berildi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə