R. E. Xoliqova



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə10/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

1991-yil 18-20 avgust voqealari, «Favqulodda holat davlat komiteti - GKCHP», markaziy hokimiyat tangligi, KPSS faoliyatining to‘xtatilishi, SSSRning tanazzulga yuz tutishi, Unda bir guruh avantyuristlar tomonidan
mustaqillik sari intilayotgan milliy respublikalarga nisbatan tazyiq va ta’qiblarni kuchaytirish, tobora zaiflashib borayotgan sovet imperiyasini saqlab qolish maqsadida amaldagi prezident M.S. Gorbachevni rahbarlikdan chetlashtirib, 1991- yil 18-avgust kuni Moskva shahrida tuzilgan Favqulodda holat davlat komiteti
– GKCHP va bu noqonuniy tuzilmaga O‘zbekiston rahbariyatining munosabati xech bir insonni befarq qoldirmaydi.
O‘zbekiston SSR Prezidentining respublika aholisiga murojaatida, jumladan, shunday so‘zlar alohida ta’kidlanadi:
«…har birimiz og‘ir va vazmin bo‘lishimiz kerak. Boshimizga tushgan bu sinovlar, noaniq davr va sharoitdan avvalambor aql va idrokimizni bir joyga yig‘ib, insof va vijdonni yo‘qotmasdan, sarosimaga tushmasdan chiqishimiz kerak... O‘zbekiston jumhuriyati, uning rahbariyati qayta qurish davrida ham hech qachon birovning gapiga kirib ish tutgan emas. Markazdan, boshqa ba’zi bir jumhuriyatlardan qanday qarorlar chiqmasin, va’dalar berilmasin, har qanday chaqiriqlar, da’vatlar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga harakatlar bo‘lmasin, biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q». GKCHP masalasida Islom Karimov rahbarligidagi O‘zbekistonning o‘z qat’iy fikrida turgani mamlakat va o‘zbek xalqining mustaqillikka erishishida hal qiluvchi o‘rin tutdi. Respublika rahbariyati: «Markazdan, boshqa ba’zi bir respublikalardan qanday qarorlar chiqmasin, va’dalar berilmasin, har qanday chaqiriqlar, da’vatlar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga harakatlar bo‘lmasin biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadlarimizdan qaytganimiz yo‘q.

Bu yo‘l – bizning xalqimiz tarixiga, urf-odatlariga, tabiatimiz shart- sharoitlariga, xullas, xalqimiz manfaatlariga mos yo‘ldir», - deb hisobladi.


1991-yil 21- avgustda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan GKCHPning O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga zid keladigan qarorlari noqonuniy deb e’lon qilindi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə