Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/163
tarix31.05.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#114472
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
Texnologik rejim. 
Temperatura:
Absorberda - 35-40
0
C; Desorberda - 115-130
0
C.


250 
1-rasm. 
Gazni tozalash texnologik tizimi
I-tozalashga berilayotgan gaz; II-tozalangan gaz; III-uglevodorod kondensati; IV- H
2
S; 
V-etanolamin eritmasi; VI-bug’; VII-suv.
Neftli va tabiiy gazlarda bizga ma`lumki nordon komponentlar asosan 
vodorodsulfid va uglerod ikki oksidi miqdori ko’proq bo’ladi.
Nordon komponentlar ajralish usullari ikki guruhga bo’linadi:
quruq – qattiq ko’rinishdagi tozalovchi massa qo’llanilishi bilan;
nam – suyuq eritmalar qo’llanilishi bilan.
Sanoat qurilmalarida gazlar mujassamlashtirilgan usulda tozalanadi, ya`ni qattiq 
va suyuq yutuvchilarni qo’llash orqali. Barcha qattiq yutuvchilar vodorodsulfid 
miqdori kam bo’lgan gazlarni tozalashda foydalanadi. Gazlarda vodorodsulfid miqdori 
qancha ko’p bo’lsa, suyuq yutuvchilar shuncha ko’p ishlatiladi. Etanolaminlar bilan 
gazlarni tozalash jarayoni keng tarqalgan. Etanolaminlar aminli spirtlar guruhiga kiradi 
va ular monoetanolamin (NH
2
CH
2
CH
2
OH); dietanolamin NH(CH
2
CH
2
OH)
2

trietanolamin N(CH
2
CH
2
OH)

larga bo’linadi
53
.
Gazlarni etanolaminli tozalashda asosiy qurilmalar nasadkali yoki tarelkali 
kolonna tipidagi absorber va desorber hisoblanadi. Gazlarni vodorodsulfid va uglerod 
ikki oksiddan monoetanolamin yordamida tozalash qurilmasi texnologik tizimi quyida 
keltirilgan (2-rasm).


251 
Gazlarni tozalash ikki bosqichda o’tkaziladi. Tozalashga kiritiluvchi gaz 
separatorga berilib, undan kondensat ajratiladi. Separator 1ni yuqorisidan chiquvchi 
gaz 2-absorbsion kolonnaga yuboriladi, u erda kolonna yuqorisidan beriluvchi 15–17% 
li monoetanolamin suvli eritmasi bilan to’qnashadi. Kolonna 22 – 24 ta eleksimon 
tarelka bilan jihozlangan. Kolonnadagi temperatura 25 – 40
0
C, bosim 1.47 – 1.57 MPa. 
Qisman tozalangan gaz kolonna yuqorisidan chiqarilib, 9-absorbsion kolonna pastidan 
beriladi. Bu kolonna yuqorisidan 10–12% li MEA eritmasi kiritiladi. Kolonna 
temperaturasi 20 – 40
0
C va bosim 1.37 – 1.47 MPa.
To’yingan MEA eritmasi 2-kolonna pastidan chiqarilib, 4-issiqlik 
almashtirgichda 80–90
0
C gacha isitiladi va 6-desoberga kitiriladi. Desorber kolonna 
ko’rinishidagi qurilma bo’lib, 0.15 – 0.20 MPa bosimda ishlovchi 14–16 elaksimon 
tarelkalar bilan jihozlangan. Kolonna pasti qismi berk tarelka bilan to’silgan, u orqali 
MEA eritmasi 8-qaynatgichga o’tadi, hamda u 130
0
C ga isitilib, 2-kolonnadagi berk 
tarelka ostidan qaytariladi. Desorberda vodorod sulfid va uglerod ikki oksidi qoldiqlari 
yo’qotiladi. Qayta tiklangan MEA 7-nasos yordamida 4- issiqlik almashtirgichga va 
suvli sovitgich 3 ga jo’natiladi va 20–30
0
C temperatura bilan 2-kolonnaga qaytariladi. 
U erga 5-nasos yordamida toza MEA eritmasi ham beriladi.
Tozalangan uglevodorodli gaz 9-absorbsion kolonna yuqorisidan chiqadi va 13-
chi gaz separatoridan o’tib, so’ngra qurilmadan chiqariladi. To’yingan MEA eritmasi 
9-kolonna pastidan chiqarilib, 11-issiqlik almashtirgichlarda isitiladi va qayta tiklash 
uchun 14-desorberga kiritiladi. Qayta tiklangan MEA eritmasa desorber pastidan 12-
nasos yordamida yig’ilib, 11-issiqlik almashtirgichlar va 10-sovutgichlar orqali 
haydalib, 9-kolonnaga qaytariladi. Desorber 14 pastki qismi 17-qaynatgich orqali 
isitiladi.
Birgalikda desorbciyalargan H
2
S va CO gazlari tozalashni I bosqichidan so’ng 
15- suvli sovutkichdan o’tadi va u erda suv bug’lari kondensaciyalanadi va 16-chi gaz-
suv ajratgichga tushadi. Gaz separatori yuqorisidan nordon komponentlar, pastidan esa 
suvli kondensat chiqariladi. Suvli kondensat 19-nasos yordamida 6-desorberga beriladi.
Monoetanolamin ta`siriga ko’ra qo’shimcha reakciyalar uglerod ikki oksidi va 
uglevodorod gazlaridagi kislorod, uglerodoltingugurti va boshqa birikmalar bilan 
yuqori qaynash temperaturasiga ega murakkab aralashma hosil qiladi. Masalan: 
vodorod sulfid bilan kislorod ishtirokida monoetanolaminli tozalash sharotida qayta 
tiklanmaydigan tiosul’fat hosil qiladi. Qo’shimcha hosil bo’ladigan mahsulotlar 
miqdori sirkulyatsiyalanuvchi MEA eritmasiga nisbatan tahmin 5 % (massa) atrofida 
bo’ladi.
Tizimda qayta tiklanmaydigan mahsulotlar to’planib qolishidan chekinish 
maqsadida MEA eritmasini bir qismini 14-desorber pastidan 12-nasos yordamida 18-
kolonnaga haydash uchun jo’natiladi. Bu kolonnaga ishqor eritmasi beriladi. Haydash 
vaqtida ajralgan suv bug’i va MEA bug’lari 14-desorberga qaytariladi. Yuqori 
qaynovchi qoldiq mahsulot kanalizaciyaga tashlanadi. Haydash kolonnasi yuqorisidagi 
temperatura 170
0
C, pastida 200
0
C da saqlab turiladi. Ko’p hollarda haydash vakuum 
sharoitida o’tkaziladi.


252 

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə