1. Don tozalash texnologiyasining strukturasi Don tozalsh texnologiyasi. Tozalash sifatini yaxshilashda fizik



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#148207
  1   2   3
Don maxsulotlarini saqlash


Don maxsulotlarini saqlash

Reja:


1. Don tozalash texnologiyasining strukturasi

2. Don tozalsh texnologiyasi. Tozalash sifatini yaxshilashda fizik

xususiyatlarining ahamiyati


3. Don maxsulotlarini saqlash

1. Don tozalash texnologiyasining strukturasi


Donni saqlash va qayta ishlash korxonalaridagi asosiy jarayonlardan biri bu – don tozalash bo’limi hisoblanadi. Bu texnologik jarayonlarning afzalligi donlarni saqlashga tayyorlash va tarkibidagi begona aralashmalardan tozalash kiradi.

9-sxema. Donni tozalash texnologik sxemasi.
AJ “Gʻalla-alteg’’don tozalash sexining strukturasi
Don tozalasn

Donni tozalash – bunda korxonalarga keltirilgan donlar maxsus o’lchamdagi elaklardan ketma-ket tartibda o’tkaziladi. Begona aralashmalardan tozalash, separatorlardan o’tkazish, mineral aralashmalardan tozalash, sulini ajratish, begona o’t urug’laridan ajratish, donni ustki qismi tozalanadi.
Gidrotermik ishlov berish – bunda korxonalarga keltirilgan donlar tozalangandan so’ng yuviladi, dimlanadi, qo’shimcha namlanadi.

61-rasm. Donni tozalash bo’limidagi texnologik jarayon.
Don tozalash bo’limidagi texnologik jarayonning faoliyatiga donning tarkibidagi begona aralashmalardan tozalash kiradi. Bir-biridan geometrik belgilari va fizikaviy xossalari bilan farq qiladigan sochiluvchi materiallarni guruhlarga bo’lish jarayoni ajratish jarayoni deyiladi. Bu jarayonni amalga oshirishda ishlatiladigan mashinalarga g’alvirli ajratgichlar (separator) deb ataladi.
Donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida asosiy tur dondan aerodinamik xossalari bilan farq qiladigan aralashmalar havoli ajratgichlar yordamida ajratiladi. Havoli ajratgichlar asosan un tortish, yorma va omixta-yem zavodlarida donni chang va yengil aralashmalardan tozalashda ishlatilsa, shu bilan birga ular yorma zavodlarida qobig’i sidirilgan donlar (sholi, grechixa, suli arpa yormalari)ni poʻstlog’idan tozalashda hamda yorma va chiqindini nazorat qilishda ham ishlatiladi. Donga qarshi havo oqimining bosimi donning massasiga, uning o’lchamiga, shakliga, yuzasining holatiga, donning havoda turish vaziyatiga, harakatning nisbiy tezligiga bog’liq. Havoli ajratgich turlari, ularning tuzilishi, tuzilish qismlarining funksiyalari va texnologik sxemalari bilan donni havo oqimi yordamida ajratishini nazariy asoslab berilgan.
Don aralashmasi ajratgichlarda tozalangandan keyin ham tarkibida shunday organik va mineral aralashmalarni saqlab qoladiki, ular dondan yengilroq yoki og’irroq bo’lib, o’lchamlari va aerodinamik xossalari bilan asosiy dondan farq qilmasligi mumkin. Shu sababli, bunday aralashmalarni g’alvir va havo oqimi bilan ajratib bo’lmaydi. Bu aralashmalar amalda qiyin ajraluvchi aralashmalar deb yuritiladi.
Don tegirmonning tayyorlash bo’limidan yanchish bo’limiga yuborganda tarkibida mineral aralashmalarning bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, zero, ularning juda kam miqdori ham tayyor mahsulotning g’ijirlashiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, ularning un tarkibida uchrashi organizm uchun ham zararlidir. Komplekt uskunali un tortish zavodlarida mineral aralashmalarni yuvib tozalaydigan yuvish mashinalari ishlatilmaydi, shuning uchun ham donni mineral aralashmalardan quruq tozalash usuli yuqori samarali bo’lishi zarur.
Bug’doyni tarkibida mavjud, bug’doyga nisbatan o’lchamlari har xil bo’lgan aralashmalar suli, arpa, javdar, mayda singan bug’doylar, yovvoyi o’t urug’lari qoraburchoq aralashmalaridan tozalashda diskli yoki silindirli uskunalar qo’llanilib, ular trierlar deb nomlanadi, uskunalar ikki xil bo’ladi. Birinchi singan, yarimta, kalta, yovvoyi o’t urug’larini qoraburchoq (kukol) ajratishda qo’llaniladi, ikkinchisi uzunlik jihatdan farqlanuvchi yovvoyi suli, arpa shunga o’xshash aralashmalardan tozalaydi.
Don tozalash bo’limidagi texnologik jarayonning xususiyati don yuzasini quruq va ho’l usulda tozalashning samarali borishidir. O’zbekistonda yetishtirilgan bug’doy navlarining tuzilmaviy-mexanik xususiyatlarini va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda don yuzasini tozalash jarayoni bir necha bosqichlardan tashkil topadi. Donlarning ustki qatlamlarini quruq va ho’l holda ishlov berishda ularning kul moddalarini kamaytirishdan tashqari donlarda joylashib olgan turli mikroorganizmlardan tozalashdir. Bu jarayonda don yuvadigan uskunadan yuqori samara bilan foydalanish mumkin.
Don korxonalariga keltirilgan donlar ichidagi metallomagnit chiqindilar donlarni o’rayotganda, transportirovka qilish va bir maydondan ikkinchi joyga ko’chirayotgan vaqtda aralashib qolishi mumkin. Bundan tashqari, don tozalash sexidagi uskunalarning nosozligi natijasida, tegirmonda esa valetsli stanok rifillarining yeyilishi va sexlarda uskunalarni ta’mirlash vaqtida tushib qolishi mumkin. Metallomagnit chiqindilar, ayniqsa, gorizontal tozalash mashinalariga tushib qolsa, turli xavfli hodisalarga (yong’inga) sabab bo’ladi. Donni magnit chiqindilardan tozalash uchun magnit separatoridan foydalaniladi. Donni saqlash va qayta ishlash uchun davlat tomonidan me’yorlar belgilangan. Ushbu me’yorlarga asoslanib saqlash va qayta ishlash jarayonlari tashkillashtiriladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə