Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/163
tarix31.05.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#114472
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   163
 
qatlami
 
yoki Rashig 
halqasi
orqali oqib keladi va bu yerda OR-1201/1,4,8 yoki OR-1401/2 о‘t yoqish 
kamerasida yoqilg‘i gazining yonishi hisobidan 105-126 
o
C haroratgacha 
qizdiriladi. Tо‘yingan DEG aralashmasida aralashgan uglevodorodli gazlar 
bug‘lagichda ajaraladi va suv bug‘lari bilan birga Panchekov о‘lchagichlari
 
qatlami
 
yoki Rashig halqasi
 
orqali kolonna yuqorisiga kо‘tariladi, kolonnaning pastki 
qismiga oqib keluvchi suyuq faza bilan tutashadi. Nasadkalar yuzasida 
massaalmashtirish va issiqlikalmashtirish hisobidan rektifikatsiya jarayoni sodir 
bо‘ladi va natijada suyuq fazada DEGning yuqoriqaynaydigan komponentlar 
konsentratsiyasi oshadi va aksincha yengilqaynaydigan komponentlarning bug‘li 
fazalarida DEG konsentratsiyasi kamayadi. Kolonna yuqorisidan bug‘gazli eritma
60-70 
o
C harorat va 0,02-0,1 MPa bosim bilan KX-301 havoli kondensator-
sovutkich, 
havoli 
sovutkich 
yoki 
T-301/II 
issiqlikalmashtirgich 
orqali
S-301 separatoriga yо‘naltiriladi 
OR-1201/1,4,8 yoki OR-1401/2 kolonnalari yuqorisining harorati texnik 
termometr bilan о‘lchanadi. KX-301 kondensator-sovutkichigacha va undan 
sо‘nggi harorat poz.339 va poz.340 simobli termometr bilan joyida о‘lchanadi.
C-301 separatorida gazli va suyuq fazalarning ajralishi sodir bо‘ladi. 
Gazsizlantirilgan gazlar S-301 dan mash’alaga tashlanadi. 


240 
Suyuq faza S-301 dan poz.3556 tartiblashtiruvchi klapan orqali oqova 
tarkibli-DEG uchun K-15 kanalizatsiya tizimiga tashlanadi. 
S-301 separatorida bosim poz.346 texnik manometri bilan joyida о‘lchanadi. 
Separatorda muhit harorati poz.338 simobli termometr bilan joyida о‘lchanadi. 
OR-1201/1,4,8 yoki OR-1401/2 bug‘lagichlarida regeneratsiyalangan DEG 
aralashmasi quyish naychasi orqali olovli regeneratorning bufer sig‘im-idishiga 
oqib keladi, bu yerda esa, zmeyevik orqali о‘tuvchi tо‘yingan DEG oqimi bilan 90-
100 ºS gacha sovutiladi. Bug‘lagichda bosim poz.326 texnik manometri bilan 
joyida о‘lchanadi.
Bug‘lagichda harorat poz.324 qarshilik termometri bilan о‘lchanadi. Haroratni 
tartiblashtirish poz.324a maosfadan boshqarish paneli bilan va olovli regenerator 
gorelkasiga 
yoqilg‘i 
gazini 
uzatish 
chizig‘ida 
о‘rnatilgan 
poz.324b 
tartiblashtiruvchi klapani bilan amalga oshiriladi. 
Regeneratsiyalangan DEG aralashmasi sathi joyida о‘lchanadi. 
Bufer sig‘im-idishida sath, joyida о‘rnatilgan texnik manometrga pnevmatik 
signal keladigan sathо‘lchagich bilan о‘lchanadi.
Olovli regeneratorni yoqish joyida amalga oshiriladi. 
Yoqilg‘i gazini uzatish chizig‘ida poz.334b klapan-ajratkich о‘rnatilgan va bu 
quyidagi hollarda yoqilg‘i gazining uzatilishini blokirovkalaydi: 
- OR-1201/1,4,8 yoki OR-1401/2 bug‘lagichlarida harorat kо‘tarilishida 
(poz.324); 
- OR-1201/1,4,8 yoki OR-1401/2 bug‘lagichlarida sath pasayishida 
(poz.332); 
DEG 
ning 
regeneratsiyalanish 
sifati, 
bufer 
sig‘im-idishidan 
regeneratsiyalangan DEG aralashmasini haydashdan oldin aniqlanadi. Tahlil olish, 
MKL laboranti tomonidan, texnologik qurilma operatori ishtirokida amalga 
oshiriladi.
OR-301 bufer sig‘im-idishida regeneratsiyalangan DEG aralashmasining 
konsentratsiyasi 80 % ga yetmagan taqdirda, loyihaga kо‘ra OR-1201/1,4,8 yoki 
OR-1401/2 bufer sig‘im-idishidan OR-1201/1,4,8 yoki OR-1401/2 kolonnalariga 
kirishiga ikkita VK-302 plunjerli nasoslari bilan kondensatsiyalanmagan DEG 
aralashmasining harakatlanishini amalga oshirish kо‘zda tutilgan
.
Nasoslarning sо‘rish qismidagi bosim poz.326 texnik manometrlari bilan 
о‘lchanadi.
80 % va undan yuqorigacha yetkazilgan regeneratsiyalangan DEG 
aralashmasi о‘z bosimi bilan yoki VK-302 nasoslari bilan “quvur quvurda» 
turidagi T-301 suvli issiqlikalmashtirgichining quvurli hududiga yо‘naltiriladi.
Regeneratsiyalangan aralashmaning T-301 ga kirishi va chiqishidagi bosim 
poz.347 texnik manometri bilan, harorat esa – poz.336 simobli termometri bilan 
joyida о‘lchanadi. T-301 issiqlikalmashtirigichidan regeneratsiyalangan DEG 
aralashmasi 30-45 
o
C harorat bilan YE-301/1,2,3,4 atmosfera sig‘im-idishiga 
chiqariladi. 
YE-301 dagi sath joyida о‘rnatilgan shkala bо‘yicha vizual tarzda о‘lchanadi.
Regeneratsiyalangan DEG aralashmasi, YE-301
atmosfera sig‘im-idishidan 
N-301 plunjerli nasoslarning sо‘ruvchi qismiga filtrlar orqali keladi.


241 
N-301 nasoslari tashlamasida bosim texnik manometr bilan о‘lchanadi. Har 
bir N-301 nasosining tashlamasida bosim kо‘tarilishini oldini olish uchun uning 
haydash tizimida R
о‘rn
.=12,5 MPa. li MPESK о‘rnatilgan. N-301 nasoslarining 
tashlamasidan regeneratsiyalangan aralashma 9,0-12,0 MPa bosim bilan impulslar 
kompensatoriga keladi va gaz oqimida gidrathosilbо‘lishining oldini olish uchun 
taqsimlash paneli orqali T-102 issiqlikalmashtirigichining quvurli hududiga kelib 
tushadi.
N-301 nasoslari korpusini va T-301 da regeneratsiyalangan DEG 
aralashmasini sovutish uchun aylanma suvdan foydalaniladi.
Kimyoviy – toza DEG quyidagi fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega: 
- kimyoviy formulasi: ON - SN
2
- SN

- O - SN
2
ON; 
- molekulyar og‘irligi – 106,12; 
- zichligi – 1,118 g/sm
3

- 760 mm Hg da qaynash harorati – 245 °C; 
- parchalanish boshlanishi harorati – 161,5 °C; 
- muzlash harorati – 8 °C; 
- erish harorati – 10,1 °C; 
- havoda alangalanishi – 350,5 °C; 
- 20 °C da qovushqoqligi – 35,7 sR; 
- tashqi kо‘rinishi – rangsiz suyuqlik; 
- barcha holatlarda – suvda aralashuvchanligi.
NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Tabiiy gazni namsizlantirishni fizikaviy asoslari nimadan iborat?
2.
Gazni namsizlantirish qurilmasini asosiy uskunalariga nimalar kiradi?
3.
Gazlarni namsizlantirishda qanday absorbentlar ishlatiladi?
4.
Gazning namligi deb nimani tushinasiz?
5.
Absolyut namlik deb nimaga aytiladi?
6.
Gazning nisbiy namligi deb nimaga aytiladi?
7.
Shudring xosil bulish nuqtasi deb nimaga aytiladi?
8.
Suvsizlantirish uchun qanday erituvchi absorbent ishlatiladi?
9.
Absorber ichiga joylashtiriladigan tarelkalarning qanday turlari bor?
10.
Desorber kanday tuzilishga ega?


242 

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə