JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUI
Bajardi
: Mamadaliyev J.A
Tekshirdi
:
MUSTAQIL ISH
Mavzu:
Voleybol mashg‘ulotlarida texnik elementlarni
takomillashtirish yo‘llari.
Reja:
1. O‘rgatish va mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llaniladigan
texnik vositalar
2. Texnik-taktik mahoratni baholash
3. O‘rgatish vositalari va trenirovka
Voleybol mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazishda o‘ziga xos bo‘lgan
jihozlar hamda asbob-anjomlardan foydalaniladi. Bu jihozlar va asbob-anjomlar
voleybol harakatlariga o‘rgatish, hosil qilingan malakalarni takomillashtirish,
shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarliklarini va jismoniy sifatlarini
rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib hisoblanadi.
Jihozlar va asbob-anjomlarni ta’sir ko‘rsatish xususiyatlariga qarab ikki
guruhga ajratish mumkin:
1)
texnik-taktik tayyorgarliklar uchun;
2)
jismoniy tayyorgarliklar uchun.
Birinchi guruhga mansub bo‘lgan asbob-anjomlarga osma to‘plar va to‘pni
ma’lum bir holatlarda tutib turuvchi qurilmalar kiritilib, ulardan harakatlarni o‘rgatish
va takomillashtirishda foydalaniladi.
Ikkinchi guruhga asosan tezkorlik-kuch va sakrovchanlik sifatlarini
tarbiyalashda foydalaniladigan turli qurilmalar, to‘ldirma to‘plar, gantellar, sakrashda
foydalaniladigan maxsus tumbalar kiritiladi.
Osma to‘plar dastlabki o‘rgatishda juda kerakli vosita hisoblanadi. Voleybol
to‘piga charmli petlya o‘rnatilib, u shnur (rezinka)ga bog‘lanadi. Kronshteynga
biriktirilgan blok yoki ilgakka to‘p kerakli balandlikda o‘rnatiladi.