Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


Suyuqliklarni haydash va rektifikatsiya qilish



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/163
tarix31.05.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#114472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Suyuqliklarni haydash va rektifikatsiya qilish.
Bunday jara-yonlar 
suyuq gomogen aralashmalarni suyuqlik oqimi va aralashmani bug‘latish paytida 
hosil bo‘ladigan bug‘ bilan o‘zaro ta’siri yordamida komponentlarga ajratishga 
asoslangan. Suyuq va bug‘ fazalar orasida komponentlarning o‘zaro almashinish 
yo‘li bilan suyuqlik aralashmalarini ajratish jarayoni haydash deb ataladi. Bu 
jarayon issiqlik ta’sirida ikki xil usul bilan olib boriladi: oddiy haydash 
(distillatsiya) va murakkab haydash (rektifikatsiya). Sanoatda rektifikatsiya 



suyuq aralashmalarni komponentlarga ajratish, o‘ta toza suyuqliklarni olish va 
boshqa mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. 
Absorbsiya.
Gaz yoki bug‘ aralashmasi tarkibidagi bir yoki bir necha 
komponentning suyuq yutuvchi moddada tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb 
ataladi. Yutuvchi suyuqlik absorbent (yoki sorbent) deyiladi. Teskari jarayon, 
ya’ni yutilgan komponentlarning suyuq fazadan ajrab chiqilishi desorbsiya deb 
ataladi. Absorbsiya jarayoni texnologik gazlarni ajratish va sanoatdan chiqarib 
yuboriladigan gazlarni tozalashda keng qo‘llaniladi.
 
Adsorbsiya.
Gaz, bug‘ yoki suyuqlik aralashmalaridan bir yoki bir necha 
komponentlarning g‘ovaksimon qattiq moddaga tanlab yutilish jarayoni 
adsorbsiya deyiladi. Faol yuzaga ega bo‘lgan qattiq materiallar adsorbent deb 
ataladi. Teskari jarayon, ya’ni desorbsiya adsorbsiyadan keyin olib boriladi va 
ko‘pincha yutilgan komponentni adsorbentdan ajratib olish uchun (yoki 
adsorbentni regeneratsiya qilish uchun) qo‘llaniladi. Bunday jarayon aralashma 
tarkibida oz miqdorda bo‘lgan moddalarni ajratib olish maqsadida ishlatiladi. 
Suyuqliklarni ekstraksiyalash.
Biror suyuqlikda erigan moddani tanlab 
ta’sir qiluvchi boshqa suyuqlik yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash 
deb ataladi. Bunday jarayonda bir yoki bir necha komponent bir suyuq fazadan 
ikkinchi suyuq fazaga o‘tadi. Ekstraksiya jarayonini amalga oshirish erituvchini 
to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Erituvchi suyuq aralashma bilan aralashib ketmasligi 
kerak yoki bo‘lmasa qisman aralashib ketadigan bo‘lishligi mumkin. 
Erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo‘lgan suyuqlik zichligidan kam 
bo‘lishi shart. Ekstraksiya usuli suyuq aralashma tarkibida nisbatan kam 
miqdorda erigan komponentlarni ajratib olish uchun ishlatiladi. 
Quritish.
Qattiq materiallar tarkibidagi namlikni asosan bug‘latish yo‘li 
bilan ajratib chiqarish quritish deyiladi. Bu jarayon issiqlik va namlik tashuvchi 
agentlar (isitilgan havo, tutunli gaz) yordamida olib boriladi. Quritish jarayonida 
namlik qattiq fazadan gaz (yoki bug‘) fazaga o‘tadi. Texnikada quritish jarayoni 
qayta ishlanayotgan xomashyo yoki materiallarni dastlabki suvsizlantirish 
hamda tayyor mahsulotlarni suvsizlantirish uchun keng ishlatiladi. 
Кristallanish.
Suyuq eritmalar tarkibidagi qattiq fazani kristallar holatida 
ajratish jarayoni kristallanish deb yuritiladi. Bu jarayon eritmalarni o‘ta to‘yintirish 
yoki o‘ta sovitish natijasida sodir bo‘ladi. Кristallanish paytida modda suyuq fazadan 
qattiq fazaga o‘tadi. Кristallanish jarayonidan odatda o‘ta toza moddalar olish 
maqsadida foydalaniladi. 

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə