Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


Qattiq moddalarni eritish va ekstraksiyalash



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/163
tarix31.05.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#114472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Qattiq moddalarni eritish va ekstraksiyalash.
Qattiq fazaning 
suyuqlikka (erituvchiga) o‘tishi eritish jarayoni deb ataladi. Qattiq g‘ovaksimon 
materiallar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta’sir qiluvchi 
erituvchi yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deyiladi. Agar erish 
jarayonida qattiq faza to‘la suyuq fazaga o‘tsa, ekstraksiyalash paytida esa qattiq 
faza amaliy jihatdan o‘zgarmay qoladi, faqat uning tarkibidagi tegishli 
komponent suyuq fazaga o‘tadi. Ekstraksiya jarayoni qattiq materiallar 
tarkibidagi muhim yoki zaharli komponentlarni ajratib olish uchun qo‘llaniladi. 
Modda almashinish jarayonlari neft, turli uglevodorodlar va boshqa 
aralashmalarni qayta ishlashda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, rektifikatsiya yo‘li 



bilan neftdan turli mahsulotlar (benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi, mazut, moylar) 
olinadi. Suyultirilgan gazlardan rektifikatsiya qilish orqali etilen, etan, propan, 
butan va boshqa komponentlar ajratib olinadi. Vakuum ostida haydash orqali 
maxsus moylar olish mumkin.
Absorbsiya va adsorbsiya jarayonlari tabiiy va yo‘l-yo‘lakay uchragan 
gazlar va neftni qayta ishlash korxonalari gazlaridan neft kimyosi sanoati uchun 
xomashyo hisoblangan propan-propilen, butan-butilen va benzin fraksiyalarini 
ajratib olish uchun ishlatiladi. 
Moylar ishlab chiqarishda benzin fraksiyalaridan aromatik uglevo-
dorodlarni ajratib olish va neft mahsulotlarini tozalashda ekstraksiya jarayoni 
qo‘llaniladi. 
Кatalizator va adsorbentlarni ishlab chiqarishda quritish jara-yonidan 
foydalaniladi. Moylarni deparafinizatsiya qilishda, oltingugurt, parafinlar va 
serezinlarni ishlab chiqarishda, ksilollarni ajratishda kristallanish jarayoni 
ishlatiladi. 
Moddalarni o‘tkazish murakkab jarayon bo‘lib, bir yoki bir necha 
komponentni bir fazadan ikkinchi fazaga fazalarni ajratuvchi yuza orqali 
o‘tishini belgilaydi. Moddalarni bir faza ichida tarqalishi moddalarning berilishi 
deb yuritiladi. Moddalarning berilish tezligi koeffitsiyent β orqali ifodalanadi. 
Moddalarni bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tkazish jarayonining tezligi esa 
koeffitsiyent К bilan belgilanadi. 
Fazalarni ajratuvchi yuza qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas bo‘ladi. Gaz-
suyuqlik 
(absorbsiya), 
bug‘-suyuqlik 
(haydash), 
suyuqlik-suyuqlik 
(ekstraksiyalash) sistemalarida boradigan modda almashinish jarayonidagi 
fazalarni ajratuvchi yuza qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi. Qattiq faza ishtiroki bilan 
boradigan jarayonlarda (adsorbsiya, quritish, ekstraksiyalash, kristallanish) da 
fazalarni ajratuvchi yuza qo‘zg‘almas bo‘ladi. 
Modda almashinish jarayonlarining tezligi asosan molekular diffuziyaga 
bog‘liq bo‘lgani uchun, ko‘pincha bunday jarayonlar diffuzion jarayonlar deb 
ham yuritiladi. Bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tayotgan moddaning miqdori 
fazalarni ajratuvchi yuzaga va harakatlanturuvchi kuchga (konsentratsiyalarning 
o‘rtacha farqiga) mutanosib bo‘ladi. 
Fazalar tarkibi quyidagicha ifodalanishi mumkin: 1) hajmiy konsentratsiya 
bilan – bu miqdor berilgan moddaning (fazaning) hajm birligiga to‘g‘ri 
keladigan miqdori (kg yoki mol hisobida), ya’ni kg/m
3
yoki kmol/m
3
; 2) 
massaviy yoki mol ulushlar bilan – bu miqdor berilgan modda massasini butun 
faza massasiga nisbati orqali; 3) nisbiy konsentratsiyalar bilan – tarqaluvchi 
modda massasining modda almashinish jarayonida o‘zgarmay qoladigan 
tashuvchi inert komponent massasiga nisbati orqali belgilanadi. 

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə