40
2
1dona
shokolad
4ta qaynatilgan
tuxum
1
kosa
moshxo`rda
1dona apelsin
3
50g saryog` 2b non
2b non
4
1b non
1s choy
2s choy
100gr pista
5
2s choy
3
1
6:15
11:30
18:30
2
2dona
konfet
1 tarelka osh
1 kosa piyova
1 dona olma
3
1s kofe
1tarelka
2b non
4
1b non
sabzi salat
2s choy
5
3s choy
4
1
7:00
12:00
19:15
2
1s kofe
2 ta sosiska
10 ta manti
1dona sabzi
3
1b non
1s choy
1b non
4
1b non
3s choy
5
5
1
6:00
11:30
18:30
1s oicha kompot
2
50g saryog` 4 ta somsa
1 kosa lag`mon
3
1b non
3 s choy
2b non
4
2s choy
1s choy
5
1s semichka
6
1
6:30
11:15
19:10
2
2 ta nuxum
2 ta xotdog
2b non
3
2b non
2s choy
8ta konfet
4
1s choy
1s choy
2
bosh uzum
5
7
1
7:30
11:20
18:40
2
1s kofe
4 ta somsa
1t osh
1s kefir
3
2b non
2 s choy
1t karam salat
3-BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
3.1. Ma’danli moddalar
Ishimizning material va metodika bobida aytib о‘tilganidek, biz о‘tkazgan tadqiqotlar
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Koson sanoat kasb -hunar kolleji ishlaydigan aqliy
mehnat kishilari orasida olib borildi. Tadqiqotga jalb qilinganlarning (60 nafar) 36tasi erkak, 24
tasi xotin- qizlardir.Tekshiriluvchilarning ovqatlanishini о‘rganish 2011 yil dekabr oyida olib
borildi. Shuning uchun oldindan aytib о‘tishimiz joizki, dissertatsiyada keltirilgan materiallar
kollej о‘qituvchilarining amaldagi ovqatlanishi haqida uzil-kesil ma’lumot bermasdan, ularning
faqat qish faslidagina ovqatlanishi masalalarigagina tegishlidir.
О‘qituvchi erkak va ayollarning 1 xafta davomida iste’mol qiladigan ovqatlarning turi,
miqdori, qayd qilib о‘tilgan anketalarda hisob-kitob qilinib, har bir individ uchun 7 kun
davomidagi ovqatlanishidan bir kunlik iste’mol qilinadigan taomlari о‘rtacha chiqarildi. Erkaklar
41
va ayollar guruhlaridan olingan ma’lumotlar о‘rtacha songa tenglashtirib olindi va meyoriy
normativlarga [43] solishtirilib, tegishli xulosalar chiqarildi.
Har ikkala guruhda ham olingan natijalarni tahlil qilish qulay bо‘lishi uchun ular qabul
qilingan umumiy metodik kо‘rsatmalarga binoan о‘z navbatida 3 kichik guruhga bо‘lib
о‘rganildi, ya’ni:
1-
guruh: 18-29 yoshlilar;
2-
guruh: 30-39 yoshlilar;
3-
guruh: 40-59 yoshlilar;
42
3.1.1. Erkaklar
3-jadvalda erkaklar guruhining mineral moddalar bilan ta’minlanishi haqida ma’lumotlar
keltirilgan. Unda aynan olingan natijalardan tashqari taqqoslash uchun har bir kichik guruhda
ham о‘rtacha meyor natijalari tegishli jadvallardan olib berilgan [43].
3 -jadval
Aqliy mehnat kishilarining mineral moddalar bilan ta’minlanishi (erkaklar).
Mineral
moddalar,
mg
Yosh, guruhlar
18-29
30-39
40-59
Meyor
Natija
Farqi
%
Meyor
Natija
Farqi
%
Meyor
Natija
Farqi
%
Kalsiy
800
479,2
-40,1
800
411,2
-48,6
800
459,4
-42,6
Fosfor
1200
1225,0
+2,1
1200
1251,3
+4,3
1200
1272,2
+6,0
Magniy
400
470,5
+17,6
400
469,0
+17,2
400
464,0
+16,0
Temir
10
11,2
+12,0
10
11.5
+15,0
10
11,8
+18,0
Rux
15
11,3
-24,7
15
10,2
-32,0
15
10,80
-28,0
Yod
0,15
0.11
-26,7
0,15
0,09
-40
0,15
0,08
-46,7
Изоҳ* - shu va shundan keyingi 3-6 jadvallardagi barcha oziq moddalarning me`yor
darajasi olingan manba: СанПиН № 0250 -08,Toшкент, TTAИФ, 2008 yil.
Kо‘rinib turganidek, tekshiriluvchilarning kaltsiy elementi bilan ta’minlanishi 3 ta kichik
guruh vakillarida ham meyor darajasidan ancha kam bо‘lib, 1- kichik guruhda bunday
yetishmovchilik 40,1 % ni, 2- kichik guruhda 48,6 % ni, 3- kichik guruhda esa 42,6 % ni tashkil
qiladi. Bu holat qish faslida aqliy mehnat qiluvchilarning kaltsiy elementiga bо‘lgan talab
meyorlari sezilarli darajada qondirilmasligini kо‘rsatadi. Bu xolni kuzatuv о‘tkazilgan hududda
aqliy mehnat vakillarining kalsiy elementiga boy bо‘lgan mahsulotlarni kam iste’mol qilishi
bilan tushuntirish mumkin.
Jadvalda keltirilgan navbatdagi mineral modda fosfor elementi bо‘lib, u bilan aqliy mehnat
vakillarining ta’minlanishi meyor darajasida ekanligini aytib о‘tish mumkin. Jadvalda kо‘rinib
turganidek, erkak о‘qituvchilarning fosfor bilan ta’minlanishi 1- kichik guruhda 1200 mg
о‘rniga 1225 mg (+2,1 %) , 2- kichik guruhda 1251,3 mg (+4,3 %) va nihoyat 3- kichik
guruhda 1272,2 mg (+6,0 %) ni tashkil qiladi. Ushbu kо‘rsatkichlar о‘qituvchilarning ayni
vaqtda fosforli oziq moddalarni tegishli miqdorda yoki qisman undan kо‘proq miqdorda iste’mol
qilganligini kо‘rsatadi.
43
О‘rganilgan mineral moddalardan magniy hamda temir yilning qish faslida ovqat tarkibida
kerakli miqdorda va undan ziyod bо‘lganligini kо‘rsatadi, xususan, magniy tekshiriluvchilarning
1- kichik guruhida meyorga nisbatan 17,6 % ziyod (400 mg о‘rniga 470,5 mg qabul qilingan).
Huddi shunday ahvol 2- kichik guruhda ham kuzatiladi (469 mg), yoshi qaytgan о‘qituvchilarda
esa (3- kichik guruh) magniyning qabul qilinishi 400 mg о‘rniga 464 mg (+16,0 %) bо‘lgan.
Aytib о‘tilganidek temirning qabul qilinishi ham hamma kichik guruhlarda meyor
darajasidan sezilarli darajada kо‘p. Chunonchi, ushbu kо‘rsatkich 1- kichik guruhda 12% ga, 2-
kichik guruhda 15% ga va 3- kichik guruhda 18% ga о‘sgan. Jadvalda keltirilgan
mikroelementlarning navbatdagisi rux bо‘lib, u bilan erkak о‘qituvchilarning ta’minlanishi 1-
kichik guruhda 24,7% ga , 2- kichik guruhda 32% ga, 3- kichik guruhda 28% ga kamligi yaqqol
kо‘rinib turibdi.
О‘qituvchilar vujudining yod elementi bilan ta’minlanishi ham ancha salbiy
kо‘rsatkichlarga ega bо‘lib, 1- kichik guruh vakillari ushbu mikroelementning faqat 73,3%
ginasini qabul qilgan. , 2- kichik guruhda bunday yetishmovchilik yanada yaqqolroq namoyon
bо‘ladi, ya’ni ushbu guruh vakillari qabul qilinishi lozim bо‘lgan yodning faqat 60% inigina
olgan. 3- kichik guruh vakillarida esa ushbu ahvol yanada keskinlashib, bunday yetishmovchilik
46,7% ni tashkil qiladi.
Shunday qilib, erkak о‘qituvchilar guruhining biz о‘rgangan mineral moddalar bilan
ta’minlanishi quyidagicha xarakterlanadi: barcha kichik guruhlarda ham tegishli meyorda
mineral moddalarni qabul qilish faqat fosforga tegishli ekan. Mineral moddalardan kalsiy, rux va
yod tegishli normativdan ancha past qabul qilinib, magniy va temir elementlari meyor
darajasidan bir muncha ziyod miqdorda qabul qilingan. Demak, kollej о‘qituvchilarining mineral
moddalar bilan ta’minlanishini meyorlashtirish uchun ular ovqatida kalsiy, rux va yod
elementlarining miqdorini sezilarli darajada oshirish lozim. Bunday tadbirlarning о‘z vaqtida
tegishli darajada amalga oshirilishi ularning sihat- salomatligini muhofaza qilishda hamda aqliy
mehnat qilishining yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jadvallarda keltirilgan ma’lumotlarni taqqoslash va tegishli xulosa chiqarish oson bо‘lishi
uchun ular 1, 2, 3-rasmlarda va umumiy holda 4-rasmda diagramma kо‘rinishida keltirilgan.