3.2.1. Erkaklar
5-jadval
Aqliy mehnat kishilarining vitaminlar bilan ta’minlanishi (erkaklar).
Vitaminlar
Yosh, guruhlar
18-29
30-39
40-59
Meyor
Natija
Farqi
%
Meyor
Natija
Farqi
%
Meyor
Natija
Farqi
%
C(mg)
70
53,6
-23,5
70
50,4
-28,0
70
73,5
+5,0
A(mg)
1000
630,0
-37,0
1000
600,0
-40,0
1000
680,1
-31,9
E(mg)
10
7,4
-26,0
10
7,9
-21,0
10
8,2
-18,0
D(mkg)
2,5
2,8
+12,0
2,5
2,9
+16,0
2,5
3,1
+24,0
B
1
(mg)
1,2
1,51
+25,8
1,2
1,45
+20,8
1,2
1,6
+33,3
B
2
(mg)
1,5
1,76
+17,3
1,5
1,5
0
1,5
1,6
+6,6
B
6
(mg)
2,0
2,4
+20,0
2,0
2,2
+10,0
2,0
2,4
+20,0
PP(mg)
16
17,0
+6,3
16
19,3
+20,6
16
18,03
+12,6
Folat(mg)
200
193,8
-3,1
200
163,0
-18,5
200
180,1
-9,5
B
12
(mg)
3
3,5
+16,6
3
3,2
+6,6
3
3,4
+13,3
5-jadvaldan kо‘rinib turganidek, erkak о‘qituvchilarning kunlik ovqatidagi ayrim
vitaminlarning miqdori meyor darajasidan ancha kam, ayrimlari esa meyorga yaqin va yana ba’zi
bir vitaminlar meyorga nisbatan biroz balandroq kо‘rsatkichni nomoyon qiladi. Chunonchi
uchchala guruhdagi, ya’ni 18-29, 30-39 va 40-59 yoshli erkak о‘qituvchilarning kundalik
ovqatidagi vitamin S miqdori tegishli holda 53,6, 50,4 va 73,5 mg ni tashkil qiladi. Har
uchchala guruhdagi tekshiriluvchilar uchun bu vitaminga nisbatan meyor talabi 70 mg ekanligini
hisobga olsak, 1 va 2-guruhda ushbu meyorning qondirilishi mos holda 23,5% va 28,0% ga kam
bо‘lsa, 3-guruh tekshiriluvchilari meyorga nisbatan 5% ga kо‘proq ta’minlanganligi kо‘rinib
turibdi.
Har uchchala guruhdagi tekshiriluvchilarning vitamin A bilan ta’minlanishi meyorga
nisbatan ancha past bо‘lib, bu kо‘rsatkich tegishli holda 37, 40 va 31,9% kam miqdorni tashkil
qildi. Bunday taqchillikni, birinchidan, о‘tkazilgan kuzatuvlarning qish fasligi tо‘g‘ri kelganligi,
shuningdek, iste’mol qilinadigan о‘simlik mahsulotlarida karotinoidlarning nihoyatda kamayib
ketishi bilan, ikkinchidan, ushbu vitamin serob bо‘lgan baliq va baliq mahsulotlarining erkak
52
о‘qituvchilar tomonidan juda ham kam iste’mol qilingani bilan tushuntirish mumkin. Xuddi
shuningdek, vitamin E ning ham meyorga nisbatan kam ta’minlanganligi kо‘rinib turibdi. Agar
vitamin E ga bо‘lgan talab har uchchala kichik guruhda ham 10 mg ni tashkil qilsa, 1- kichik
guruhda bu kо‘rsatkich 7,4 mg, 2- kichik guruhda 7,9 mg , 3- kichik guruhda 8,2 mg ni tashkil
qiladi. Vitamin D meyorga nisbatan ancha kо‘pligi aniqlandi. Agar meyorda vitamin D ga
bо‘lgan talab 2,5 mg ni tashkil qilsa, biz tekshirgan guruhlarda bu kо‘rsatkich mos ravishda 2,8
mg, 2,9 mg va 3,1 mg ni tashkil etdi. Bunday natijani biz tekshiriluvchilarning kunlik ovqati
tarkibida tuxum mahsuloti asosiy о‘rinda turganligi, ya’ni tuxumning kо‘p iste’mol qilinganligi
bilan izohlaymiz.
B guruh vitaminlardan B
1,
B
2
, B
6
va B
12
lar bilan erkak о‘qituvchilar organizmining
ta’minlanishi taxminan meyor darajasida va hatto meyordan ortiqroq ekanligini ham kо‘rishimiz
mumkin. Vitamin B
1,
B
2
va B
6
larning tekshiriluvchi erkak о‘qituvchilar organizmining meyoriy
talab darajasidan balandroq ta’minlanishi biz tekshirgan hududda, ayniqsa, qish faslida ular
iste’mol qiladigan oziq-ovqatlarning asosiy qismini non va un mahsulotlari tashkil qilishi bilan
tushuntirish mumkin. Vitamin B
12
ning ham meyordan balandligini tekshiriluvchilarning
hayvon mahsulotlaridan gо‘sht,tuxum kabi sifatli oziq-ovqatlarni meyorida iste’mol qilganligi
bilan izohlaymiz.
Biz hisoblagan vitaminlardan niatsin (vitamin PP) ning ham tekshiriluvchilarning har
uchchala guruhlarida ham meyor darajasidan bir oz balandligi aniqlandi. Ya’ni bu vitaminga
nisbatan sutkalik talab 16 mg ni tashkil qilsa, biz tekshirgan guruhlarda mos ravishda 17 mg,
19,3 mg va 18,03 mg ni tashkil qildi. Bunday natija meyorga nisbatan 6,3%, 20,6% va 12,6% ga
kо‘p demakdir.
Folatsin (vitamin B
9
) ning tekshiriluvchilar iste’mol taomlarida meyorga nisbatan bir oz
kamligi qayd qilindi.
Kuzatuv о‘tkazilgan guruhlarda erkak о‘qituvchilar ovqatidagi vitaminlarning meyorga
nisbatan miqdorini yaqqolroq tasavvur qilish uchun foiz hisobida 9-10-11-rasmlarda va umumiy
holda 12-rasmda diagramma shaklida keltiramiz.
|