Qarshi davlat universiteti


Yodning ayrim oziq-ovqat mahsulotlaridagi miqdori



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

                   Yodning ayrim oziq-ovqat mahsulotlaridagi miqdori 

Mahsulotlar 

Yod miqdori 100 g da 

mk 

Mahsulotlar 

Yod miqdori 100 g da 

mk 

Tuxum 


60 

Sabzi 


35 

Sut 


45 

Kartoshka 

32 

Piyoz 


44 

Loviya 


24 

Shovul 


39 

Qora non 

14 

Karam 


37 

Nо‘xat 


10 

   


Oziq-ovqatlarni  pishirish,  qaynatish  natijasida  ularning  tarkibidagi  yod  ancha  kamayib 

ketadi. Yodga bо‘lgan taqchillikning oldini olish uchun osh tuzi kaliy yod bilan yoki natriy yod 

bilan  boyitiladi.  Buning  uchun  aytilgan  yod  birikmasidan  har  100  kg  osh  tuziga  1,0-1,5  g 

qо‘shiladi.  Yodning  spirtdagi  eritmasi  yoki  suvdagi  aralashmasi  dezinfeksiyalovchi, 

zararsizlantiruvchi,  kuydiruvchi  modda  sifatida  tibbiyot  amaliyotida  keng  qо‘llaniladi. 

Ovqatlanishda  kon  tuzidan  foydalanish  kishining  yodga  bо‘lgan  ehtiyojini  qondirishda  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi,  chunki  kon  tuzi  tarkibida  boshqa  Mikroelementlar  bilan  bir  qatorda  yod 

ham mavjuddir [5;16;23;51]. 

Yod  qalqonsimon  bezning  faoliyatiga  bevosita  ta’sir  kо‘rsatadi.  Bu  bez  qonda  yodning 

noorganik  birikmasini  yig‘ib  undan  organik  birikmalar  –  tiroksin,  diyodtirozin  va  triyodtirozin 

kabi  gormonlar  ishlab  chiqaradi.  Bu  gormonlar  moddalar  va  eneriya  almashinuvida  ancha  faol 

bо‘lib,  organizmdagi  barcha  hayotiy  jarayonlarga  qatnashadi.  Yana  shu  narsa  muhimki,  oziq 

moddalar uzoq vaqt saqlansa, ularning tarkibidagi yod juda kamayib ketadi, masalan kartoshka 4 

oy  saqlansa  undagi



 

yod  45,3%  ga  kamayadi.  Bunday  paytlarda  oziq  moddalar  qо‘shimcha 

ravishda yod  bilan boyitilishi kerak [51;54]. 

Yodning  odam  tanasidagi  fiziologik  ahamiyati  tiroksin  sintezida  ishtirok  etishda  yuzaga 

chiqadi.  Tiroksinning  tarkibiy  qismida  yod  bо‘lishi  bejiz  emas.  Yod  yetishmay  qolganida 

tiroksin  kam  ishlanib  chiqadi.  Natijada,  gormon  yetarlicha  hosil  bо‘lmay,  bez  tо‘qimasi 

kattalashib  ketadi.  Organizmdagi  yodning  asosiy  miqdori  ham  qalqonsimon  bez  tarkibidadir. 

Katta  yoshdagi  odam  tanasida  о‘rta  hisobda  25  mg  yod  bor  deb  hisoblansa,  uning  1/3  qismi 

qalqonsimon bezda bо‘ladi. Bu bez organizmda yod almashinuvining markazidir. U qondan juda 

spetsifik  ravishda  yodni  yutib,  о‘zining  gormoni  -  tiroksin  sintezi  uchun  ishlatadi.  Tiroksin 

tarkibida 64% dan ortiq yod bor. Gormon periferik organlarda almashinganda erkin yod ajralib, 



 

35 


uni bez qaytadan yutadi. Qonda yodning miqdori 3 mkg dan 20 mkg gacha bо‘lib, uning ¾ qismi 

tiroksin hisobiga tо‘g‘ri keladi [5; 29; 57]. 



Rux

  odam  organizmida  karbonangidraza  (yoki  karbonat  angidraza)  fermenti  tarkibiga 

kiradi. Bu ferment organizmda karbonat kislotani karbonat angidrid gazi va suvga parchalaydi, u 

organizm hayoti uchun zarur fermentlardan biridir [11; 38]. 

Ruxning kо‘p qismi eritrotsitlar tarkibida bо‘ladi. Shu tufayli ham tarkibida kam rux tutgan 

ovqat  maqsulotlarini  surunkasiga  iste’mol  qilinganda,  kamqonlik  kasalligiga  olib  kelishi 

mumkin.  Rux  bundan  tashqari,  yog‘lar  almashinuvini  normal  izga  solib  turadi,  oqsillar 

almashinuvini  yaxshilaydi,  triptofan,  lizin  va  metionin  hamda  aminokislotalar  sintezini 

kuchaytiradi. Rux bir qator fermentlar tarkibiga kiradi. Shu bilan bir qatorda rux ichki sekretsiya 

bezlaridan  gipofiz,  oshkozon  osti  bezi  va  urug‘donlarning  faoliyatida  ham  muhim  о‘rin  tutadi 

[11; 26; 37; 51]. 

Agar davomli ravishda va kо‘p miqdorda shirinlik hamda tuzli mahsulotlar iste’mol qilinsa, 

turli  xil  kasalliklarni  davolashda  kortizon  kо‘p  ishlatilsa  va  homilador  bо‘lishning  oldini  olish 

uchun maxsus dori-darmonlardan kо‘proq foydalanilsa, bu elementga nisbatan taqchillik yuzaga 

kelar  ekan.  Ruxning  tanada  kamayib  ketishi  dastlab  suyaklarning  g‘alvirsimon  bо‘lib  qolishiga 

olib keladi. Bu jarayonda, albatta, kalsiy, fosfor, magniy, ftor va kremniylarning ham taqchilligi 

о‘rin tutadi. Bolalarda ruxning taqchilligi tufayli ularning bо‘yi о‘smay qoladi, jinsiy rivojlanish 

juda  sekin  bо‘ladi,  tana  terisi  quruqlashadi,  ishtaha  kuchsiz  bо‘lib  jigar  va  taloq  ancha 

kattalashgan bо‘ladi. Rux yetishmasligi tufayli sodir bо‘ladigan belgilardan biri bu ich ketishidir. 

Bunday  odamlarda  harakat  koordinatsiyasi  buzilib,  barmoqlar  qaltiraydi,  qо‘zg‘aluvchanlik 

kuchayib ketadi. 

Rux  elementiga  bо‘lgan  sutkalik  talab  о‘rtacha  10-15  mg.  Rux  katta  yoshdagi  kishilar 

organizmida 2-3 gram bо‘ladi [43]. U terida va suyakda, spermada va bezlarda kо‘proq uchraydi. 

Katta yoshli kishilar bir kecha-kunduzda 10-22 mg, homilador ayollar 10-30 mg, emizikli 

ayollar 13-54 mg rux elementini ovqat bilan iste’mol qilishi kerak [43;51]. 

Rux  parranda  gо‘shtida,  pishloqda,  dukkakli  о‘simliklarda  kо‘pdir.  Rux  bilan  zaharlanish 

shо‘r  mahsulotlarni  ruxlangan  idishda  saqlash  va  iste’mol  qilish  tufayli  sodir  bо‘lishi  mumkin 

[37;51]. 

 

Xulosa  qilib  aytganda,  mikronutrientlar  inson  vujudi  uchun  zarur  bo`lgan  oziq  moddalar 



yig`indisi  bo`lib,  ular  haqida  ilmiy  va  amaliy  ma`lumotlarga  ega  bo`lish  aholi  salomatligini 

saqlashda  muhim  o`rin  egallaydi.  Tegishli  tashkilotlar  va  muassasalar  (ilmiy  tekshirish 

institutlari,  oily  o`quv  yurtlarining  mas`ul  kafedralari,  sanitariya-epidemiologiya  nazorat 

markazlarining  tegishli  labaratoriyalari  va  boshqalar)  joylarda  aholi  turli  guruhlarining 




 

36 


mikronutrientlarga bo`lgan ehtiyojini aniqlash va uning qondirilishini o`rganib, ilmiy tavsiyalar 

berish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.  

                                    


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə