Kobaltning
biologik ahamiyati aniqlanganiga nisbatan kо‘p vaqt о‘tgan bо‘lmasa-da, u
shunday elementlar qatoriga kiradiki, uning meyoridan kami ham kо‘pi ham organizmga zarar
keltiradi. Kobalt B
12
vitaminning tarkibiy qismiga kirib, uning molekulasida 1 atom kobalt bor,
unga bо‘lgan taqchillik, kamqonlik kasalligini chaqiradi.
Bu vitamin odam, hayvon, hatto mikroorganizmlar uchun ham almashinmaydigan
komponent bо‘lganidan kobalt odamlar va barcha hayvonlar ovqat tarkibida bо‘lishi kerak.
Ammo bu mikroyelementga ehtiyoj shu qadar kamki, eksperimental sharoitda quyon yoki
kalamushlarda kobalt yetishmasligi belgilarini hosil qilib bо‘lmaydi. Ammo ma’lum tumanlarda
tuproqda kobalt kamligidan, u yem-xashakda ham yetishmay, qо‘y va qoramollarda kobalt
yetishmasligi kasalligi paydo bо‘ladi [11]. Kamqonlik va oriqlab ketish belgilari kuzatiladigan
bu kasallik mollar yemiga kobalt tuzlari qо‘shib berilgandagina tuzaladi. Agar kobalt inyeksiya
qilib kiritilsa, uning foydasi sezilmaydi. Buning sababi V
12
vitamin ichakda mikroorganizmlar
32
ishtirokida sintezlanishiga bog‘liq bо‘lsa kerak. Kobalt organizmdan bо‘yrak orqali chiqariladi.
Kobalt hayot uchun muhim elementlar qatoriga kiradi. Vitamin V
12
massasining 4,5% i kobalt
hisobiga tо‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, u ichakda temir sо‘rilishini yaxshilaydi va uni
gemogobin tarkibiga kiritadi, muskul oqsillari va nuklein kislotalar sinteziga imkon beradi [37].
Kobalt zardob oqsillari, gemoglobin tarkibiga kiradi. Bolaning kobaltga bо‘lgan sutkalik
ehtiyoji 8 mg dan 10 mg gacha [43]. Organizmda kobalt yetishmay qolishi xavfli kamqonlikka
olib keladi.Kobalt qon hosil bо‘lishida qatnashadigan biomikroelementlarga kiradi . U bir qator
fermentlar faolligini oshiradi, vitamin V
12
ning endogen sintezida qatnashadi. Sog‘lom odam
sutkasida о‘rtacha 14-18 mkg kobalt olib turishi kerak. Kobalt yetishmasligi natijasida yuzaga
keladigan kamqonlilikni davolashda vitamin B
12
yaxshi natija beradi, chunki uning molekulasida
bir atom kobalt buladi. Kobaltga bо‘lgan sutkalik ehtiyoj о‘rtacha 14-78 mkg, kamqonlilik
alomatlari sezilganida, bu kо‘rsatgich 50-150 mkg gacha
kо‘tariladi [43]. Kobaltning asosiy
manbalari bо‘lib, jigar, buyraklar, sut va sut mahsulotlari, tuxum, bug‘doy va grechka yormasi,
makkajо‘xori, loviya, nо‘hat, sarimsoqlar hisoblanadi [51].
Aniqlanishicha, qayerda tuproqda kobalt kam bо‘lsa, о‘sha yerda yashaydigan odam va
hayvonlarda anemiya kо‘p uchraydi. Kobalt yetishmasligi soch oqarishiga sababchi bо‘ladi. U
tanada nuklein kislotalarning sintezlanishi uchun kerak, kasalliklardan keyin tana kuchga
enishida bu element muhim ahamiyatga ega. Kobaltning oshqozon-ichak tizimidan qonga
sо‘rilishi anchagina oson kechadi. Doim о‘simlik mahsulotlari bilan oziqlanish kobaltga nisbatan
taqchillik keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun sut, mol jigari, buyraklardan tegishli
ravishda kundalik ovqatda ishlatib turish tanani tegishli miqdordagi kobalt bilan ta’minlashda
muhim ahamiyat kasb etadi [23].
Ftorga
bо‘lgan sutkalik talab 2-3 mg [43]. Ftor eng kо‘p uchraydigan oziq moddalar mol
buyraklari, jigari, gо‘shti, bug‘doy uni, karam, sabzavotlar, mevalar va boshqalar.
Ftor skelet suyaklari va tishning tarkibiy qismiga kirib hozirgi sharoitda kо‘pincha nafas
olinadigan havo bilan qabul qilinadi. Buning sababi shundaki, sanoati rivojlangan shaharlarda
ftor har xil mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavod chiqindisi bilan kо‘plab havoga kо‘tariladi.
Tanada ftorning kо‘payib ketishidan ostexondroz, suyak shakli va rangining о‘zgarishi,
bо‘g‘inlar harakatchanligining keskin kamayib ketishi kabi xastaliklar paydo bо‘ladi. Tishlar
kariyes kasalligining oldini olish uchun ichiladigan suv ftor bilan boyitiladi biroq uning kо‘pi
ham, ozi ham salomatlikka zarar keltiradi.
Ftor barcha ozik moddalarda juda kam va tarqoq holda bо‘lganligidan uning organizmdagi
funksiyasini aniqlash qiyin. Hozirgi vaqtda ftorning faqat suyak va tish tarkibiga kirishi ustida
tо‘htash mumkin. Bu tо‘qimada ftor fosfat kislotaning erimaydigan kalsiyli tuzi shaklida bо‘ladi.
Choy tarkibidagi ftorning yaxshi о‘zlashtirilishi uchun uni damlashdan oldin uzoq vaqt
33
qaynatmaslik va damlangan choyni kо‘p saqlamasdan ichish kerak, aks holda undagi ftor
chо‘kma holiga tushib qoladi va tanada ftor tanqisligi yuzaga keladi. Achchiq choyda ftor
miqdori meyordan kо‘p bо‘ladi, shuning uchun bunday choyga odatlanmagan yaxshi. Oziq-
ovqatlar tarkibidagi ftorni kamaytirish uchun iste’mol qilinadigan mahsulotlarni suvda obdon
yuvish kerak, chunki ftor tuzlari suvda tez eruvchan xususiyatga ega [51; 56].
Tekshirishlar tishlarning keng tarqalgan kasalligi - kariyes suvda va ovqat mahsulotlarida
ftor yetishmasligiga bog‘liq ekanligini kо‘rsatdi. Buning aksicha, fluoroz deb ataladigan holat
tashqi muhitda ftorning ortiqcha bо‘lishiga bog‘liq. Suv tarkibida ftor miqdori bir litrga 1,5-2,0
mg ga yetsa, tish emalining nuqta-nuqta dog‘li kasalligi kelib chikadi. Ftor tishlar emalining
mustahkam bо‘lishi uchun organizmga zarur. U organizmga asosan о‘simlik mahsulotlari bilan
birga kiradi [23].
Ftor organizmda bо‘ladigan suyaklanish jarayonida ishtirok qiladi, u ayniqsa tishlarning
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega, yana kalsiy, fosfor almashinuvini ham yaxshilab turadi.
Ftorga nisbatan bо‘ladigan sutkalik talab 3 mgdan oshmaydi. Ftorning boshqa
Mikroelementlardan farqi shundaki, u choy va dengiz baliqlaridan tashqari boshqa ozik- ovqat
mahsulotlarida nihoyatda kam bо‘ladi [43; 51].
Yod
elementi odam uchun zarur ma’danli moddalardan biridir. Yod yetishmasligi natijasida
moddalar almashinuvi buzilib, qalqonsimon bez kattalashadi, sochlar tusha boshlaydi, tana
harorati pasayadi, odam jismonan va aqliy jihatdan kuchsizlanib qoladi. Yod qalqonsimon bez
gormoni tiroksinning sintezlanishi uchun kerak [5; 29; 49; 57]. Yod yetishmasligi tufayli
qalqonsimon bezning kasallanishi dengizdan uzoq tog‘ va tog‘ oldida yashaydigan aholi orasida
kо‘p uchraydi. Buning sababi shundaki, qayd qilingan hududlardagi yod birikmalarini tuproqdan
yomg‘ir suvlari yuvib ketadi va iste’mol qilinadigan mahsulotlarda uning miqdori kamayib
qoladi. Dengiz mahsulotlarida yod miqdori kо‘p bо‘ladi. Dengizga yaqin joylarda yod tanaga
ovqatdan tashqari havo va suv bilan ham singadi. Shunig uchun dengizlar bilan о‘rab olingan
Yaponiyada aholi qalqonsimon bez faoliyati bilan bog‘liq kasalliklar bilan kam xastalanadi [49].
Katta yoshli odamga bir sutkada 100-200 mkg yod talab qilinadi [43] va uning 90 %
о‘simlik mahsulotlari bilan qabul qilinadi. Yodga boy mahsulotlarga dengiz baliqlari, tuxum,
gо‘sht, dengiz о‘simliklari, sholg‘om, sarimsoq, qovun, sabzi, karam, kartoshka, piyoz, pomidor,
loviya, uzum, shovul va boshqa kо‘katlar kiradi. Quyidagi jadvalda oziq-ovqat mahsulotlaridagi
yod miqdori tо‘g‘risida ma’lumot keltiramiz.
34
2-jadval
Dostları ilə paylaş: |