Qarshi davlat universiteti


Oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan о‘simlik mahsulotlarida uchraydigan ma’danli moddalar



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

Oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan о‘simlik mahsulotlarida uchraydigan ma’danli moddalar 

miqdori

 

Mahsulotlar 



Ma’danli moddalar (100 g-da mg hisobida). 

Natriy 

Kaliy 

Kalsiy 

Magniy 

Fosfor 

Temir 

Bug‘doy non 

12 

178 


24 

44 


115 

2,1 


Grechka 

-- 


167 

70 


98 

298 


8,0 

Guruch 


26 

54 


24 

27 


97 

1,8 


Loviya 

40 


1100 

150 


103 

541 


12,4 

Nо‘xat 


69 

873 


115 

107 


329 

9,4 


Kartoshka 

2,8 


568 

10 


23 

58 


0,9 

Karam 


13 

185 


48 

15 


31 

1,0 


Sabzi 

21 


200 

51 


38 

55 


1,2 

Pomidor 


40 

290 


41 

20 


26 

1,4 


Bodring 

8  


141 

23 


14 

42 


1,4 

Lavlagi 


86 

228 


37 

43 


43 

1,4 


Bosh piyoz 

50 


225 

87 


10 

58 


1,0 

Osh qovoq 

14 

170 


40 

14 


25 

0,8 


Sholg‘om 

17 


357 

35 


22 

26 


1,2 

Shovul 


15 

500 


47 

85 


90 

2,0 


Shivit 

43 


335 

223 


70 

93 


1,6 

Tarvuz 


16 

64 


14 

224 


1,0 


Qovun 

32 


118 

16 


13 

12 


1,0 

Nok 


14 

155 


19 

12 


16 

2,3 


Zardoli 

30 


305 

28 


19 

26 


2,1 

Gilos 


20 

256 


37 

26 


30 

1,4 


Uzum 

26 


255 

45 


17 

22 


0,6 

Qizil qalampir 

19 

163 


11 


16 

-- 


                            


 

26 


1.2.2. Mikroelementlar 

 

Mineral  moddalarning  muhim  guruhlaridan  biri  mikroelementlar  bо‘lib,  ular  о‘ziga  xos 

xususiyatlari,  funksiyalari  bilan  ajralib  turadi.  Mikroelementlar  barcha  hayotiy  jarayonlarni 

boshqarib  boruvchi  biologik  faol  moddalarning  bevosita  tarkibiga  kiradi.  Shuning  uchun  ham 

ularning taqchilligi yoki meyoridan kо‘pligi fermentlar yoki gormonlar ishtirokisiz о‘tmaydigan 

haqiqiy  kimyoviy  о‘zgarishlarning  buzilishiga  olib  keladi.  Bu  holat  esa  meyoriy  fiziologik 

jarayonlarning (ovqat hazm bо‘lishi, moddalar almashinuvi, ajralish, tashqi moddalar sintezi va 

boshqalar)  izdan  chiqishiga,  turli-tuman  kasalliklarning  paydo  bо‘lishiga  olib  keladi.  Ma’danli 

moddalarning ushbu xususiyati (о‘ziga xosligi  yoki spetsifikligi) ularning ta’sir doirasini ancha 

kengaytirib  va  u  yoki  bu  elementning  tanada  kamligi  yoki  kо‘pligi  bitta  xarakterli  kasallikni 

emas, balki bir qator xastaliklarni chaqiradi. Tanada uchraydigan kimyoviy elementlarning yana 

bir  xususiyati  shundaki,  ular  tufayli  tirik  organizm,  uning  barcha  a’zolari  tegishli  bioyelektrik 

faollikka,  ya’ni  biopotensiallarga  (biotoklarga)  ega  bо‘ladi.  Masalan,  miya  va  nerv  hujayralari, 

yurak,  oshqozon-ichak  tizimi  va  muskullar  biotoklari  tegishli  elementlarning  kationlari  va 

anionlarining  guruhlanishidan  paydo  bо‘lib,  bu  bilan  ulardagi  hamda  bir  butun  organizmdagi 

qо‘zg‘aluvchanlik, о‘tkazuvchanlik ta’minlab turiladi [2; 23]. 

Ma’danli moddalarning bir qanchasi tana massasining juda kam qismini tashkil kiladi, ular 

mikroelementlar  deyiladi.  Shunday  bо‘lsa-da,  ular  hayotiy  jarayonlarning  kechishida  albatta 

ishtirok  etishi  lozim.  Shu  bilan  bir  qatorda  tananing  har  bir  a’zosi,  hujayra  va  tо‘qimalarida 

biogen elementlar aniq bir nisbatda bо‘ladi. 

Mikroelementlar  turli  metabolitik  jarayonlarda  faol  ishtirok  etadi.  Bir  mikroelementning 

kо‘p  bо‘lishi,  boshqasining  kamayishiga  olib  kelishi  mumkin.  Ularning  yetishmasligi 

organizmning rivojiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. 

Mikroelementlarning о‘zini ham 3 guruhga bо‘lish mumkin: 

1.  Essensial  mikroelementlar.  Ular  juda  zarur  mikroelementlar  bо‘lib,  ularga  temir  mis, 

rux, marganets, kobalt, molibden, xrom, nikel, qо‘rg‘oshin, vanadiy, yod, ftor, selen, kremniy va 

boshqalar  kiradi.  Ularning  yetishmasligi  vitaminlar  yetishmasligiga  tengdir.  Ularni  faqat 

organizmda о‘rnini tо‘ldirib borish yо‘li bilan yetishmovchilik sindromining oldini olish mukin. 

2. Zaharli mikroelementlar. Ular organizmga zaharli reaksiyalarni hosil qilishi mumkin. 

3. Neytral mikroelementlar. Organizmga zaharli ta’sir kо‘rsatishi mumkin, ularga bor, litiy, 

alyuminiy, kumush, rubidiy, bariy kabilar kiritiladi. 

Mikroelementlar  organizmga  asosan  suv  va  о‘simlik  ovqati  bilan  birga  kiradi.  Odamda 

mikroelementlar  yetishmovchiligi  birmuncha  kam  uchraydi.  Temir  yetishmovchiligi  bilan  yod 

yetishmovchiligi  bundan  mustasno,  temir  yetishmovchiligi  temirga  yolchimaslik  natijasida 




 

27 


yuzaga keladigan anemiya shaklida namoyon bulsa,  yod  yetishmovchiligi tuprog‘i  bilan suvida 

shu element kam bо‘ladigan joylarda uchraydi va buqoq kasalligini keltirib chikaradi [49].  

  Tanadagi  barcha  hujayralar  va  ular  orasidagi  suyuqliklar  о‘rtasida  kimyoviy  elementlar 

miqdori  va  nisbati  dastavval  iste’mol  qilinadigan  ovqatda  bu  moddalarning  mavjudligiga, 

ularning  oshqozon-ichak  tizimidan  sо‘rilish  xususiyatlariga  va  boshqa  sabablarga  bog‘liq 

bо‘ladi. U yoki bu elementga taqchillik sezilganida, ularni tabiiy manbalar, ya’ni meva-chevalar, 

sabzavot mahsulotlarini tanlab qabul qilishga kо‘proq e’tibor qilish kerak. Chunki, inson uchun 

shu  mahsulotlardagina  kerakli  kimyoviy  moddalar  ma’lum  miqdorda  va  nisbatda  bо‘lib,  ularni 

iste’mol  qilish  bilan  tanamizdagi  hujayra  va  tо‘qimalarni  tegishli  ravishda  mikro-  va 

Makroelementlar  bilan ta’minlash  oson  kechadi.  О‘simlik mahsulotlarini  «tirik»  holda  iste’mol 

qilish orqali barcha kimyoviy elementlarni yetarli miqdorda qabul qilamiz [11; 37; 56]. 

Temir

  odam  tanasidagi  barcha  hayotiy  jarayonlarning  meyorida  borishi  uchun  alohida 

ahamiyat kasb etadi. Tanamizdagi temirning 57 % qondagi, aniqrog‘i, qizil qon tanachalaridagi 

gemoglobin tarkibida, 7 % muskullarda mioglobin kо‘rinishida, 16 % tо‘qimalarda uchraydigan 

metallofermentlar tarkibida, qolgan 20 % esa jigar, taloq, buyraklar va iliqda zahira holda turadi 

[6;  8;  11].  Gemoglobin  qizil  qon  tanachalarining  (eritrotsitlarning)  asosini  tashkil  qiladi.  Bitta 

eritrotsitda 250 millionta gemoglobin molekulasi bо‘lib, uning har qaysisida I tadan temir atomi 

bо‘ladi. Ma’lumki, eritrotsitlar tirik hujayralar hisoblanib, iliklarda yangidan hosil bо‘ladi va 30-

90  kundan  keyin  asosan  taloqda  о‘z  vazifasini  о‘tab  halok  bо‘ladi  va  bir  vaqtning  о‘zida 

tarkibidagi temirni ham yо‘qotadi. Shu bois yangi eritrotsitlarning shakllanishi va hosil bо‘lishi 

uchun oziq- ovqat mahsulotlari bilan temir doimiy suratda qabul qilib turilishi shart [47;49] . 

Temir  peroksidaza,  sitoxromoksidaza,  suksinatdegidrogenaza,  katalaza  kabi  bir  nechta 

oksidlovchi  fermentlar  tarkibiga  kirib,  oksidlanish  jarayonlarida  faol  qatnashadi.  U  hujayra 

sitoplazmasi va yadrosining bevosita tarkibiga kiradi [11; 37]. 

Insonning  normal  hayot  faoliyati  temir  elementining  о‘zidan  tashqari,  temir  tutuvchi 

organik birikmalar xam juda zarur. Ulardan eng muhimi nafas olish pigmenti – gemoglobindir. 

Organizmda temir gemoglobindan tashqari muskullarda kislorod g‘amlovchi oqsil – mioglobinda 

ham bо‘ladi. Shuningdek, temir tutuvchi fermentlar ham ma’lum. Va, nihoyat, oqsil kompleksi – 

ferritin  ma’lumdir.  Undan  organizm  uchun  zarur  bulgan  barcha  temir  tutuvchi  moddalar  hosil 

bо‘ladi. 

Og‘ir metallar hayvon va о‘simliklar tanasida juda kam miqdorda mikroyelement sifatida 

uchraydi. Faqat temir bu ma’noda boshqa og‘ir metallardan farqlanadi. Uning katta yoshli odam 

tanasidagi miqdori 4-5 grammga teng [51]. 

Temirning  sutkalik  qabul  qilinish  meyori  erkaklarda  о‘rtacha  10  mg.ni  ayollarda  esa  18 

mg.ni  tashkil  qilib  [43],  iste’mol  qilinadigan  taomlarda  temir  kam  bо‘lsa,  odamda  darhol  bu 



 

28 


elementga nisbatan taqchillik paydo bо‘ladi. Bunday taqchillik teri rangining oqligi, ish qilganda 

tez  charchash,  nafasga  tо‘ymaslik  kabi  holatlar  bilan  xarakterlanadi.  Bu  belgilarning  paydo 

bо‘lishi  qonda  kislorod  va  karbonat  angidridni  tashuvchi  gemoglabin  moddasining  kamayib 

ketishidir,  gemoglobin  esa  temir  elementisiz  hosil  bо‘lmaydi.  Butun  Dunyo  Sog‘liqni  Saqlash 

Tashkilotining  e’lon  qilgan  ma’lumotlariga  qaraganda,  kamqonlilik  (anemiya)  yer  yuzasidagi 

aholining  20  %  -  da  uchraydi.  Shu  kasallikning  80  %  temir  yetishmasligi  tufayli  bо‘lar  ekan. 

Turli-tuman  sabablarga  kо‘ra  tanadan  qon  yо‘qotilishi  organizmda temir  moddasining  kamayib 

ketishiga  olib  keladi.  Ayniqsa,  ayollarda  ushbu  yо‘l  bilan  (hayz  kо‘rish,  bola  tug‘ish  va 

boshqalar)  temir  taqchilligi  tez-tez  kuzatiladi.  Shuning  uchun  ayollar  ovqatlanishida  ushbu 

moddaning  yetarli  bо‘lishiga  alohida  ahamiyat  berish  zarur.  Ularda  temirga  bо‘lgan  sutkalik 

talab,  yuqorida  qayd  qilinganidek,  erkaklarga  qaraganda  qariyb  ikki  baravar  kо‘p  (18  mg). 

Homilador  va  sut  emizadigan  onalarda  esa  bu  kо‘rsatkich  33-38  mg.gacha  chiqadi 

[47;49;50;51;54]. 

Shu narsa muhimki, temir yetishmasligi tufayli kamqonlik kasalligiga chalingan ayollardan 

tug‘ilgan  bola  kasalliklarga  tez  chalinuvchan,  injiq,  rangi  oqargan,  asab  tizimi  ancha  kuchsiz 

bо‘ladi.  Bunday  bolaning  tez-tez  boshi  og‘rib  turadi,  ichi  dam  bо‘ladi,  sochlari  tо‘kilib 

siyraklashadi, og‘iz chetlarida teri yorilish hollari kuzatiladi. 

Turli  xil  oziq-ovqat  mahsulotlar  bilan  organizmga  qabul  qilinadigan  temirning  10  % 

о‘zlashtiriladi, ya’ni qonga sо‘riladi. Shu narsani qayd qilish kerakki, о‘simlik mahsulotlaridagi 

temirga  nisbatan  hayvon  gо‘shti  va  jigardan  u  ancha  yaxshi  о‘zlashtiriladi  (о‘simliklardagi 

temirning  1  %  organizm  tomonidan  о‘zlashtirilsa,  gо‘shtdan  10-25  %  о‘zlashtiriladi).  Ba’zi  bir 

oziq  moddalar  temirning  о‘zlashtirilishiga  salbiy  ta’sir  qiladi,  bularga  sut,  tuxum  va  achchiq 

choy  kiradi.  Choy  kо‘p  ichilsa,  temirning  о‘rtacha  о‘zlashtirilishi  10-12  %  dan  2%  ga  tushib 

qoladi. Shuning uchun ham kam qon odamlarning achchiq choy ichmasligi tavsiya qilinadi [50].  

Homiladorlik  paytida  temirga  bо‘lgan  talab  ancha  oshadi,  lekin  kо‘p  hollarda  bunday 

ayollar,  odatdagidek,  ovqatlanaverishadi,  shu  bois  33-73  %  homilador  onalarda  temir  defitsitli 

anemiya  paydo  bо‘ladi.  Bunday  anemiyaga  uchragan  ayollarda  bola  tashlash,  ertachi  bola 

tug‘ilishi va hatto bolaning о‘lik tug‘ilishi holatlari kuzatiladi. Shuning uchun bu kо‘rsatgichni 

oqilona  ovqatlanishni  tashkil  qilishda  hisobga  olish  lozim.  Shunisi  ham  borki,  har  xil 

mahsulotlardagi  temir  ichaklardan  turli miqdorda  sо‘riladi.  Uning  sо‘rilishini  yaxshilash  uchun 

iste’mol  qilinayotgan  ovqatlarga  vitamin  S  ga  boy  mahsulotlardan  qо‘shish  lozim,  masalan, 

tuxum  sarig‘idan  temirning  maksimal  darajada  qonga  о‘tishi  uchun  unga  petrushka,  shivit  va 

boshqa kо‘katlarni qо‘shib iste’mol qilish kerak. Shuningdek, itburun, apelsin, limon kabi meva 

sharbatlari  ham  temir  о‘zlashtirilishini  ancha  jadallashtiradi.  Keksa  odamlarda  temirni 




 

29 


о‘zlashtirish  ancha  sekin  kechadi.  Shu  bois  ular  ovqatida  S  vitaminga  boy  mahsulotlar 

boshqalarnikiga qaraganda kо‘proq bо‘lishi kerak [49]. 

Temir  moddasi  mо‘l  oziq  -  ovqatlarga  mol  gо‘shti,  jigari,  tuxum  sarig‘i,  kepagi 

ajratilmasdan  tayyorlangan  non,  bug‘doy  kepagi,  karam,  qaroli,  zardoli,  mayiz,  yong‘oq, 

kungaboqar, oshqovoq urug‘i, bug‘doy maysasi, loviya, nо‘xat va boshqalar kiradi. Bug‘doy uni 

kepagidan ajratilsa, unda temir miqdori sezilarli darajada kamayib ketadi, masalan, kepakli uning 

1  kg.da  30  mg  temir  bо‘lsa  u  kepagidan  ajratilganidan  keyin  bu  kо‘rsatgich  8,2  mg.ga  tushib 

qoladi.  

Tayyorlanadigan  salatlarni  temirga  boyitishning  eng  oson  yо‘li  unga  bug‘doy  kepagidan 

sepib  iste’mol  qilishdir.  Temirga  boy  mahsulotlardan  yana  biri  bu  qand,  novvotlar 

tayyorlanadigan shinnilardir. Shuningdek, olma, nok, gilos, yertut, shaftoli va qarolida ham temir 

mо‘l.  Kundalik  ovqatda  va  konservalar  tayyorlashda  kon  tuzidan  foydalanish  oddiy  osh  tuziga 

qaraganda organizmni temir bilan yetarli darajada ta’minlanishi borasida muhim ahamiyat kasb 

etadi. Bir kilogramm kon tuzi tarkibida 450 mg temir bо‘ladi. Shuning uchun ovqat tayyorlashda 

va iste’molda kon tuzini ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Temir  yetishmasligi  tufayli  hosil  bо‘ladigan  kamqonlilik  tufayli,  о‘z  navbatida,  bir  qator 

xastaliklar yuz beradi. Bunga termoregulyasiyaning buzilishi, oshqozon shirasida kislotalilikning 

pasayib ketishi asosiy oziq moddalarning hazm bо‘lishini olib boradigan amilolitik, lipolitik va 

proteolitik  fermentlar  faolligining  kuchsizlanishi,  oshqozon  va  ichaklar  shilliq  qavatining 

atrofiyalanishini  olish  mumkin.  Ushbu  holatlar  iste’mol  qilingan  ovqatlar  tarkibidagi 

karbonsuvlar,  oqsillar  va  yog‘ning  hazm  bо‘lishini  yomonlashtiradi.  Bu  holat  ishtahaning 

pasayib ketishi ovqat yegandan keyin qayt qilish, bо‘r, loy kabi yot moddalarni iste’mol qilishga 

moyillik paydo bо‘lishiga olib keladi. Natijada kamqonlilik tufayli kuchsizlanib qolgan organizm 

ovqatni  yaxshi  hazm  qila  olmaslik  tufayli  yanada  darmonsizlanadi.  Bunday  paytlari  tanadagi 

temir  taqchilligini  oqilona  ovqatlanish  va  tegishli  davolanish  yо‘llari  bilan  bartaraf  qilish 

maqsadga muvofiqdir [47].  

Respublikamizda  temirga  bо‘lgan  ehtiyoj  15-30  mg  ni  tashkil  etadi.  Shuning  uchun 

homilador  ayollarning  temirga  bо‘lgan  ehtiyojini  ovqat  yeyish  bilan  qoplab  bо‘lmaydi.  Bu 

xulosa  chet  el  mutaxassislari  bilan  xamkorlikda  chiqarilgan.  AKShda  berilgan  normalarga 

binoan homilador ayollarga qо‘shimcha 2-4-mg kecha-kunduz miqdorida temir moddasini berib 

borish tо‘g‘ri hisoblanadi [23; 43; 46; 49; 54]. 

Mis

  kishilar  hayotida,  ayniqsa  bolalarning  о‘sishida  katta  rol  о‘ynaydi.  Chunonchi,  mis 

organizmda qon hosil bо‘lishida, xususan, qizil qon tanachalari hamda gemoglobin hosil qilishda 

ishtirok  etadi.  U  organizmga  kirgan  anorganik  temirni  organik  bog‘langan  temirga  aylantiradi, 

uning  kо‘mikka  о‘tishiga  va  eritrotsitlarning  yetilishiga  yordam  beradi.  Mis,  bundan  tashqari, 



 

30 


oksidlovchi  fermentlarning  zarur  tarkibiy  qismi  bо‘lib  ham  hisoblanadi  va  tо‘qimalarda 

kechadigan gazlar almashinuvi jarayonida bevosita ishtirok etadi [25]. 

Mis temirdan keyin qon hosil bо‘lishida faol qatnashuvchi biomikroyelement hisoblanadi. 

Oziq  moddalar  bilan  organizmga  kirgan  temirning  о‘zlashtirilishida,  retikulotsitlarning 

eritrotsitlargacha  pishib  yetilishida  misning  ahamiyati  juda  katta.  Yana  mis  bir  qator 

fermentlarning faolligini oshirishda qatnashadi. Uning sutkalik meyori 2 mg [43]. Misga bо‘lgan 

tanqislik  ikki  xil  yо‘l  bilan  yuzaga  kelishi  mumkin,  birinchidan  iste’mol  qilinadigan  ovqat 

tarkibida misning  yetarli darajada bо‘lmasligi  va ikkinchidan oshqozon-ichak tizilmasida uning 

yomon sо‘rilishi uchun sharoit yuzaga kelishi. Mis yetishmaslik holati kо‘pincha yosh bolalarda 

uchraydi,  bu  holat  kamqonlikka  va  qon  tarkibida  eritrotsitlar  hamda  gemoglobinning  kamayib 

ketishiga olib keladi. 

Mis oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, tо‘qimalarning ichki nafasida ishtirok etadi. Mis 

mol va chо‘chqa jigari, baliq, tovuq tuxumi sarig‘ida bо‘ladi. 

Mis  eritrotsitlar  tarkibida  topilgan,  organizmning  tashqi  muhit  faktorlarining  zararli 

ta’siriga  immunobiologik  turg‘unligi  va  qarshilik  kо‘rsatishsh  qobiliyatining  oshishiga  sezilarli 

ta’sir  kо‘rsatadi.  Mis  almashinuvi  temir  almashinuvi  bilan  chambarchas  bog‘langan.  Mis 

yetishmaganida  temirning  о‘zlashtirilishi  ham  pasayadi.  Jigar  mis  deposidir;  mis  qonda 

seruloplazmin oqsili bilan transport qilinadi. 

Mis  boshqa  ayrim  metallar  kabi  hayot  uchun  muhim  Mikroelementlar  qatoriga  kiradi.  U 

fotosintez  jarayonida  va  о‘simliklar  tomonidan  azotning  о‘zlashtirilishida,  qand,  oqsillar, 

kraxmal va vitaminlarning sintezida ishtirok etadi. Oz miqdorda mis barcha tirik organizm uchun 

juda zarur. 

Mis juda kam miqdorda barcha tо‘qimalarda uchraydi. Uning eng kо‘pi jigarda bо‘lib, 3-5 

mg/%  ga  yetadi,  qon  plazmasida,  boshqa  tо‘qimalardagi  kabi,  0,1mg%  mis  bor.О‘simliklarda 

mis  xlorofill,  hayvonlarda  esa  gemoglobin  sinteziga  qatnashadi,  degan  fikr  bor,  ammo  bu 

jarayonlarda misning aniq roli ma’lum emas. Bir qator umurtqasiz hayvonlarda mis gemotsianin 

nomli mis – oqsil kompleksi shaklida qon tarkibida uchraydi va umurtqalilarda kislorod tashish 

funksiyasini  bajaradi.  Mis  bir  qator  oksidlovchi  fermentlar—polifenoloksidaza  ,  tirozinaza, 

askorbat kislota oksidazasi va laktozalar tarkibiga ham kiradi. Bu mis – protein komplekslaridan 

tashqari,  misning  oqsil  bilan  hosil  qilgan  yana  bir  nechta  birikmasi  ma’lum.  Bulardan  qon 

plazmasida  uchraydigan  seruloplazmin,  gemokuprein  va  jigardagi  gepatokuprein  kо‘proq 

о‘rganilgan bо‘lsa ham ularning fiziologik ahamiyati aniq emas [23]. 

Bir  kecha  kunduzda  organizmda  qabul  qilinadigan  mis  miqdori  2  mg  ga  teng.  Sut 

emizuvchi  hayvonlarning  yangi  tug‘ilgan  bolalari  jigarida  kо‘p  oylar  davomida  ularning 

ehtiyojini  qoplaydigan  mis  zahirasi  bо‘lganidan  organizm  bu  elementning  ovqat  (sut  )  bilan 



 

31 


kiritilishiga  unchalik  muhtoj  bо‘lmaydi.  Ba’zi  joylarda  mis  kam  bо‘lishi  va  о‘simliklarda  ham 

uning  miqdori  kamayib,  hayvonlarni  yetarli  ta’min  eta  olmasligi  ma’lum.  Mis  yetishmasligi 

natijasida hayvonlar orasida kamqonlik kasalligi, ishtaqa yо‘qolib, ovqat hazm bо‘lishi buzilishi 

hollari  uchraydi.  Bunday  kasalliklar  О‘zbekistonning  ba’zi  tumanlarida  qorakul  qо‘ylari 

boqiladigan yerlarda aniqlangan.  

  Hozirgi vaktda 25 ta misli fermentlar va oqsillar aniqlangan. Mis barcha Mikroelementlar 

tarkibiga kiradi va organizmdagi turli jarayonlarda ishtirok etadi. Mahsulotlarda kо‘p bо‘lganligi 

uchun insonda uning yetishmovchiligi kam uchraydi [54]. 

Unga  bо‘lgan  talab  kattalarda  bir  kecha-kunduzda  30  mkg/kg,  о‘smirlarda  40  mkg/kg, 

bolalarda  80  mkg/kg  bо‘ladi.  Jigarda  mis  kо‘p  bо‘ladi.  Mis  konlarida  ishlaydiganlar  radikulit 

kasalligi bilan kam xastalangan, ularda qon bosimi ham sezilarli darajada kо‘tarilib ketmagan va 

saraton kam uchragan. 

Mis  nerv  tolalarini  о‘rab  turadigan  va  ularda  о‘tkazuvchanlikni  yaxshilaydigan  miyelin 

pо‘stining  hosil  bо‘lishida  faol  qatnashadi.  Misga  taqchillik  ikki  holatda,  ya’ni  uning  iste’mol 

taomlarida kam bо‘lishi va ovqat bilan yetarli miqdorda qabul qilingan elementning ichaklardan 

yomon sо‘rilishi tufayli rо‘y beradi. Mis yetishmasligi tufayli soch oqaradi, buning oldini olish 

uchun  shu  elementga  boy  mahsulotlar  --  yong‘oq,  tuxum  sarig‘i,  qatiq,  qora  non,  jigardan 

kо‘proq  iste’mol  qilish  lozim.  Yana  u  jenshen  о‘simligining  barglarida  eng  kо‘p  bо‘ladi. 

Misning oltingugurt bilan birikmasi ancha xavfli. Konserva, ovqat misli qozonlarda tayyorlansa, 

ularning tarkibida C vitamini tamoman yо‘qolar ekan.  

Ichki  sekretsiya  bezlari  faoliyatida  ham  misning  ishtiroki  bor,  bu  borada  birinchi  о‘rinda 

insulin  bilan  adrenalin  orasidagi  aloqadorlik  turadi.  Mis  insulinsimon  ta’sir  kо‘rsatish 

xususiyatiga ega [51]. 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə