odam va hayvonlar suyagining asosini tashkil etadi. U mollyuskalar, shilliqqurtlar
va tuxum pо‘stlog‘i tarkibida kо‘p miqdorda bо‘ladi. Bu ma’danli modda ham natriy, kaliy kabi,
asosan ionlar, kо‘rinishida qabul qilinadi. Tanadagi kaltsiyning 99% i suyaklar, tishlar va
tirnoqlar tarkibida bо‘ladi, qolgan 1 % qon va boshqa biologik suyuqliklarda hamda «yumshoq»
tо‘qimalarda uchraydi [46; 50]. Lekin, kalsiyning ahamiyati faqat suyaklar va tishlarning tо‘g‘ri
shakllanishi bilan cheklanib qolmasdan, u qon hosil bо‘lishi va ivishi jarayonida, nerv va
muskullardagi qо‘zg‘aluvchanlik, hujayra membranasida kuzatiladigan о‘tkazuvchanlik
Kalsiyga bо‘lgan sutkalik talab о‘rtacha 800 mg ni tashkil qiladi, yosh bolalar va keksa
odamlarda bu kо‘rsatgich 1000-1200 mg gacha bо‘ladi [43]. Yosh bolalarda suyaklarning о‘sishi
uchun qо‘shimcha kalsiy zarur bо‘lsa, keksa kishilar oshqozon-ichak yо‘lida kalsiy sо‘rilishi
sekinlashganligi bois, undan kо‘proq iste’mol qilib turish kerak. Kalsiyga boy mahsulotlarni
22
tanlab organizmning unga bо‘lgan ehtiyojini qondirib borish mumkin. Kalsiy sut, qatiq, pishloq
tarkibida ham anchagina bо‘ladi [51].
Agar iste’mol taomlari bilan qabul qilinadigan kalsiy kerakligidan kam bо‘lsa yoki uning
oshqozon-ichak tizimidan qonga sо‘rilishi pasaysa, suyakdagi kalsiy qonga chiqaverib, skelet
suyaklari g‘alvirsimon bо‘lib qoladi. Bunday suyak mо‘rt bо‘lib, sal-pal zarba ta’sirida tez
sinadi. Bu holatni, ayniqsa, keksa odamlarda kо‘p kuzatish mumkin. Tarkibidagi kalsiy kamayib
g‘alvirsimon bо‘lib, qolgan suyaklarga birinchi navbatda jag‘ suyaklari kiradi. Keksa kishilarda
suyaklar tarkibidagi kaltsiyning kamaymasligi uchun ularga, kalsiy glyukonat singari dorilardan
tashqari, bu elementga boy bо‘lgan о‘simlik mahsulotlaridan iste’mol qilib turish tavsiya
qilinadi. Gap shundaki, kalsiyning о‘z vaqtida tanaga yaxshi singishi uchun fosfor, vitaminlardan
D, C, B
9
lar kerak. Shuning uchun organizmni kalsiyga boyitishda bu vitaminlarning ham
taomlarda tegishli darajada bо‘lishini ta’minlash lozim. Ma’lumki, bir yо‘la kaltsiy hamda
fosforga boy mahsulotlar olma, loviya, nо‘xat, bodring, karam, sholg‘om, qatiq, pishloq, tuxum
sarig‘i, sariyog‘ va boshqalar hisoblanadi [38; 44; 51]. Bulardan tashqari, kunjut urug‘i о‘zida
eng kо‘p kalsiy saqlaydigan mahsulotdir. Kunjut yog‘ini kuydirmasdan ishlatish ham mumkin,
unda nafaqat kalsiy, boshqa ma’danli moddalar, vitaminlar ham mо‘l bо‘ladi.
Bu elementga bо‘lgan extiyojni qondirish uchun har kuni ovqatdan oldin har xil kо‘kat va
sabzavotlardan tayyorlangan salat, meva-chevalardan yeb turish va haftada ikki-uch marta
yong‘oq, bodom, о‘rik mag‘zidan iste’mol qilish tavsiya qilinadi [49].
Fosfor
elementi miya, muskullar, ichki sekretsiya bezlari hamda ter bezlari faoliyatida
muhim ahamiyat kasb etadi. Muskullar fosforli birikmalarning tо‘planadigan asosiy joyi
hisoblanadi. Fosfor birikmalari ovqatli moddalarni parchalovchi fermentlar tarkibiga kiradi. Eng
muhimi fosforli guruhlar ADF bilan birikib tanadagi barcha hujayralarning fiziologik faoliyatini
ta’minlab turadigan ATF hosil qiladi. Fosfor, kalsiy bilan birgalikda, suyaklar va tishlarning
shakllanishida muhim ahamiyatga ega [51].
Katta kishilarning fosforga bо‘lgan sutkalik talabi 1600 - 1800 mg[43]. U gо‘sht va gо‘sht
mahsulotlarida, sut va sut mahsulotlarida, tuxum hamda yuqoridagi jadvalda qayd qilingan
о‘simlik mahsulotlarida kо‘p bо‘ladi. Unga eng boy mahsulot, jadvalda kо‘rinib turganidek,
loviya va nо‘xat hisoblanadi.
Fosfor almashinuvi kalsiy almashinuvi bilan chambarchas bog‘liq, oldin aytib
о‘tganimizdek, kaltsiyning tanaga sо‘rilishi fosforsiz о‘tmaydi yoki fosfor о‘zlashtirilishida,
albatta, kalsiy kerak. Shuning uchun fosforga taqchillik ham fosforli, ham kalsiyli mahsulotlarni
tanlab iste’mol qilish bilan bartaraf qilinadi. Odatda, kalsiy va fosfor о‘rtasidagi nisbat 1:1,0-1,5
bо‘lganida ular yaxshi о‘zlashtiriladi va bu ikkala element ishtirokida yuz berib turadigan
fiziologik jarayonlar meyorida bо‘ladi [51].
23
Fosfor tirik organizm hujayralari hayotida muhim rol о‘ynaydi. Fosfor mono-, di- va
trifosfatlar guruhi tarzida fermentlarning faol guruhlari tarkibiga kiradi. Biologik sistemalarda
(hujayralar mitoxondriyalarida) adenozintrifosfat kislota (ATF) va fosfatlar hosil bо‘lib, bu
jarayon energiya ajralib chiqishi bilan sodir bо‘ladi. Organizm hujayralarida elektronlar ozuqa
moddalardan havo kislorodiga kо‘chadi. Bu jarayon vaqtida ADF va fosfatlardan ATF hosil
bо‘ladi [11; 37].
Dostları ilə paylaş: