Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

Magniy

 odam va hayvonlar organizmining ajralmas qismidir. Barcha tirik organizmlarning 

ribosomalarida  magniy  borligi  aniqlangan.  Magniy  fosfat  kislota  tuzlari  shaklida fitin  tarkibida 

bо‘ladi. Odam va hayvonlar organizmi magniyni ovqatdan oladi [23]. 

Tirik  organizmlarda

 

magniy  qatnashmaydigan  hayotiy  jarayonlar  bо‘lmaydi.  Ma’lumki 

tanadagi  har  bir  a’zo  tegishli  hujayralar  yig‘indisidan  iborat,  ana  shu  hujayralarning  har  bir 

faoliyatida  ham  bu  biogenelement  faol  qatnashadi.  Shuning  uchun  ham  magniy  yetishmasa, 

odamda  turli-tuman  xastaliklar  yuzaga  keladi,  masalan,  asabiylashish,  uyquning  buzilishi,  tez 

charchash,  bosh  og‘rig‘i,  bosh  aylanishi,  ob-havo  о‘zgarishiga  sezgirlik,  parishonxotirlik, 

yurakning tez urishi, yurak ishlash ritmining buzilishi (aritmiya), oshqozon ichak tizimida og‘riq, 

ich ketish va boshqalar [2; 23; 51]. 

Bu element organizmdagi axborotlar jarayonini ham boshqarib boradi. Masalan, nerv tolasi 

bо‘ylab impulslarning о‘tishi asosan, kalsiy va magniy ionlarining harakatlanishidir. Shu boisdan 

magniyning  kamayishi  axborotlarning  tana  bо‘ylab  tarqalishiga  salbiy  ta’sir  qiladi,  natijada 

hayotiy  jarayonlarning  boshqarilishi  buziladi.  Masalan,  qoramollar  yemida  magniy 

yetishmaganda  muskullar  tortishib,  oyoqlari  rivojlanmay  qoladi.  Yana  bunday  holatda  immun 

tizim ham izdan chiqadi. 

Yurak-qon  tomirlari  kasalliklari  qonda  xolesterin  moddasining  kо‘payishi  bilan  xuruj 

qiladi. Xolesterin miqdori aminokislota letsitin bilan boshqarib boriladi. Bu aminokislotalarning 

о‘simlik  mahsulotlaridan  sintezlanishi  uchun  V

6

  vitamini  (piridoksin)  mavjud  maxsus  ferment 



kerak.  Piridoksin  esa  magniysiz  ishlay  olmaydi.  Shu  bois  tanada  xolesterin  miqdorining 

meyoridan oshib ketmasligi uchun iste’mol taomlarida magniy miqdori yetarli bо‘lishi kerak. 

Magniyga  boy  mahsulotlarga  maysa  holigacha  о‘stirilgan  bug‘doy  doni,  loviya,  nо‘xat, 

soya, mosh, tuxum sarig‘i, pishloq, qatiq, qaymoq, baliq, karam, lavlagi, kartoshka kabi о‘simlik 

hamda  hayvon  mahsulotlari  kiradi.  Tanada  magniy  yetishmasligi  dastlab  har  xil  kasalliklarga, 

bunday taqchillik chuqurlashgan sari miokard infarktiga olib kelar ekan. 

Yuqorida  «qattiq»  suvning  xosiyati  haqida  gapirgan  edik.  Mana  shu  quduq  va  buloq 

suvlarida  kalsiy  bilan  bir  qatorda  magniy  ham  «yumshoq»  suvdagiga  qaraganda  mо‘l  bо‘ladi. 

Bunday  suvda  ovqat  tayyorlashda  va  ichimlik  suvi  sifatida  foydalanadigan  aholi  orasida  yurak 



 

24 


kasalliklari,  jumladan  gipertoniya,  miokard  infraktining  kam  bо‘lishi  statistik  ma’lumotlarda 

aniq qilib qayd qilingan. 

Ma’lumki, hozirgi zamon kishisi turli xil stress omillar (kuchli his-hayajon, yuqori harorat, 

kamharakatlilik  yoki  gipodinamiya,  sertashvishlilik,  rejalashtirilgan  ishlarni  ulgurmaslik  va 

boshqalar)  ta’sirida  yashaydi.  Bunday  holatda  kishining  magniyga  bо‘lgan  ehtiyoji  odatdagiga 

qaraganda biroz baland bо‘ladi. Agar iste’mol qilinadigan ovqatlarda magniy yetishmasa, buning 

ustiga kishiga yana kuchli stress omil ta’sir qilib tursa, yurak-qon tomirlari xastaliklarining kelib 

chiqishi  uchun  keng  yо‘l  ochiladi.  Magniyning  odam  tanasiga  juda  serqirra  ta’siri  shu  bilan 

tushuntiriladiki,  u  kо‘p  fermentlarning  bevosita  tarkibiga  kiradi,  fermentlarsiz  esa  tirik 

organizmda moddalar va energiya almashinuvi qariyb sodir bо‘lmaydi. 

Magniyning  kam  iste’mol  qilinishi  uning  organizmda  kamayib  ketishiga  olib  keladi  va 

natijada  organizmning  tez  charchab,  oyoqlarning  tez-tez  uvishib  qolishiga,  najas  chiqarishda 

og‘riq paydo bо‘lishiga tanadan yoqimsiz hid tarqalishiga olib keladi [23]. 

Odam bu elementdan sutkasiga 300-600 mg qabul qilib turishi kerak, shunda uning sog‘ligi 

ancha yaxshi bо‘ladi. Bunday miqdordagi magniyni biz kakao, loviya, nо‘xat, yong‘oq, soya va 

boshqa  bu  elementi  kо‘p  mahsulotlardan  olamiz.  Yarim  stakan  loviyada  151  mg,  shuncha 

miqdordagi soyada esa 200 mg magniy bо‘ladi [43]. 

Shu narsani e’tiborga olish kerakki, donlarni pо‘stini olish, ayniqsa, ulardan tegirmonlarda 

un  tayyorlash  sababli  tarkibdagi  magniy  ancha  kamayib  ketadi,  masalan  bunday  qayta  ishlash 

tufayli  bug‘doy  unida  uning  75  %,  arpa  unida  70  %  yо‘qoladi.  Kо‘k  nо‘xatni  konservalash 

undagi  magniyni  43  %,  makkajо‘xori  donida  esa  60  %  ga  kamaytirib  yuboradi.  Kartoshkaning 

pо‘stini  olish  bilan  undagi  magniy  35  %  kamayib  ketadi.  Har  xil  meva-chevalar  va 

sabzavotlardan  konservalar  tayyorlanayotganida,  ulardagi  magniy,  qator  ma’danli  moddalar  va 

vitaminlar asosiy qism qoldirilib tо‘kib tashlanadigan suvda о‘tadi.  

Mahsulotlarni aytilgan yо‘llar bilan qayta ishlash, ayniqsa sanoat texnologiyasi usullaridan 

foydalanish  nafaqat  ular  tarkibidagi  magniyni  balki  boshqa  kо‘p  foydali  ovqat 

komponentlarining  kamayib  (oziq  tolalari,  vitaminlar,  ma’danli  moddalar,  biostimulyator  va 

hokazo)  ketishiga  sabab  bо‘ladi.  Shuning  uchun  ham  bug‘doy,  arpa,  grechka  va  boshqa 

donlardan tayyorlangan yormalar juda foydali.     

                                                                                                

 

 

 



                                                                                                      


 

25 


1-jadval  


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə