Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan


Lablarning ishtirokiga ko„ra unlilar



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə12/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#163330
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fa-fayllar.org

Lablarning ishtirokiga ko„ra unlilar lablangan va lablanmagan tovushlarga
ajraladi. 0 ‗zbek tilidagi [i], [e],[a] tovushlari talaffuz qilinganda, lablar faol ishtirok
etmaydi, shuning uchun ular lablanmagan unlilar deb yuritiladi. Lekin [u], [o‗], [o]
tovushlari talaffuzida lablar faol ishtirok etadi, shu sababli ular lablangan unlilar 
deyiladi.
Unlilarning tarkibiga ko‗ra turlari. Tarkibiy nuqtai nazardan unlilar uch turga:
monoftonglar, diftonglar va triftonglar, ya‘ni bir tovushli, ikki tovushli va uch tovushli 
unlilarga ajratiladi. Tarkibida faqat bir tovush bo‗lsa, ular monoftonglar deb yuritilib
(o, u, i va boshqalar), ularni talaffuz qilishda nutq organlari bir xil holatda bo‗ladi.
Tarkibida ikki tovush bo‗lgan unlilar diftonglar deyiladi: [ai], [oi], [ai] va boshqalar.
Diftonglar talaffuzida nutq organlari bir holatdan boshqasiga o‗tadi. Tarkibida uchta
tovush bo‗lgan unlilar triftonglar deb ataladi. Ingliz tilidagi [aiə], [auə] tovushlari
shular jumlasidandir. Bularning talaffuzida ham nutq organlari bir holatdan boshqasiga
o‗tadi. Unlilarning monoftong, diftong va triftonglarga ajralishi hamma tillarga ham
xos emas. 0‗zbek va rus tillarida bunday hodisa uchramaydi. Roman-german tillarida
esa ko‗plab uchraydi. Diftong va triftonglar garchi ikki va uch tovushlar yig‗indisi
bo‗lsa ham, ular bir vazifani bajaruvchi (monofunksional) birliklardir. Bo‗g‗in
ajratishda bu hisobga olinib, ular bir bo‗g‗inga kiritiladi.
Undosh tovushlar tasnifi.
Undosh tovushlar qo‘yidagicha tasnif etiladi: I. Aktiv nutq organlarining
ishtiroki va to‘siqning hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra. II. Shovqinning hosil bo‘lish usuli



20
yoki to‘siqning qanday hosil bo‘lishi ko‘ra. III. Undosh tovushlarning talaffuzida


tovush paychalarining titrashiga ko‘ra.
I. 1. undoshlar hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra yana lab, til va bo‘g‘iz undoshlariga
bo‘linadi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə