Reja: Nutq tovushlarining tasnifi



Yüklə 106,63 Kb.
səhifə1/9
tarix23.12.2023
ölçüsü106,63 Kb.
#157201
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
O`zbek tilining unli tovushlar tizimi va ularning tasniflari


Mavzu: O`zbek tilining unli tovushlar tizimi va ularning tasniflari.


REJA:

  1. Nutq tovushlarining tasnifi

  2. Unli tovushlar va ularning tasnifi haqida ma'lumot.

  3. Undosh tovushlar va ularning xususiyatlari.

Og`iz va bo`g`iz bo`shlig`ida hech qanday to`siqqa uchramay hosil bo`ladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar. Har bir til o`ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm deyiladi. Unli tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Masalan, hozirgi o`zbek adabiy tilida unli tovushlar 6 ta bo`lsa, boshqa turkiy tillarda 8 ta, 10 ta va undan ham ortiqdir. Bu miqdor rus tilida 5 tani, fransuz tilida 18 tani tashkil etadi. Unli tovushlar bir necha jihatdan tasnif qilinadi. Bu tasniflarni o`zbek tilidagi 6 ta unli fonema (i, e, a, o, u, o`) misolida ko`rib chiqish mumkin. Unlilar dastlab tilning harakati va labning holati (ishtiroki) nuqtai nazaridan turlarga ajratiladi. Tilning harakatida 2 ta hodisa farqlanadi: tilning yotiq (yonlama) harakati; tilning tik (vertikal) harakati. Tilning yotiq harakatida hosil bo`lish o`rniga ko`ra unlilar 2 turga bo`linadi; tiloldi (yoki old qator) unlilari – i, e, a hamda tilorqa (yoki orqa qator) unlilari – o, u, o`. tilning tik harakatiga ko`ra unli tovushlar 3 turga bo`linadi: yuqori ko`tarilish unlilari (i,u), o`rta ko`tarilish unlilari (e,o`), quyi ko`tarilish unlilari (a, o).


Labning holati (ishtiroki)ga ko`ra unlilar 2 ga bo`linadi: lablangan unlilar (u, o`), va lablanmagan unlilar (i, e, a, o). Lablangan unlilar talaffuz qilingan vaqtda lablar faol ishtirok etadi: lab oldinga chiqadi, dumaloq shakl oladi. Lablanmagan unlilar talaffuzida lablar ishtirok etmaydi.
O‘zbek adabiy tili unli fonemalari va ularning tasnifi
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita: i, e, a, u, o‘, o. Unlilar hosil bo`lishida til va lablar faol ishtirok etadi, shuning uchun ular tasnifi uch xususiyatga asoslanadi: tilning oldinga yoki orqaga harakat qilish darajasiga, tilning tanglay tomon ko‘tarilish darajasiga va lablarning ishtirokiga ko‘ra. Shu jihatdan unlilar uch tomondan tasnif qilinadi:
1) tilning gorizontal harakatiga ko‘ra;
2) tilning vertikal harakatiga ko‘ra;
3) lablarning ishtirokiga ko‘ra.
Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra unlilar ikki guruhga bo‘linadi:
1) old qator unlilar: i, e, a;
2) orqa qator unlilar: u, o‘, o.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi eng faol a’zo tildir. U unlilarni talaffuz qilishda oldinga yoki orqaga qarab harakat qiladi. Masalan, i, e, a ulilarini hosil qilishda til oldinga siljiydi, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda orqaga tortiladi.
Tilning vertikal harakatiga ko‘ra unlilar uch turga ajratiladi:
1) yuqori (tor) unlilar: i, u;
2) o‘rta (keng) unlilar: e, o‘;
3) quyi (keng) unlilar: a, o.
Unlilar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko‘tarilishi va tushishi vertikal harakat sanaladi. Bu harakat tufayli og‘izning ochilish darajasi har xil bo‘ladi. Masalan, i, u unlilarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi va og‘izning ochilish darajasi tor bo‘ladi; a, o unlilarini hosil qilishda esa til tanglaydan uzoqlashadi va til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq keng bo‘ladi.
Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar ikkiga bo‘linadi:
1) lablangan unlilar: u, o‘, o;
2) lablanmagan unlilar: i, e, a.
Unlilar talaffuzida lablar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Masalan, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda lablar cho‘chchayadi, i, e, a unlilarini hosil qilishda bunday holat kuzatilmaydi.

Yüklə 106,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə