Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə11/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#163330
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fa-fayllar.org

Nutq tovushlarining tasnifi. 
Nutq tovushlari shovqin va ovozdan hosil bo‘ladi. Ovoz va shovqinning
ishtirokiga ko‘ra tovushlar ikki katta guruh – unli va undoshlarga ajratiladi.
Agar o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi tovush paychalarini titratib o‘tib, og‘iz
bo‘shlig‘ida qarshilikka uchramasa, unli tovushlar hosil bo‘ladi.
Agar o‗pkadan chiqayotgan havo oqimi tovush paychalarini titratish yoki
titratmasligidan qat‘i nazar og‗iz bo‗shlig‗ida qarshilikka uchrasa, unda undosh tovush 
hosil bo‗ladi.
Nutq tovushlari tillarda miqdor va sifat jihatdan bir xil emas.
Unli tovushlar tasnifi. 
Unli tovushlar faqat ovozdan tashkil topgan bo‗ladi, ya‘ni o‗pkadan chiqayotgan
havo oqimi tovush paychalarini titratib o‗tib, og‗iz bo‗shlig‗ida hech qanday
qarshilikka uchramaydi.
Unli tovushlar son va sifat jihatdan tillarda bir xil emas. Ba‘zi tillarda
unlilarning soni ikkita, ba‘zilarida esa 20 dan ortiq. Unli tovushlar umumiy
tilshunoslik nuqtai nazaridan tilning gorizontal holatiga ko‗ra, tilning ko‗tarilishi
darajasiga ko‗ra (vertical harakatiga ko‗ra), tovushlaming qisqa va cho‗ziqligiga
ko‗ra,lablaming ishtirokiga ko‗ra bir-biridan farq qiladi.



19
1. Tilning gorizontal holatiga ko‘ra unlilar uch turga ajraladi:


a) Til oldi unlilari: o‘zbek tilida
[i], [a], [e];
b) Til o‘rta: rus tilida
[
и
]
d) Til orqa:
[u], [o‘], [o] va boshqalar.
2. Tilning ko‘tarilishi darajasiga ko‘ra unlilar 3 turga bo‘linadi;
a) ochiq unlilar: o‗zbek tilida [a], [o]; rus tilida [a] va boshqalar:
b) yarim ochiq (yarim yopiq) unlilar. 
o‗zbek tilidagi [e], [o‗], rus tilidagi [e], [o] va boshqalar;
d) yopiq unlilar: o‗zbek tilidagi [i], [u]; rus tilidagi [i], [i], [u] va boshqalar.
Qisqa va cho„ziqligiga ko„ra unlilar qisqa, cho'ziq unlilarga ajraladi.
Unlilaming bu xususiyatlari dunyodagi barcha tillarga xos emas. Masalan, o‗zbek va
rus tillarida unlilar qisqa va cho‗ziq tovushlarga bo‗linmaydi, lekin nutq jarayonida
unlilarning cho‗ziq yoki qisqa talaffuzi uchrashi mumkin, bunday hol so‗zlarning
ma‘nosini o‗zgartirishga olib kelmaydi. Unlilarga nisbatan qo‗llaniladigan bu o'lchov
tilshunoslikda miqdor belgisi deb yuritilib, cho‗ziq tovushlar maxsus fonetik yozuv -
transkripsiya [:] belgisi bilan yoziladi. Ingliz, nemis tillarida bunday tovushlar mavjud,
masalan: ingliz tilida qisqa [u] va cho‗ziq [u:], qisqa [i] va cho‗ziq [i:] fonemalari bor.
Qiyoslang: \pit] va \pi:t\, \pul\ va \pu:l\.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə