Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi


Ogahiyning badiiy mahorati



Yüklə 311,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix22.01.2023
ölçüsü311,87 Kb.
#99012
1   2   3   4   5   6   7   8
portal.guldu.uz-muhammadrizo ogahiy hayoti va ijodi

Ogahiyning badiiy mahorati
. Ogahiy she‟riyatida inson taqdiriga, hayoti 
mohiyatiga munosabati yaqqol o„z ifodasini topadi. Bu bilan bog„liq ravishda 
komil inson masalasi bosh g„oyaga aylanadi. Shoir merosidagi barcha fikr va 
g„oyalar ishq tuchunchasi bilan chambarchas bog„liq. Ogahiy ham ko„p asarlarida 
zohiran majozni kuylasa-da, aslida botinan haqiqat oshuftasi ekanligini e‟tirof 
etgan: 
Hamisha botinan rog‘ib haqiqat soridur ko‘nglum, 
Nechakim, zohiran da’bi oning mayli majoz o‘lsun. 
Mumtoz adabiyotimizda ishq, Olloh, ochiqlik kabi ulug„ tushunchalar bilan 
ko„ngil tushunchasi hamisha yonma-yon keladi. Chunki inson kamolotga ana shu 
ko„ngil yo„li orqali boradi. Ko„ngil bu Ollohga vatan bo„luvchi maskan. Ko„ngilga 
safar o„zini tanish yo„li. Har bir ko„ngil bir vatan. Unda safarda bo„lish o„zini 
anglash, kamolot hosil qilishdir. Ogahiy bir qit‟asida xuddi ana shu mohiyatni 
tabiat qiyosi bilan teran kashf etib beradi: 
Eyki, zamiringg‘a safo istasang, 
Sayr qilu, qilma sabot ixtiyor. 
Negaki, tag‘yir topar obi sof, 
Doyim agar qilsa chuqurda qaror. 
Ko‘rki, quyosh chobukini sayridin, 
Har kun ochar charx uza ravshan uzor. 
Ya‟ni agar kamolot istasang hamisha ko„nglingga nazar sol. Uni nazorat 
qilib tur. Ko„ngling sari sayru safarda bo„l. Ma‟naviyatingni ravnaq toptir. Negaki, 
toza suv bir chuqur joyda turib qolsa, eskirib yaroqsiz holatga tushadi. Sen esa 
quyoshdan ibrat ol. U doimiy yuqoriga sayru safari tufayli har kun yorug„, tiniq 
yuz bilan uyg„onaveradi. Ushbu qit‟a orqali Ogahiy tasavvuf ta‟limotining “safar 
dar vatan” aqidasini sodda, hayotiy misollar vositasida sharhlab bera olgan.
Ogahiy she‟riyati mazmunan chuqur, falsafiy teran bo„lishi bilan birga 
badiiy jihatdan ham barkamol asarlardir. Uning timsollar olami, tashbehu qiyoslar 
silsilasi o„ziga xos, yangicha. Har bir an‟anaviylik zamiridan yangilik topishga 
intiladi: 
Emas giryon ko‘zimda o‘zlari shaklu xayolikim, 
Kiyiklardurki, suv istab kelibdurlar bulog‘ uzra

Mumtoz adabiyotimizda ko„zni kiyikka o„xshatish yangilik emas. Ammo 
Ogahiy o„zining izlanuvchan uslubidan kelib chiqib, ana shu an‟anaviy qiyosning 


14 
kashf etilmagan jihatini topishga intilgan. Endi ko„zlar oddiy kiyikka emas, balki 
tashnalab suv izlab buloq bochiga kelgan kiyikka qiyoslanadi.
Mumtoz adabiyotimizda yor qoshi ham an‟anaviy tarzda tavsif etiladi. 
Ammo Ogahiy bunga ham yangicha yondashgan. Qoshning shamshir, yoy, mehrob 
kabi ko„plab o„xshatilmishlari ma‟lum. Ogahiy esa buning ham yangi qiyosini 
topadi: 
Jamoli bog‘ining bodomig‘a qasd etkan o‘g‘ridur, 
Xam o‘lmish buki mushkin qoshi ul dilkash qapog‘ uzra. 
Ya‟ni shoir nazaricha jamol, chehra bir go„zal bog„. Ko„z bilan qosh oralig„i 
– qabog„ esa bodom. Qabog„ ustida egilib turgan qosh – bodomni o‟g„irlash uchun 
yashirinib boqqa kirgan o‟g„ri. 
Ogahiy hazrat Navoiy ijodiga katta muhabbat bilan qaragan. Ustozi 
asarlaridan bahramandlik uning iste‟dodini badiiy balog„atning yuqori mavqeiga 
ko„tardi. Buni Ogahiyning o„zi ham mamnunlik bilan e‟tirof etadi: 
Ogahiy, kim topqay erdi sozi nazmingdin navo
Bahra gar yo‘qtur Navoiyning navosidin senga. 
Ogahiy qaysi janrda ijod qilmasin, uni takomillashtirishga, rivojlantirishga 
harakat qildi. Turkiy adabiyotda deyarli qo„llanmagan musulmon sharqi 
adabiyotida mavjud janrlarda asarlar yaratish tajribasini o„z imkoniyatlari doirasida 
sinab ko„rdi. Musovittarafayn janrida yozgan she‟ri shundan dalolat beradi. U 
quyidagicha: 
Ul sho„xki 
ochildi 
xatti 
ruxsori 
Ochildi 
rayohinda 
yuzi 
gulnori 
Xatti 
yuzi 
besabru qarori 
menman 
Ruxsori 
gulnori 
menman 
zori 
Yoki mustazodning Ogahiygacha bo„lgan shakli bilan u tomonidan yozilgan 
mustazodlar solishtirilganda ham, shoirning ijodiy imkoniyatlari juda yuqori ekani 
ayon bo„ladi. Qiyoslash uchun shoirning an‟anaviy va ijodiy yo„lda yozilgan ikki 
mustazodi matla‟iga murojaat qilamiz: 
Hajring tunida qolmisham, och, ey mahi tobon, 

Yüklə 311,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə