Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi



Yüklə 311,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix22.01.2023
ölçüsü311,87 Kb.
#99012
1   2   3   4   5   6   7   8
portal.guldu.uz-muhammadrizo ogahiy hayoti va ijodi

 
Zaruriy adabiyotlar: 
1. В.Абдуллаев, Ўзбек адабиёти тарихи. 2-китоб, Т.: 1980. 
2. Ўзбек адабиёти тарихи, Ака.нашр. 5 томлик 4-том. Т.: 1978. 
3. Огаҳий, Асарлар, 6 жилдлик 1-2-жилдлар, Т.: 1872. 
4. БердиеваМ. МуҳаммадЮсуф Рожий Хоразмий. Даври. Ҳаёти. Адабий 
мероси. – Тошкент: “Муҳаррир”, 2013. 
5. 
Долимов С. Огаҳийнинг ҳаёти ва ижоди: фил. фан. номзоди илмий 
даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Т.: ЎзР ФА ТАИ, 1962. 
6. Мажидий Р. Огаҳий лирикаси – Тошкент: «Фан», 1963. 
7. Муниров Қ. Хоразмда тарихнавислик (XVII – XIX ва XX аср 
бошлари). – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 2002. 
8. Холлиева Г.И. Огаҳий мусамматлари: фил. фан. номзоди... дисс-я 
Афтореферати. – Т.: ЎзР ФА ТАИ, 2000. 
9. Султонова Қ.А. «Огаҳийнинг «Гулшани давлат» асари адабий манба 
сифатида: филол. фан. номзоди... диссертация. – Т.: ЎзР ФА ТАИ, 2000.
10. Шодмонов Н. “Шоҳиду-л-иқбол” – адабий манба. – Тошкент: Фан, 
2009. 
 
MA‟RUZA MATNI 
O„n to„qqizinchi asrning birinchi yarmi o„zbek adabiyoti, xususan Xorazmda 
vujudga kelgan adabiy harakatning eng ilg„or vakillaridan biri Ogahiydir. Alohida 
qayd etish lozimki, Ogahiy o„zining yuksak iste‟dodi, sermahsul ijodiy merosi 
bilan adabiyotimiz tarixida zabardast olim, talantli shoir, yetuk tarixchi, mohir 
tarjimon sifatida alohida o„rin tutadi. 
Ogahiy 1809 yilda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog„ida tavallud topadi. 
Uch yoshlarida otasi vafot etgach, amakisi Shermuhammad Munis qaramog„ida 
tarbiya topadi. Avval maktab, so„ngra madrasa sabog„ini oladi. Turmush talablari 
bilan dehqonchilik qiladi, so„ngra bir oz muddat harbiy xizmatda bo„ladi. 1829 
yilda Munis vafotidan keyin uning o„rniga miroblik lavozimiga tayinlanadi. 
Ogahiy umri Xorazm xonlaridan Muhammad Rahimxon-1, Olloqulixon, 
Rahimqulixon, Muhammad Aminxon, Sayyid Abdullo, Qutlug„murodxon, 
Saidmuhammadxon hamda Muhammad Rahimxon-2 lar hukmronlik yillarida 
kechadi. Ma‟lumotlarga qaraganda, umrining so„nggi yillarini tug„ilgan qishlog„ida 
o„tkazib, 1874 yili 65 yoshida olamdan o„tadi. 
Ogahiy va uning ijodiy merosini o„rganish 1950 yillardan boshlanadi. 1958 
yilda “Tanlangan asarlar”, 1960 yilda “Ta‟vizu-l-oshiqin” devoni nashr etiladi. 
1971-1980 yillarda Ogahiy asarlarining 6 jildligi nashr qilinadi. Shoir ijodiy 
merosini o„rganishda V.Zohidov, G„.Karimov, S.Dolimov, R.Majidiy, 
A.Qayumov, J.Sharipov, F.G„anixo„jayev, Q.Munirov kabi olimlarning alohida 



o„rni bor.
Ogahiy shoir, tarjimon va bilimdon tarixchi sifatida boy ijodiy meros 
qoldirgan. Uni juda ko„p adabiyotshunoslar “Navoiydan keyin eng ko„p va xub 
yozgan ijodkor” sifatida talqin qiladilar. 
Ogahiy she‟riy merosini o„zida jamlagan to„plami uning “Ta‟vizu-l-oshiqin” 
– “Oshiqlar tumori” deb nomlanuvchi devonidir. Uni tuzish 1852 yilda 
boshlangan. Unda 18000 misra she‟ri jamlangan. Shundan 1300 misrasi fors tilida. 
Devonning debochasida aytilishicha ham, boshqa ilmiy adabiyotlarda qayd 
etilishicha ham, “Devon” shoirning barcha she‟rlarini qamrab olmagan. 
V.Abdullayevning ko„rsatishicha, devondagi she‟rlarning aksariyati shoirning 60-
yillardan keyin yaratgan she‟rlaridir. Lekin bu fikr biro z munozarali. 
Hozirda bu devonning 1905 yilda kotib Muhammad Ya‟qub Xarrot 
tomonidan ko„chirilgan bir qo„lyozma hamda 1905 va 1909 yillarda bosilgan 2 ta 
toshbosma nusxalari bo„lib, shular asosida u 1958, 1960,1971– 1972 yillarda kiril 
yozuvida qayta nashr qilingan. 
“Ta‟vizu-l-oshiqin” debochasida aytilishicha, shoir umrining so„nggi o„n 
yilligida Muhammad Rahimxon - Feruzning maslahati bilan bunyod etilgan: “Bir 
necha muddatdin so„ng bir kun faqirga inoyat bila boqib, dilnavozlik yuzasidan 
xitob qilib dedikim, barcha musavvada (qoralama)lardagi, bayozlardagi va o„zga 
yerlardagi parishon bo„lgan she‟rlaringni jam‟ etib, devon suratida tartib bergil va 
anga debocha ham yasab, aytilgan ash‟oringni dog„i hamul devonda o„z mahallida 
guhar yanglig„ tergil. Dedikim, kishidin to qiyomatgacha boqiy qolaturg„on yodgor 
va farzandi saodatosor-yaxshi so„zdur...
Bo„libdur she‟r yaxshilar shiori, 
Jahonda to qiyomat yodgori. 
Kishiga she‟rdin yo„q yaxshi farzand, 
Ki doim boqiy ul farzandi dilband. 
So„zingdur o„zga so„zlardin ziyoda, 
Sango farzand-bizga xonzoda. 
Ravo ko„rma alarga darbadarlik, 
Yetimoso hamisha navhagarlik. 
Alar haqqinda mehr oyinini tuz, 
Vorisin yig„ibon devong„a kirguz. 
Yamon deb solmog„il birni nazardin- 
Ki, farzand o„lg„usi pora jigardin. 
Necha yaxshi aro bo„lg„ay yamon ham, 
Tuman bug„doy aro bo„lg„ay samon ham. 
Agarchi ochilur yuz gul chamandin 
Va lekin chorasi yo„qdur tikandin. 



Alqissa, bu amri sharifni “Alma‟muru ma‟zurun” hadisining muqtazosi bila 
qabul ettim. Necha muddat ko„p mehnat va mashaqqatlar chekib, aksar ash‟orimni 
jam‟ etib, devon suratida bir necha avroq suturig„a bitdim”. 
Ogahiy девони таркибига 18 janrdaгишеъrlar кирgan. Bu janrlar 
quyidagilar: 
1.
G„azallar – 445 ta (shundan 23 tasi forsiy), 4056 bayt; 
2.
Mustazodlar – 3 ta, 24 bayt; 
3.
Muxammaslar – 84 ta, ulardan 10 tasi o„z she‟rlari asosida, Navoiy 
g„azallariga 31 ta, Fuzuliy g„azallariga 8 ta, Munis g„azallariga 7 ta, 
Rojiy g„azallariga 8 ta, Dilovar g„azallariga 2 ta, Feruz g„azallariga 9 ta, 
Amir, Xon, Vazir, G„oziy g„azallariga 1 tadan taxmis yozgan (yana 5 ta 
forsiy muxammas,ulardan 4 tasi Bedil va Amir g„azallariga bog„langan), 
639 band, 3195 misra; 
4.
Musaddaslar – 5 ta, 36 band; 
5.
Murabba‟lar – 2 ta, 24 band; 
6.
Musammanlar – 3 ta, (yana bir forsiy musamman), 27 band; 
7.
Tarje‟band – 1 ta (4 she‟r), 24 band; 
8.
Qit‟alar – 7 ta, 21 bayt; 
9.
Ruboiylar – 80 ta; 
10.
Tuyuqlar – 10 ta; 
11.
Muammolar – 80 ta; 
12.
Chistonlar – 4 ta; 
13.
Masnaviylar – 4 ta, 450 bayt; 
14.
Munojot (forsiy) – 27 bayt; 
15.
Ta‟rixlar – 20 ta, 562 misra; 
16.
Musovittarafayn – 1 ta; 
17.
Bahri tavil – 1 ta, 
18.
Qasida – 19 ta,
Devon tanqidiy matni ustida tadqiqot olib borgan Fathulla G„anixo„jayev 
“Ogahiy klassik poeziyaning 22 turida (janrida – N.Sh) ijod etgan”, degan fikrni 
aytadi, lekin uni asoslamagan. Bundan qat‟i nazar devon hoshiyasiga bitilgan 
she‟rlar hamda Ogahiyning tarixiy asarlarida uchraydigan she‟rlar shoir tomonidan 
qo„llangan janrlar 18 tadan ko„proq ekanini ko„rsatadi. Xususan, tarixiy asarlarning 
bir necha o„rnida keltirilgan 
fard
lar devonga kiritilmagan. Birgina shu dalil janrlar 
sonini 19 taga yetkazadi. 
Devonidaгиғазалlar 7, 9, 11, ba‟zan 15, 17, 23 baytdan iborat. G„azal janri 
rivojida Ogahiyning munosib xizmati bor. U voqeaband, diolog – munozara 
g„azallar yaratib janr imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Yor va oshiq muloqoti 
orqali kichik lirik – dramatik sahna yaratishga erishdi. Qasida janri orqali ham 
chuqur falsafiy – axloqiy xulosalarini, o„gitlarini ifodalashga muyassar bo„ldi. 
Demak, Ogahiy she‟riyati janr nuqtai nazaridan keng qamrovlidir. Mavzu nuqtai
nazaridan yondashadigan bo„lsak ham, bu merosda o„ziga xos rang-baranglikni 
ko„ramiz. Ma‟shuqaning beqiyos husnu jamoli ta‟rifi, oshiqning turli holatdagi 
ruhiy kechinmalari tavsifidan iborat an‟anaviy muhabbat mavzusi, axloqiy-



ta‟limiy, hayotiy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy masala va muammolar Ogahiy uchun 
asosiy mavzu bo„lib qolgan. 
Agar Ogahiy she‟riyatini izchil bir tarzda ko„zdan kechiradigan bo„lsak, ko„z 
o„ngimizda hayotning achchiq-chuchugini totgan, yaxshi-yomon so„qmoqlardan 
o„tgan va bu yo„lda ko„rgan-kechirganlaridan umrboqiy xulosalar yasay olgan 
ogohnuroniy bir kishining qiyofasi gavdalanadi. 
Ana shu qiyofa ba‟zan hayotiy-falsafiy fikrlarini bayon etib, pandu 
nasihatlar qiladi. Sabrni, qanoatni, hayotda ogohlikni pesha qilmoqlik umrimiz 
mazmuni, manguligimiz manbai bo„la olishini uqtirmoqchi bo„ladi. 
Ba‟zan esa u qiyinchiliklar ostida kun kechirayotgan fuqaroning boshini 
saxiylik bilan, muruvvat bilan, futuvvat bilan silamoq istaydi. O„z davrining 
podshoh, bek va amaldorlarini yoxud shunga da‟vat etadi. 
Ba‟zan esa o„zi, shariatni tumor qilgani holda, ayrim shariat peshvolarini 
tanqid qiladi. 
Ko„rinadiki, “har toifaning holig„a loyiq... bir mazmun shohidining xayoli 
xotirim ko„zgusiga zuhur qilsa erdi, gunogun iboratlar bilan rangin nazmlar libosin 
kiydurub... xaloyiq nazarida namoyish berur erdim”, - degan debochada aytilgan 
fikrlarga ishonch hosil qilamiz. 
“Ta‟vizu-l-oshiqin” devoniga shoirning “Ash‟ori forsiy” sarlavhasi bilan 
forsiy tildagi she‟rlari ham kiritilgan. Ular g„azal, muxammas, musamman
munojot, ta‟rix va masnaviylardan iboratdir. Ularning jami 1090 misrani tashkil 
etadi. Forsiyda yozilgan she‟rlar har jihatdan o„zbekcha she‟rlardan qolishmaydi, 
tematik jihatdan mos keladi. 
Ogahiy – tarixnavis. Ogahiyning tarixnavislik ijodiy merosining alohida 
diqqatga sazovor jihati bo„lib, u o„z tarixnavislik faoliyatini Munis tomonidan 
yozila boshlangan “Firdavsul iqbol” asarining 1812-13 yillardan keyingi davrini 
yozish va to„ldirish bilan boshlangan deyish mumkin. Shundan keyin Ogahiy turli 
yillarni qamrovchi 5 mustaqil tarixiy asarni yaratgan: 
1. “Riyozu-d-davla”– 1825-42 yillarda Olloqulixon hukmronligi davrida 
Xorazmda yuz bergan voqealarni bayon qiladi. 
2. “Zubratu-t-tavorix” – 1843-46 yillarda hukmronlik qilgan Rahimqulixon 
davri voqealarini yoritadi. 
3. “Jome‟u-l-voqeoti Sultoniy” – asosan Muhammad Aminxon davri, 
umuman 1846-1855 yillar voqealari bayon qilinadi. 
4. “Gulshani davlat” – 1855-64 yillarda hukmronlik qilgan Sayyid 
Muhammadxon davri voqealariga bag„ishlangan. 
5. “Shohidu-l-iqbol” Muhammad Rahimxon Feruz hukmronligining 1864-
1872 yillari voqealarini o„z ichiga oladi. 



Ko„rinadiki, Ogahiy o„zining bu tarixiy asarlari bilan Xorazmning yarim 
asrdan ortiq tarixini bir butun holda jamlay olgan. Bu asarlar hech shubhasiz 
Xorazm xonligining iqtisodiy-siyosiy hayoti, tashqi va ichki aloqalarini 
o„rganishdagi asosiy va eng muhim manba sifatida ahamiyatlidir. 
Keyingi davrlarda mazkur asarlarni yaratishda Ogahiy badiiy tafakkurining 
o„rni va ishtirokini o„rgangan olimlar ularning o„zbek tarixiy nasri taraqqiyotidagi 
ahamiyati yuqori ekanini e‟tirof qilmoqdalar. Ularning fikricha, har bir qalamga 
olingan voqea yuqori poetik mahorat bilan ifodalangan.
Ogahiyning nasrdagi uslubi Navoiy va Munis ijodining ta‟sirida 
shakllangan. «Shohidu-l-iqbol»da saj‟ orqali badiiy tasvir kamolga yetkazilgan: 
«...anjum lashkarining zarrinkuloh podshohi Hut manzilgohidin nur va ziyo 
markabin nahzat tariqig„a surdi(*) va o„zin yuz nav‟ tajammul(+) va ming turluk 
tahashshum(+) bila Hamal sarostonig„a yetkurdi(*). Navro„zi(x) jahonafro„z(x) 
voqe‟ bo„lub, sig„ir yili kirdi(-) va bahor sultonining adolati fayzi har tarafga 
intishor topib, yer yuziga firdavsi barin gulshanidek tarovatu oro berdi(-). Va abri 
nayson(„) har tarafdin obi hayvon(„) chashmasidek qatraafshon(„) bo„lub, jahon 
xoriston(„)ig„a behisht bog„i nazoratin namoyon(„) qildi… Va otashin gullar... 
hazin bulbullarning g„amgin ko„ngullaridin sabru oromin oldilar(/) va zebo sarvlar 
chamanlar sahnida g„oyatsiz barnolig„ (“) va dilrabolig„(“) bila xiromon bo„lub, 
miskin qumrilarning xasta jonlarig„a ishtiyoq(^) va ehtiros(^) o„tin soldilar(/)». 
Bu yerda 

Yüklə 311,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə