Is’hoqxon Ibrat Asarlari haqida



Yüklə 39 Kb.
səhifə1/3
tarix07.06.2022
ölçüsü39 Kb.
#88974
  1   2   3
Is’hoqxon Ibrat Asarlari haqida-fayllar.org



Is’hoqxon Ibrat Asarlari haqida
Is’hoqxon Ibrat Asarlari haqida
Taqdimot185-o‘zbek tili guruhi talabasi Ag‘ajonova Soliyajon
Qahhorjon Yo‘lchiyeVNING “Is’hoqxon to‘ra ibrat” o‘quv-metodik ko‘rsatmasi asosida Reja:1. Adib ijodiy merosiga e’tibor.2. “Jome’ ul-xutut” asari haqida.3. “Mezon uz-zamon” asari haqida4. Shoir ijodidan namunalar
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 2-noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda Is‘hoqxon Ibrat haqida alohida to‘xtalib, 2.2 gektar yerda adib muzeyi, Ibrat haykali, favvora, bog‘, 160 o‘quvchi o‘rniga ega tillar markazi, “Ibrat maktabi” ni tashkil qilish g‘oaysini ilgari surishdi. Ushbu taklif jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib, To‘raqo‘rg‘on tumanida Is‘hoqxon Ibratga bag‘ishlangan so‘lim bog‘, yodgorlik majmuasi va “Ibrat maktabi” tashkil etilmoqda. Bog‘ odamlarning mazmunli hordiq chiqarishiga qulaylik yaratish bilan ma‘naviy olamini ham boyitadi.
Bu yerda ma‘rifatparvar bobomizning haykali o‘rnatiladi. Muzey Is‘hoqxon Ibratning hayoti, serqirra faoliyati bilan tanishtiradi. “Ibrat maktabi”da yoshlar xorijiy tillarni o‘rganadi. Bularning barchasi yaxlit kompleks sifatida allomaning xalqimiz uchun qilgan buyuk xizmatlarini qadrlash, merosini o‘qib-o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim o‘rin tutadi. Bu yerda ma‘rifatparvar bobomizning haykali o‘rnatiladi. Muzey Is‘hoqxon Ibratning hayoti, serqirra faoliyati bilan tanishtiradi. “Ibrat maktabi”da yoshlar xorijiy tillarni o‘rganadi. Bularning barchasi yaxlit kompleks sifatida allomaning xalqimiz uchun qilgan buyuk xizmatlarini qadrlash, merosini o‘qib-o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim o‘rin tutadi. “Jome’ ul-xutut” (Yozuvlar to‘plami) Ibratning asarlaridan ma‘lum bo‘ladiki, insoniyat tafakkur qilishi, hodisa, narsa, predmetlarni ma‘lum nom bilan nomlashi va yozuv insoniyat taraqqiyotida muhim o‘ringa ega. Shuning uchun olim “Jome‘-ul-xutut” nomli asarida yozuvlar tarixiga alohida to‘xtalib o‘tgan. Asarda ilk yozuvning paydo bo‘lishi va takomili uzoq tarixga egaligi haqida aniq ilmiy fikrlarni ilgari suradiki, bu Ibratning yetuk tilshunos salohiyatidan darak beradi. Yozuv odamlar o‘rtasidagi aloqa vositasi sifatida tilga nisbatan ancha keyin shakllagan. Tilshunoslik fanining bu murakkab sohasida Is‘hoqxon Ibrat ancha mukammal “Jome‘ ul-xutut” (“Yozuvlar to‘plami”) nomli ilmiy asar yaratdi. Bu asarida muallif yozuvlarning eng ibtidoiysi - piktografik yozuvlardan to so‘nggi davr eng mukammal yozuvlargacha bosib o‘tgan taraqqiyot tarixini yoritib berishga harakat qiladi. Olimning mazkur asari katta hajmda - 132 betdan iborat bo‘lib, 1912-yili o‘z bosmaxonasi – “Matbaai Is‘hoqiya”da nashr qilindi. Tilshunoslik fanining bu murakkab sohasida Is‘hoqxon Ibrat ancha mukammal “Jome‘ ul-xutut” (“Yozuvlar to‘plami”) nomli ilmiy asar yaratdi. Bu asarida muallif yozuvlarning eng ibtidoiysi - piktografik yozuvlardan to so‘nggi davr eng mukammal yozuvlargacha bosib o‘tgan taraqqiyot tarixini yoritib berishga harakat qiladi. Olimning mazkur asari katta hajmda - 132 betdan iborat bo‘lib, 1912-yili o‘z bosmaxonasi – “Matbaai Is‘hoqiya”da nashr qilindi. Is‘hoqxon bu asarning yaratilish tarixi, ko‘zda tutgan maqsadi, asarning nomlanishi haqida quyidagilarni yozadi: “Bul xatlarni(ng) boqiy va tariq qarori muddao bo‘lib, ham millatimizga yagona bir tarix qoldirmoq qasdinda va ham olama bir asar qoldirmoq niyat etub, bu misra mujibi: Is‘hoqxon bu asarning yaratilish tarixi, ko‘zda tutgan maqsadi, asarning nomlanishi haqida quyidagilarni yozadi: “Bul xatlarni(ng) boqiy va tariq qarori muddao bo‘lib, ham millatimizga yagona bir tarix qoldirmoq qasdinda va ham olama bir asar qoldirmoq niyat etub, bu misra mujibi: Asardurki olamg‘a o‘lg‘ay nishon, Kishi beasardur ketar benishon, mazmunicha botadvin aylab, royi soqib, arbobi xasm va arbobi fazlu kamollarga manzur qilib, millatga nishon qoldirib ham millatimiz lisoni turkiy uchun umumiy turkiy ilan sartiya xalqini(ng) naf' olmog‘i muddao bo‘lib, adabiyi milliyona qilmay, ravshan turkiy qildim. Millatimiz(ning) forsiylariga ikkinchi tab'ada forsiy qilinur va jami xatlarga jome' uchun “Jome' ul-xutut” tasmiya edub, o‘z xatimiz va o‘z tilimiz va o‘z matbaaimizda tab' qilmoq maqsad bo‘lib, tab'i sharif, ahli raso va qalbi latif, ahli zakolarga peshkash qildim”. Is‘hoqxon Ibratning tilshunoslik sohasida chuqur ilmga ega ekanligi mazkur asarida ham namoyon bo‘ldi. Asarda piktografik yozuvlardan keyin vujudga kelgan eng qadimiy tovush-harf yozuvlari: finikiya, yahudiy, suriya, arab, yunon, fors, slavyan, sanskrit, hind, lotin, arman, gruzin, uyg‘ur va boshqa 40 ortiq yozuvlar, ularning kelib chiqishi, taraqqiyoti haqida ma'lumot beriladi. Biz mazkur kitob ilovalarida adib sanab keltirgan 6 ta yozuv turidan namumalar va muallif qo‘li bilan bitilgan turkiy-arabiy izohlarni keltirganmiz. Ibrat faqat o‘z vatanidagi yozuvlar namunalarini o‘rganish bilan chegaralanmay, arab mamlakatlaridagi qadimiy yozuv madaniyatini ham o‘rgandi. U eramizdan ilgari finikiya xalqlari tomonidan vujudga keltirilgan yozuv yodgorliklarini, Kipr orolidagi g‘orlardan topilgan yozuv qoldiqlarini o‘z asariga jalb etdi. Is‘hoqxon Ibratning tilshunoslik sohasida chuqur ilmga ega ekanligi mazkur asarida ham namoyon bo‘ldi. Asarda piktografik yozuvlardan keyin vujudga kelgan eng qadimiy tovush-harf yozuvlari: finikiya, yahudiy, suriya, arab, yunon, fors, slavyan, sanskrit, hind, lotin, arman, gruzin, uyg‘ur va boshqa 40 ortiq yozuvlar, ularning kelib chiqishi, taraqqiyoti haqida ma'lumot beriladi. Biz mazkur kitob ilovalarida adib sanab keltirgan 6 ta yozuv turidan namumalar va muallif qo‘li bilan bitilgan turkiy-arabiy izohlarni keltirganmiz. Ibrat faqat o‘z vatanidagi yozuvlar namunalarini o‘rganish bilan chegaralanmay, arab mamlakatlaridagi qadimiy yozuv madaniyatini ham o‘rgandi. U eramizdan ilgari finikiya xalqlari tomonidan vujudga keltirilgan yozuv yodgorliklarini, Kipr orolidagi g‘orlardan topilgan yozuv qoldiqlarini o‘z asariga jalb etdi. U o‘z tekshirishlari natijasida quyidagi ilmiy xulosaga keladi: arab yozuvlari nabati xalqi yozuvlaridan kelib chiqqan bo‘lib, VII asrdan boshlab ikki shaklda - kofiy va nash yozuvlari shaklida rivojlangan. Ko‘fiy va nash yozuvlari asosida nisbatan sodda bo‘lgan suls yozuvi yaratildi. Bu haqda muallif quyidagilarni yozadi: “Xatti davrondan suryoniy chiqorib, suryoniydan ko‘fiy chiqorib, ko‘fiydan sulsni, sulsdan ta'liqni, suls ila ta'liqdan nasta'liq kitob xatimizdurki, 900-nchi hijriyda Eronda shahri Tabriz degan baldada Xo‘ja Mir Ali Tabriziy chiqarganlar. Nasx ila ta'liqdan murakkab uchun nasta'liq ism qo‘yganlar. Bu xat Arabistonda joriy emas. Hindiston va Buxoro, Turkiston, Farg‗ona, Koshg‘ar ahli islom oralarida joriydur”. U o‘z tekshirishlari natijasida quyidagi ilmiy xulosaga keladi: arab yozuvlari nabati xalqi yozuvlaridan kelib chiqqan bo‘lib, VII asrdan boshlab ikki shaklda - kofiy va nash yozuvlari shaklida rivojlangan. Ko‘fiy va nash yozuvlari asosida nisbatan sodda bo‘lgan suls yozuvi yaratildi. Bu haqda muallif quyidagilarni yozadi: “Xatti davrondan suryoniy chiqorib, suryoniydan ko‘fiy chiqorib, ko‘fiydan sulsni, sulsdan ta'liqni, suls ila ta'liqdan nasta'liq kitob xatimizdurki, 900-nchi hijriyda Eronda shahri Tabriz degan baldada Xo‘ja Mir Ali Tabriziy chiqarganlar. Nasx ila ta'liqdan murakkab uchun nasta'liq ism qo‘yganlar. Bu xat Arabistonda joriy emas. Hindiston va Buxoro, Turkiston, Farg‗ona, Koshg‘ar ahli islom oralarida joriydur”.
«Dorixona borganda lotincha zarur. Hindistonga xat qilinsa,inglizcha bo‘lmasa olmaydur, Eronistonga fransaviy. Biz turkiston(lik)larga birinchi zarurimiz rusiya xatidurki, muni qozi va mudarrislar inkor qilmaslar. Axbornoma, rapurt yozsalar, mudarrislar bo‘lsa, o‘ruscha biladurgan kishiga oqcha berib, rapurt yozduradurlar, alarga juda zarur. Savdogarlarga Maskovdan mol yozmoqqa zarur hukumat xati bo‘lub, binobarin, ehtiyoji xalqulloh hama jihatdin buni bilmak zarurligi badehiy”.
Bu haqda asarga so‘ngso‘z yozgan muharrir Husain Makayev quyidagilarni ta‘kidlaydi: “Eski osor va eski zamonlardagi millatlarning, xususan, Sharq xalqlarining xat va yozuvlari ila tanushlukni xohlagan ilm va fan havaslilari uchun, xususan, islohi huruf masalalari kabi g‘oyat muhim mubohasalar jarayon etgan bu zamonda ushbu kitobda to‗blanmish necha xil eski yozuvlar bu masalani ayrucha diqqatga sabab bo‘lsalar kerak. Fozil Is‘hoqxon to‘ra hazratlarining ko‘b ijtihodlar sarf etib, vujudga keltirgan bu xat nusxalarining sharhindagi kitobati ila matbaani(ng) ba'zi qusurlaridan qat'i nazar, sanoyi nafisadin bo‘lgan eng eski yozuvlarni bizga umrlikka bir asar qolduruvchi bu kitobning Turkistonda nashr qilinuvi bizning uchun o‘zi bir sharaf deb bilam. Ammo millat uchun ahamiyatlik yoki ahamiyatsizligi haqidagi tanqid va fikrlarni ilm va fan hurmatina ahli qalam, fan suygan odamlarning diqqatlariga topshiram”. Bu haqda asarga so‘ngso‘z yozgan muharrir Husain Makayev quyidagilarni ta‘kidlaydi: “Eski osor va eski zamonlardagi millatlarning, xususan, Sharq xalqlarining xat va yozuvlari ila tanushlukni xohlagan ilm va fan havaslilari uchun, xususan, islohi huruf masalalari kabi g‘oyat muhim mubohasalar jarayon etgan bu zamonda ushbu kitobda to‗blanmish necha xil eski yozuvlar bu masalani ayrucha diqqatga sabab bo‘lsalar kerak. Fozil Is‘hoqxon to‘ra hazratlarining ko‘b ijtihodlar sarf etib, vujudga keltirgan bu xat nusxalarining sharhindagi kitobati ila matbaani(ng) ba'zi qusurlaridan qat'i nazar, sanoyi nafisadin bo‘lgan eng eski yozuvlarni bizga umrlikka bir asar qolduruvchi bu kitobning Turkistonda nashr qilinuvi bizning uchun o‘zi bir sharaf deb bilam. Ammo millat uchun ahamiyatlik yoki ahamiyatsizligi haqidagi tanqid va fikrlarni ilm va fan hurmatina ahli qalam, fan suygan odamlarning diqqatlariga topshiram”.
Yüklə 39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə