O`zbekistondagi dorivor o`simliklar



Yüklə 135,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix27.12.2023
ölçüsü135,64 Kb.
#163542
1   2   3   4   5   6   7   8
be00cf78-6dd9-4116-ae2e-044c2ba1d5e4

Kimyoviy tarkibi. 
O'simlik ildizida 1,7—3,3%, poyasida 0,23— 3,57%, 
bargida 1,07-4,96%, gulida 2,82% vaurug'ida 2,33-6,60% gacha alkaloidlar 
bo'ladi. Alkaloidlar yig'indisidan garmalin, garmin (banisterin), garmalol, 
peganin (vazitsin), dezoksipeganin va boshqa alkaloidlar ajratib olingan. 
Alkaloidlar yig'indisining 50—95% ini (urug'ida) garmalin, 67—74% ini 
(ildizida) garmin, 78% tini (yerustki qismida) peganin tashkil etadi. Urug'ida 
alkaloidlardan tashqari 14,23% yog' va qizil pigment uchraydi. 
Ishlatilishi. 
Isiriq xalq tabobatida qadimdan tutqanoq (quyonchiq) va 
boshqa kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. Shamollash kasalliklari avj 
olgan paytlarda isiriq tutuni bilan bemor yotgan xonalarni dezinfeksiya 
qilingan. 
Ilmiy tibbiyotda isiriqning yerustki qismidan olingan dezoksipeganin 
gidroxlorid preparati nevrit, miosteniya, miopatiya, yarimshollik va miyaning 
ba'zi kasalliklarini davolashda ishlatiladi. 
Bundan oldin ilmiy tibbiyotda isiriqdan ajratib olingan garmin 
alkaloidining gidroxlorid tuzi parkinson (qo'l, oyoq va boshqa yer-larning 
doimo titrab turishi) kasalligini davolashda ishlatilgan. 



 
 
 
 
NA'MATAK MEVASI - FRUCTUS ROSAE (FRUCTUS YNOSBATI) 
O'simlikning nomi. 
XDF siga binoan mahsulot askorbin kislota miqdori 
bo'yicha standart talabini qondira oladigan na'matakning quyidagi 13 ta turidan 
tayyorlanadi: 
Begger na'matagi — Rosa beggeriana schrenk. 
Itburun na'matak— Rosa canina L. 
May na'matagi (dolchinsimon. na'matak) — Rosa majialis Herrm. (Rosa 
cinnamomea L.). 
Tikanli na'matak — Rosa acicularis Lindl. 
Fedchenko na'matagi — Rosa fedtschenkoana Regel. 
Qo'qon na'matagi — Rosa kokanica (Regel.) Regel. ex Jus. va boshqalar. 
Ra'noguldoshlar — Rosaseae oilasiga kiradi. 



Na'matak turlarining bo'yi 2 m ga yetadigan tikanli buta (8-rangli rasm). 
Novdasi egiluvchan bo'lib, yaltiroq, qo'ng'ir-qizil yoki qizil-jigarrang tusli po'stloq 
bilan qoplangan. Bargi toq patli, poyada bandi bilan ketma-ket o'rnashgan. 
Bargchasi (5—7 ta) tuxumsimon shaklli va arrasimon qirrali. Gullari yirik, yakka 
yoki 2—3 tadan shoxlarga o'rnashgan. Guli qizil, pnshti, sariq yoki oq rangli, 
xushbo'y hidli. Guloldi barglari lansetsimon. Kosachabargi va tojbargi 5 tadan, otalik 
va onaliklari ko'p sonli. Mevasi — gul o'rnidan hosil bo'lgan shirali soxta meva. 
Ichida onaliklaridan hosil bo'lgan bir nechta haqiqiy meva — yong'oqchalar bor. 
Yong'oqcha o'tkir uchli, sertuk bo'lib, burchaksimon shaklga ega. 
May oyidan boshlab, iyulgacha gullaydi, mevasi avgust-sentabrda pishadi. 
Na'matak turlari o'rmonlarda, ariq bo'ylarida, butalar orasida, tog'larning quraq 
toshloq yonbag'irlarida va boshqa yerlarda o'sadi. 
Na'matakning ayrim turlari bir-biridan mevasining, novda-po'stlog'idagi tikanning 
rangi, shakli, katta-kichikligi hamda novda-dagi tikanlar 

Yüklə 135,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə