Men Abdurasulov Sardorjon 2023-yil 29-maydan 15-iyulgacha at "Aloqabank"da tanishuv amaliyot o’tadim



Yüklə 258,04 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü258,04 Kb.
#134631
  1   2   3   4   5   6
abdurasulov


Reja:
Kirish________________________________________________________
1.Investitsion loyihalashtirish tushunchasi, mazmuni va asoslari__________
2.Investitsiya loyihasi bo’yicha biznes reja tuzish______________________
3.Investitsiya loyihalarida xarajatlar tahlili____________________________
4.Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari tahlili_______________
5.Investitsiya loyihalarining tashkiliy asoslari__________________________
Xulosa_________________________________________________________
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati___________________________________


Kirish
Men Abdurasulov Sardorjon 2023-yil 29-maydan 15-iyulgacha AT “Aloqabank”da tanishuv amaliyot o’tadim. Ushbu amaliyot davomida men Toshkent Moliya Institutining birinchi bosqich talabasi sifatida o’quv yili mobaynida o’rgangan nazariy bilimlarimni amaliy jihatlari bilan taishinib chiqdim. Ta’kidlash lozimki, mamlakatda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish islohotlari jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda.1 Bunday sharoitlarda mamlakat iqtisodiyotining isloh qilinishi innovatsiya – investitsiya taraqqiyotisiz, yangicha raqobatbardosh asosda asosiy kapitalni yangilamay amalga oshirib bo‘lmaydi. Globallashuv sharoiti mamlakatlar oʻrtasidagi integratsiya jarayonlarini ham jadallashtirib yubordi. Bu surʼatlar ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, sport, qoʻyingki, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida oʻz ifodasini topyapti. Bunday tendensiyalar, albatta, moliya bozorlari, tijorat banklari, moliyaviy mexanizmlar, xususan, investitsiyalar oqimi qiyofalarini mutlaqo oʻzgartirib yubordi. Binobarin, bugun qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritayotgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishayotgani aksiomaga aylanib ulgurdi.
Tijorat banklari investitsion faoliyatida merchent benking ham muhimdir. Sababi, shu asosda kompaniya faoliyatining dastlabki bosqichida aksiyalarga investitsiya qilish (venchur kapital), oʻsish va egalikdagi mulk bazasini restrukturizatsiya qilish maqsadida aksiyalarga investitsiya qilish (xususiy kapital) imkoniyati yaratiladi. Loyihalar moliyasi, yaʼni tuzilmaviy moliyada esa xususiy investitsiya tashabbuslari, aralash, yaʼni davlat va xususiy sektor hamkorligi muhim oʻrin tutadi. Sanoat va moliya tavakkalchiliklarini boshqarish xizmatlari, tavakkalchilikni oʻlchash va qoplash boʻyicha konsalting xizmatlari ham tijorat banklarining investitsion faoliyatida, boshqacha aytganda, ularning investitsion bank ekanligini tasdiqlovchi asosiy parametrlar hisoblanadi. Mamlakatimizda ham tijorat banklarining investitsion siyosatini aynan shulardan kelib chiqib zamon talablariga moslashtirish qatʼiy talab etilyapti. Bunda ularning investitsion faoliyatning maqsadli moʻljallari tizimini tashkil etish va mazkur maqsadlarga erishish usullarini erkin tanlash uchun imkoniyat berilyapti. Institutsional jihatdan qaraganda, bu investitsion faoliyatni tashkil etish va boshqarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda deganidir. Aynan shu nuqtayi nazardan tijorat banklarimizning muayyan faoliyati investitsion aktivlarning muvofiq tarkibi va hajmini taʼminlash, tavakkalchilikning maqbul darajasida aktivlar daromadliligini oshirishga yoʻnaltirilishi kerak. Oʻz navbatida bank resurs bazasini kengaytirish va bank resurslari saqlanishini taʼminlash ham istiqbol maqsadlari qatoridan joy olishi lozim. Shundagina investitsion qoʻyilmalarning likvidliligi, xavfsizligi va daromadliligi hamda oʻsib borishi uchun pragmatik sharoit yaratiladi. Shu oʻrinda investitsiya yoʻnalishida tijorat banklarini ragʻbatlantiruvchi omillar boʻyicha quyidagi takliflarni keltirib oʻtish mumkin: raqobatdagi ustunlikni oshirish, resurs bazasini kengaytirish hisobiga kreditlash hajmini oshirish, kredit portfeli tavakkalchiliklarini diversifikatsiyalash asosida tavakkalchilik darajasini kamaytirish, kredit qaytmasligi tavakkalchiligini kamaytirish. Demak hali oldinda qiladigan ishlar koʻp. Masalan, mamlakatimiz banklarida hamon qisqa muddatli manbalarni qisqa muddatli aktivga yoʻnaltirish koʻlami kattaligicha toʻgʻri kelmoqda. Shunday ekan, tijorat banklarining uzoq muddatli aktivlarga qoʻyilma qilish imkoniyatlarini kengaytirish zarur. Hozirgi kunda respublikamiz banklarining fond bozoridagi operatsiyalari koʻlami kichikligicha qolmoqda. Bu miqyosni tubdan qayta koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. Tijorat banklari likvidlilikni samarali boshqarish, investitsion portfel tarkibini oqilona shakllantirish yoʻlidagi ayrim toʻsiqlarni bartaraf etish davr talabidir.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Odamlarimiz yetarli daromad topishi uchun eng qulay biznes va investitsiya muhitini shakllantirib, yangi-yangi korxonalar va ish joylarini koʻpaytirishimiz zarur. Bu gʻoyat dolzarb ishlarni oʻzimiz qilmasak, hech kim bizga chetdan kelib qilib bermaydi”. Tijorat banklari esa aynan mana shunday muhim jarayonlarning eng faol va uzluksiz ishtirokchisiga aylanishi bugun har qachongidan ham dolzarbdir. Shuni aytish joizki, biz bu amaliyot davomida baholash uchun kerak bo’ladigan dasturiy taminotlar bilan tanishdik, qonunlar, farmonlar, yagona milliy baholash standartlari bilan tanishim chiqdik. Bu bizning bilimlarimizni mustahkamlashga katta yordam berdi, desam adashmayman.
Ishlab chiqarish amaliyoti maqsadi Investitsion loyihalarga xizmat ko’rsatish va moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishi talabalarining mutaxassislik fanlardan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, tegishli ishlab chiqarish jarayonlaridagi texnologiyalarni (ishlarni) bajarish, hamda sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni hosil qilishdan iborat.


  1. Yüklə 258,04 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə