O`zbekistondagi dorivor o`simliklar



Yüklə 135,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix27.12.2023
ölçüsü135,64 Kb.
#163542
1   2   3   4   5   6   7   8
be00cf78-6dd9-4116-ae2e-044c2ba1d5e4

Qo'qon na'matagi. 
Qari shoxlari gunafsha-qo'ng'ir, yoshlari qizil-jigarrang 
po'stloq bilan qoplangan. Tikanlari ko'p, qattiq, tor uchburchaksimon, asos qismi 
kengaygan, biroz egilgan. Gullari 1—2 tadan joylashgan, sariq rangli. 
Kosachabarglarining uchi biroz patsimon qirqilgan, tukli, ustki qismi bezli, 
pishgan mevada yuqoriga qarab yo'nalgan. Mevasi sharsimon, diametri 1,5 
santimetrgacha, qo'ng'ir-jigarrang yoki qariyb qora rangli. O'rta Osiyoning tog'li 
hududlari (G'arbiy Tyanshan, Pomir-Oloy tog'lari) ning o'rta qismigacha bo'lgan 
tog' yonbag'irlarida o'sadi. O'zbekistonning Toshkent, Namangan, Farg'ona, 
Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tog'li yerlarda tarqalgan. 
Mahsulot tayyorlash. O'simlikning mevasi avgust oyi oxiridan boshlab (qizil 
rangga kirgan vaqtda), kech kuzgacha yig'iladi. Bu vaqtda meva tarkibida vitamin S 
ko'p bo'ladi. Sovuq lushganda mevada vitamin S kamayib ketadi. Mevani yig'ayolgun 
vaqtda qo'lga tikan kirmasligi uchun qo'lqop kiyib olinadi. 
Meva quyoshda yoki pechlarda 80—90C da quritiladi. Quritilgan mevalarni 
ishqalab, kosachabarg qoldiqlari tushiriladi. Na'matak mevasi qisman dorivor 


10 
preparallar tayyorlash uchun ho'lligicha tezda (uch kundan oshiq saqlamasdan) 
zavodlarga yuboriladi. 
Mahsulotning 
tashqi 
ko'rinishi. 
Tayyor 
mahsulol 
har xil shakldagi 
(sharsimon, 
tuxumsimon yoki cho'ziq-tuxumsimon) va katta-kichiklikdagi 
(uzunligi 0,7—3 sm, diamelii 0,6—1,7 sm), to'q sariq-qizil yoki to'q qizil rangli 
soxta mevadan iborat. Soxta mevaning uchki tomonida teshikchalari bor 
(gulkosachasidan tozalangandan so'ng hosil bo'ladi). Mahsulotning ustki tomoni 
yaltiroq, burishgan, ichki tomoni esa xira. Yong'oqchalari (haqiqiy mevasi) qattiq, 
sariq rangli, burchakli bo'lib,
 
oq tuklar bilan qoplangan. Mahsulot hidsiz, ustki 
devori nordon-shirin, biroz burishtiruv-chi mazaga ega. 
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Na'matak mevasi kukunini xloralgidrat 
eritmasiga solib qizdiriladi, so'ngra mikros-kop ostida ko'riladi (5-rasm). Meva 
epidermisi bir-biri bilan tutashgan qalin devorli hujayralardan iborat. Mevaning 
yumshoq qismi parenxima liujayralaridan tashkil topgan boiib, bu hujayralar 
ichida qizil tomchilar — pigmentlar va druzlar uchraydi. 
Yong'oqchaning po'sti yog'ochlangan, toshsimon hujayralardan, urug'ining 
po'sti 
esa ikki qavat yupqa hujayralardan iborat. Tuklar ikki xil bo'ladi: birinchi xili juda 
ham yirik, bir hujayrali, silliq, qalin devorli, to'g'ri, dag'al, ikkinchi xili esa 
maydaroq, ko'pincha yupqa devorli, biroz egri-bugri shaklli, bir hujayrali bo'ladi. 
Odatda, kukunda bu tuklar singan holda uchraydi. Urug' yadrosining 
parenximasida moy tomchilari ko'p bo'ladi. 
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida (quruq holda hisoblaganda) 4—6, ba'zan 
18% gacha vitamin C, 0,3 mg % vitamin B
2
, K (1 g mahsulotda 40 biologik birlik 
miqdorida), vitamin P, 12-18 mg % karotin, 18% atrofida qandlar, 4,5% 
oshlovchi moddalar, 2% atrofida limon va olma kislotalari, 3,7% pektin va boshqa 
moddalar bo'ladi. 
XDF ga ko'ra vitamin S butun holdagi mahsulotda 1%, tozalab qirqilgan 
mahsulotda 2%, kukun holidagisida esa 1,6% dan kam bo'lmasligi kerak. 


11 
Na'matak urug'ida moy, ildizi va bargida esa oshlovchi moddalar bor. 
Ishlatilishi. Na'matak o'simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar 
aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va 
oldini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, na'matak mevasi konditer sanoati 
mahsulotlarini vitaminlashtirish uchun qo'llaniladi. 
Na'matak turlarining mevasidan karotolin preparati va na'matak moyi 
tayyorlanadi. Karotolin mevaning yumshoq — etli qismini moyli ekstrakti (tarkibida 
asosan karotinoidlar hamda tokoferollar, to'yinmagan yog' kislotalar va boshqa 
moddalar saqlanadi) bo'lib, tropik yaralar, ekzema, eritrodermitning ba'zi turlari va 
yaralangan shilliq pardalarni davolash uchun surtiladi yoki dokaga shimdirilib, 
shikastlangan joyga qo'yiladi. 
Na'matak moyi maxsus usul bilan mevadan tayyorlanadi. Moyni tropik 
yaralar, dermatozlar (terining turli yallig'lanish va diatez kasalligi), sassiq dimog' 
(ozena), yarali kolit, yotoq va boshqa yara, yorilishlarni davolash uchun ularga 
surtiladi yoki dokaga shimdirilib qo'yiladi. 
Dorivor preparatlari. Askorbin kislota — vitamin S (kukun, draje, tabletka va 
ampulada eritma holida ishlab chiqariladi). Mevadan damlama, ekstrakt, karotolin, 
na'matak moyi va sharbat (ho'l mevadan) hamda tabletkalar (kukunidan) 
tayyorlanadi. 
Meva vitaminli va polivitaminli choy-yig' malar tarkibiga kiradi. Ho'l mevadan yana 
turli 
vitamin 
konsentratlari 
va 
vitaminga 
boy oziq-ovqat mahsulotlari 
tayyorlanadi. Askorbin kislota galoskorbin va boshqa preparatlar tarkibiga kiradi. 
Na'matakning kam miqdorda vitamin S saqlaydigan turi — itburun na'matak 
bo'yi 3 m keladigan katta buta bo'lib, boshqalaridan gulkosachasining patsimon 
qirqilganligi, gullab bo'lgandan so'ng kosachabarglarining pastga qarab yo'nalishi 
hamda meva pishishi oldidan ularning tushib ketishi bilan farq qiladi. Shuning 
uchun ham itburun pishgan mevasining yuqori qismida teshikchalari bo'lmaydi. 
Itburun O'rta Osiyoda, Rossiyaning Yevropa qismida va Kavkazning tog'li 
tumanlarida (tog'dagi suv yoqalarida), o'rmon chet-larida, bog'larda, yong'oq va 
archa o'rmonlarida o'sadi. 


12 
Kimyoviy tarkibi. Itburun mevasi vitamin S ni kam saqlovchi na'matak turlariga 
kiradi. Meva tarkibida 0,2— 2,2 % vitamin C, K, B
2
va P, 4-12 mg % karotin, 
8,09-18,50 % qand, 1,2-3,65 % sof holdagi organik (limon va olma) kislotalar, efir 
moyi, 2,7 % oshlovchi, bo'yoq va boshqa moddalar bo'Iadi. Urug'ida 8,46— 9,63 
% yog' bor. 
Ishlatilishi. Mahsulotdan tayyorlangan preparat - - xolosas, jigar kasalliklari 
(xoletsistit va gepatit) ni davolashda ishlatiladi. 
Dorivor preparati. Zavodlarda mahsulotdan ekstrakt — xolosas tayyorlanadi. 

Yüklə 135,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə