O`zbekistondagi dorivor o`simliklar



Yüklə 135,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix27.12.2023
ölçüsü135,64 Kb.
#163542
1   2   3   4   5   6   7   8
be00cf78-6dd9-4116-ae2e-044c2ba1d5e4

 
 
 



ISIRIQ YERUSTKI QISMI - HERBA PEGANI HARMALAE 
O'simlikning nomi. Oddiy isiriq (adraspan) — Peganum harmala L.; 
tuyatovondoshlar — Zygophyllaceae oilasiga kiradi. 
Ko'p yillik, bo'yi 20—60 sm ga yetadigan o't o'simlik. Ildizi yer ostida 2 m 
gacha joylashgan ko'p boshli o'qildiz. Poyasi bir nechta, sershox, tuksiz 
bo'ladi. Bargi oddiy, chuqur 4—5 bo'lakka ajralgan, kulrang-yashil, 
segmentlari o'tkir uchli, lansetsimon, uzunligi 1—3,5 sm. Poyaning pastki 
qismidagi barglari qisqa bandli, yuqoridagilari bandsiz, poyada ketma-ket 
joylashgan. Qo'shimcha bargi ikkitadan, lansetsimon shaklda. Gullari 
shoxlarining uchki qismida yakka-yakka va bargga nisbatan qarama-qarshi 
joylashgan. Gulkosachasi asos qismigacha 5 ga bo'lingan bo'lib, meva bilan 
birga qoladi. Tojbargi 5 ta, oq-sarg'ish, otaligi 15 ta, onalik tuguni uch xonali, 
yuqoriga joylashgan. Mevasi — sharsimon, uch chanoqli, ko'p urug'li, 
pishganda ochiladigan ko'sakcha. Urug'i mayda, uch qirrali, jigarrang yoki 
qo'ng'ir-kulrang, ustki tomonida mayda chuqurchalari bor. 
Isiriq may-iyun oylarida gullaydi, mevasi — avgustda yetiladi. 
Geografik tarqalishi. 
Issiq sharoitda, aholi yashaydigan yerlarda, cho'l 
va yarimcho'lda, begona o't sifatida ekinlar orasida hamda tog' yonbag'irlarida 
o'sadi. O'rta Osiyo, Qozog'iston, Kavkaz, Ukraina va Rossiyaning Yevropa 
qismining janubida uchraydi. 
Mahsulot tayyorlash. 
Isiriq yerustki qismi o'simlik gullagan vaqtida o'rib 
olinadi va soya yerda quritiladi. Quritilgan mahsulot (ba'zan quritilmagan 
holida ham) zavodlarga alkaloid olish uchun yuboriladi. 
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. 
Tayyor mahsulot poyaning yuqori qismi, 
shoxlar, barg, gullar va qisman meva aralashmasidan tashkil topgan. 



Quritilmagan mahsulot o'ziga xos yoqimsiz hidga ega. Quritilgan mahsulot 
hidsiz, kulrang yoki biroz sarg'ish-yashil rangli va sho'rroq-achchiqroq mazali 
bo'ladi. 

Yüklə 135,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə