O`zbekistondagi dorivor o`simliklar


soni  va joylashishiga qarab  farq qiladi.  May na'matagi



Yüklə 135,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix27.12.2023
ölçüsü135,64 Kb.
#163542
1   2   3   4   5   6   7   8
be00cf78-6dd9-4116-ae2e-044c2ba1d5e4

soni 
va joylashishiga qarab 
farq qiladi. 
May na'matagi 
bo'yi 1—1,5 m ga yetadigan buta. Shoxlari yaltiroq, qo'ng'ir-
qizil rangli po'stloq bilan qoplangan. Shoxlaridagi tikanlari barg bandining asos 
qismida juft-juft bo'lib joylashgan. Bundan tashqari, to'g'ri yoki biroz qayrilgan 
tikanlar shoxlarning pastki qismida juda ko'p bo'ladi. Bargchalarining pastki 
tomonida yopishgan tuklar bor. Bu o'simlik Moldova, Ukraina, Belorus, Boltiqbo'yi, 
Rossiyaning Yevropa qismining o'rmon va o'rmon-cho'l zonasida, G'arbiy va 
Sharqiy Sibirda, Qozog'istonda uchraydi. 
Tikanli na'matak bo'yi uncha baland bo'lmagan buta bo'lib, shoxlari 
qo'ng'irrangli po'stloq hamda ingichka, to'g'ri, dag'al tuklar (tikanchalar) bilan 
qoplangan. Bargining asos qismida 2 ta ingichka tikani bor. Bargchasi tuksiz 
bo'ladi. Bu o'simlik Sibirning ninabargli o'rmonlari, Uzoq Sharq, Tyanshan 
o'rmonlarida hamda Beloras, Boltiqbo'yi, Rossiyaning Yevropa qismining 
shimoliy. tumanlarida uchraydi. 
Begger na'matagi. Shoxlari ko'kimtir rangli, tikanlari yirik, o'roqsimon egilgan, 
asos qismi keng, sarg'ish rangli bo'lib, barg asosida juft-juft boiib joylashgan. 



To'pguli — ko'pgulli, qalqon yoki ro'vak. Kosachabargi butun, o'tkir uchli, 
gullagandan so'ng yuqoriga qarab yo'nalgan. Mevasi mayda, sharsimon, uzunligi 
0,5— 1,4 mm, qizil rangli, pishgandan so'ng gulkosachasi to'kiladi. Natijada meva 
yuqori qismida hosil bo'lgan teshikdan ichidagi yong'oqchalari va tuklari ko'rinib 
turadi. Bu na'matak, asosan, Q'rta Osiyo tog'larining yonbag'irlarida, tog'li 
tumanlarda, ariq va daryo qirg'oqlarida va yo'l yoqalarida o'sadi. Manzarali buta 
sifatida o'stiriladi. 
Fedchenko na'matagi. Yirik, bo'yi 2—3, ba'zan 6 m gacha bo'lgan buta. 
Tikanlari yirik, gorizontal joylashgan, qattiq, asos qismi kengaygan bo'lib, yirik 
shoxlarida ko'plab joylashgan. Murakkab barg bo'lakchalari — bargchalari qalin, 
zangoriroq, tuksiz. Gullari yirik, oq yoki pushti rangli. Mevasi yirik (5 sm gacha 
uzunlikda), etli, to'q qizil, tuxumsimon, cho'ziq tuxumsimon yoki butilkasimon. 
Asosan, O'rta Osiyoda (Tyanshan, Pomir-Oloy tog'larida), tog' yonbag'irlarida 
o'sadi. O'zbekistonning Toshkent, Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryo va 
Surxondaryo viloyatlarining tog'li hududlarida ko'p tarqalgan. 

Yüklə 135,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə