O`zbekistondagi dorivor o`simliklar


QIZILMIYA ILDIZI - RADICES GLYCYRRHIZAE



Yüklə 135,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix27.12.2023
ölçüsü135,64 Kb.
#163542
1   2   3   4   5   6   7   8
be00cf78-6dd9-4116-ae2e-044c2ba1d5e4

 
QIZILMIYA ILDIZI - RADICES GLYCYRRHIZAE 
(RADICES LIQUIRITIAE) 
O'simlikning nomi. Tuksiz (oddiy) qizilmiya (chuchukmiya, shirinmiya) — 
Glycyrrhiza glabra L; dukkakdoshlar — Fabaceae oilasiga kiradi (54-rangli rasm). 
Qizilmiya ko'p yillik, bo'yi 50—100 sm ga yetadigan, yerostki qismi kuchli taraqqiy 
etgan o't o'simlik. Ildizpoyasi ko'p boshli, kalta, yo'g'on bo'lib, hamma 
tomonidan yer os tida gorizontal joylashgan, uchi kurtak bilan tamomlanuvchi 
novdalar va pastga qarab bitta asosiy vertikal o'qildiz o'sib chiqqan. Asosiy 


13 
o'qildizning uzunligi 4—5 m bo'ladi. Poyasi bir nechta, tik o'suvchi, 
shoxlanmagan yoki kam shoxlangan, tukli bo'lib, mayda nuq-tasimon bezlar yoki 
mayda tikanlar bilan qoplangan. Bargi toq patli, murakkab, 3—7 juft 
bargchalardan tashkil topgan. Bargcha ellipssimon, cho'ziq-tuxumsimon yoki 
lansetsimon, tekis qirrali, yopishqoq bezlar bilan qoplangan. Qo'shimcha barglari 
mayda, lansetsimon bo'lib, to'kilib ketadi. Gullari qiyshiq, barg qo'ltig'idan chiqqan 
shingilga to'plangan. Gulkosachasi naychasimon, 5 ta lansetsimon, o'tkir tishli, 
gultojisi oqish-binafsharangli, kapalak-guldoshlarga xos tuzilgan. Otaligi 10 ta, 9 
tasi bir-biri bilan birlashgan, o'ninchisi birlashmagan. Onalik tuguni yuqoriga joy-
lashgan. Mevasi — pishganda ochilmaydigan yoki poyasi qurigandan so'ng 
ochiladigan dukkak. 
Iyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda yetiladi. 
Geografik tarqalishi. Bu o'simlik sho'r tuproqli cho'llarda, cho'Ulardagi ariq, 
kanal va daryo bo'ylarida, begona o't sifatida ekinzorlarda o'sadi. Asosan, O'rta 
Osiyoning cho'l va yarimcho'l tumanlarida, Qozog'iston, Shimoliy Kavkaz, 
Zakavkazye hamda Ukraina, Moldova, Belorus, Rossiyaning Yevropa qismining 
janubida 
uchraydi. 
Mahsulot 
Ural 
daryosining 
vodiysida, 
Dog'iston, 
Turkmanistonda va O'zbekistonda (Amudaryo va Sirdaryo bo'ylarida) hamda 
Janubiy Qozog'istonda tayyorlanadi. 
Mahsulot tayyorlash. Mahsulot yig'ish vaqti yig'iladigan joy iqlimiga qarab 
belgilanadi. Masalan, Uralda may oyidan oktabrga-cha, Dog'istonda martdan 
iyungacha, Turkmanistonda esa oktabr oyidan, kelasi yil apreligacha mahsulot 
tayyorlanadi. Ayni vaqtda ildizlaming 50—75% olinadi, qolganlari yerda, qayta 
ko'payish uchun qoldiriladi. Qayta mahsulot tayyorlash 6—8 yildan so'ng mumkin. 

DF 
ga 
ko'ra, 
tibbiyotda 
qizilmiyaning 
tozalanmagan 
ildizi 
— 
Radix 
Glycyrrhizae 
naturalis 
va 
probka 
qismidan 
tozalangan 
ildizi — Radix Glycyrrhizae mundata ishlatiladi. 
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot probka qismidan tozalanmagan 
va tozalangan ildizdan iborat. Ildiz bo'laklari silindrsimon, har xil uzunlikda, 
yo'g'onligi 5—50 mm va undan oshiq bo'ladi. Ildizpoyaga tutashgan ildiz 


14 
yo'g'onligi ba'zan 15 sm bo'ladi. Tozalanmagan ildizlaming ustki tomoni biroz 
burishgan, qo'ng'ir, tozalangan ildizlaming ustki tomoni esa och sariqdan (I 
nav) qo'ng'ir sariq (II nav) ranggacha bo'ladi. Mahsulotning ichi och sariq rangli 
va sertolali. Mahsulot hidsiz bo'lib, juda shirin mazaga ega. 
Mafasulotning mikroskopik tuzilishi. Sovuq usul bilan yumsha-tilgan ildizni 
ko'ndalangiga kesib, preparat tayyorlanadi. 
Mikroskopni kichik obyektivida ko'riladigan preparat xlor-rux-yod eritmasi, 
katta obyektivida ko'riladigani esa floroglutsin eritmasi hamda xlorid kislota 
yordamida bo'yaladi (19-rasm). 
Ildiz ko'ndalang kesimida tashqi tomondan probka bilan qoplangan bo'lib 
(probka qismi qirib tashlanmagan bo'lsa), ichkarisida po'stloq parenximasi va 
floema joylashgan. Ildiz markazidan po'stloq tomon ko'p qatorli o'zak nur 
hujayralari o'rnashgan. Po'stloq parenximasida va o'zak nur hujayralarida 
ko'pgina yumaloq shakldagi kraxmal donachalari bo'ladi. O'zak nur hujayralari 
oralig'idagi floemada o'z funksiyasini va hujay-ralik shaklini yo'qotgan, 
qalinlashgan elaksimon naylar hamda guruh bo'lib joylashgan ko'pgina lub 
tolalar (stereidlar) uchraydi. Floema bilan ksilema o'rtasida kambiy joylashgan. 
Ksilemada juda katta va traxeid bilan o'ralgan suv naylari va guruh holidagi 
sklerenximalar bor. 
Parenxima, o'zak nur hujayralari xlor-rux-yod eritmasi ta'-sirida ko'k rangga, 
suv naylari, stereidlar, sklerenximali tolalar esa floroglutsin va xlorid kislota 
ta'sirida qizil rangga bo'yaladi.
Uzunasiga kesilgan preparatda har xil suv naylari ko'rinadi. Ular ichida 
bochkasimon suv nayi (teshigi hoshiyali) qizilmiya o'simligi ildiziga xos. Floema va 
ksilemada qalin devorli va uchi o'tkir, kristalli hujayralar bilan qoplangan 
sklerenxima tolalari guruh-guruh bo'lib uchraydi. 
Qizilmiya 
o'simligining 
ildiz 
kukuni 
xloralgidrat 
eritmasi 
yordamida 
mikroskop ostida ko'riladi. Bu kukunda kristalli hujayralar bilan qoplangan 
tolalar guruhi va bochkasimon suv naylarining bo'lakchalari hamda kraxmal 


15 
donachalarini saqlovchi parenxima hujayralari borligi kukunning xarakterli 
belgisidir. 
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 24% gacha glitsirrizin (uch asosli glitsirrizin 
kislotaning kaliy va kalsiy tuzi) bo'ladi. Glitsirrizin glikozidlarga o'xshash modda 
boiib, triterpen saponinlarga kiradi. U qandga nisbatan 40 marta shirin, 
gidrolizlanganda qand o'rnida ikki molekula glukuron kislota (shuning uchun 
haqiqiy glikozid emas) hamda bir asosli glitsirretin kislota (aglikon) hosil qiladi. 
Qizilmiya ildizida yana 28 taga yaqin (4 % atrofida) flavonoidlar (likviritin, 
likviritozid, glabrozid va boshqa glikozidlar hamda ularning aglikonlari), 2—4% 
achchiq modda, triterpenoid-oleanan, vitamin C, asparagin, 6—34% kraxmal, 20% 
gacha mono- va disaxa-ridlar, pektin va boshqa moddalar bor. 
Qizilmiyaning yerustki qismi flavon glikozidlarga boy. Fla-vonoidlardan 
tashqari, yerustki qismi tarkibida yana saponinlar, efir moyi, oshlovchi va boshqa 
moddalar bor. 
Ishlatilishi. Qizilmiya o'simligining preparatlari nafas yo'llari kasallanganda 
balg'am ko'chiruvchi, surunkali qabziyatda esa yengil surgi dori sifatida ishlatiladi. 
Ildizidan tayyorlangan dorivor prepa-ratlar — glitsirram astma, ekzema, allergik 
dermatit va boshqa kasalliklarda qo'llanadi. 
O'simlik preparatlari hamda glitsirrizin va glitsirretin kislotalari organizmdagi 
suv-tuz almashiuvini tartibga solish hamda dezok-sikortikosteroidlarga o'xshash 
ta'sirga ega. 
Ildizdan olingan flavonoidlar yig'indisi — likviriton yallig'-lanishga, spazmga 
qarshi va antiseptik vosita sifatida hamda me'da va o'n ikki barmoq ichak yara 
kasalligini davolash uchun ishlatiladi. 
Qizilmiya 
kukuni, 
qirqilgan 
ildizi va quruq ekstrakti far-matsevtika 
praktikasida hab dori tayyorlashda asos sifatida hamda miksturalar, choy-yig'malar 
ta'mini yaxshilash uchun ishlatiladi. 
Qizilmiya ildizidan oziq-ovqat sanoatida (pivo, limonad va kvasslar ta'mini 
shirin qilish uchun) va texnikada (o't o'chiradigan ko'piruvchi suyuqlik tayyorlash 
uchun) keng foydalaniladi. 


16 
Dorivor preparatlari. Quruq ekstrakt, quyuq ekstrakt, sharbat, glitserram, 
likviriton (tabletka holida chiqariladi) va flakarbin preparatlari, ildiz kukuni 
murakkab qizilmiya kukuni, ko'krak kasal-liklarida ishlatiladigan eleksir, qirqilgan 
(maydalangan) ildiz bo'lakchalari esa ko'krak va bavosil kasalligida ishlatiladigan 
hamda siydik haydovchi va ich yumshatuvchi choy-yig'malar tarkibiga kiradi. 
Tibbiyotda oddiy qizilmiya bilan bir qatorda, kimyoviy tarkibi bo'yicha bir xil 
bo'lgan Ural qizilmiyasi o'simligi ham ishlatiladi. 
Ural qizilmiyasi — Glycyrrhiza uralensis Fisch. o'simligining mevasi o'roqsimon 
qayrilgan, ko'ndalangiga g'adir-budur bo'lib, bezlar va bezli tikanchalar bilan 
qoplangan. 
Bu o'simlik Sibirda, Qozog'istonda (Sirdaryo va Balxash ko'li atrofida) va 
O'zbekistonda (Sirdaryo bo'yida) ko'p bo'lib, shu tumanlarda tayyorlanadi. 
O'simlikning yerostki qismi tarkibida 3,2—15,3% glitsirrizin, oz miqdorda 
triterpen saponin — uralenoglukuron kislota (gidrolizlanganda aglikon — 
oksiglitsirretin — uralen kislotaga va bir molekula glukuron kislotaga parchalanadi), 
4,3% gacha flavonoidlar, 11% gacha qand, kraxmal va boshqa moddalar, yerustki 
qismi tarkibida 3,3% gacha flavonoidlar va boshqa birikmalar bor. 

Yüklə 135,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə