2- ma`ruza. Talab va taklif tahlili asoslari. Reja: Talab va uning qonuni



Yüklə 80,36 Kb.
səhifə1/6
tarix27.12.2023
ölçüsü80,36 Kb.
#162547
  1   2   3   4   5   6
2 ma`ruza Talab va taklif tahlili asoslari Reja Talab va uni


2- MA`RUZA. TALAB VA TAKLIF TAHLILI ASOSLARI.
Reja:



  1. Talab va uning qonuni.

  2. Taklif va uning qonuni.



1. Talab va uning qonuni.
Taklif va talabni iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish, juda ko`p va keng muammolarni hal qilishda universal vosita bo`lib xizmat qiladi. Bunday muammolarga quyidagilar kirishi mumkin: jahondagi iqtisodiy sharoitlar o`zgarishining mahsulot ishlab chiqarishga va uning samaradorligiga ta`siri; narxlarni nazorat qilish bo`yicha davlat tomonidan ko`riladigan chora-tadbirlarni baholash; iqtisodiy rag`batlantirish va minimal ish haqini belgilash; soliqlarning, subsidiyalarning, importga qo`yiladigan poshlinaning, ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar faoliyatining chegaralashlarning umumiy iqtisodiyotga ta`siri va hokazo. Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o`rganish, ularning grafiklarini tahlil qilishdan boshlandi. Ma`lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o`rnatiladi hamda muvozanatni ta`minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o`rnatiladi. Lekin, qanday qilib, narx va mahsulot hajmi talab va taklifning ba`zi bir xarakteristikalari bilan bog`langan? Qanday qilib ular vaqt bo`yicha o`zgaradi va qanday qilib ularga umumiy iqtisodiy faollik, ish haqi xarajatlari ta`sir qiladi? Nima uchun talab va taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va boshqa) bo`yicha farq qiladi? Nima uchun ba`zi bir bozorlarda tovarlar tanqis va hokazo savollarga javob berish uchun talab va taklifning diagrammasini qarashdan boshlaymiz (3.1-rasm).



2.1-rasm. Talab va taklif chiziqlari.

Ordinata o`qi bo`yicha bir birlik mahsulotning narxi ko`rsatilgan (so`mda). Abtsissa o`qi bo`yicha berilgan vaqt oralig`ida talab qilingan va taklif qilingan mahsulot hajmi ko`rsatilgan. Taklif chizig`i (supply) qancha miqdorda va qanaqa ishlab chiqarish narxida tovarning bozorda sotilishi mumkinligini ko`rsatadi. Taklif chizig`i qancha yuqoriga ko`tarilsa, shuncha narx yuqori bo`ladi va shunga ko`p firmalar mahsulot ishlab chiqarib, sotish imkoniyatiga ega bo`ladilar.


Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da`vat etadi, bozorga yangi firmalarni o`z mahsuloti bilan kirib kelishini ta`minlaydi, ular ishlab chiqargan yuqori xarajatli rentabel bo`lmagan mahsulotlari yuqori narxda rentabel bo`ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig`ida intensiv bo`lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi.
Talab chizig`i (Demand) iste`molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig`ining pastga ketishi, iste`molchilarning narx qancha past bo`lsa, ular shuncha ko`p mahsulot sotib olishini anglatadi. Past narxlar, xaridorlarga yanada ko`proq miqdorda tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste`molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga imkon yaratadi.
Bu ikki egri chiziq talab va taklifning muvozanat nuqtasida kesishadi. Muvozanat bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif bir-biriga teng bo`ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat mahsulot miqdorini bildiradi. narx muvozanat narx bo`lganda, taklif qilinadigan va talab qilinadigan tovar miqdori bir-biriga teng bo`ladi . Bu nuqtada tovar tanqisligi ham, ortiqcha tovar ham bo`lmaydi. Bozor sharoitlarini o`zgarishi talab va taklif muvozanatini buzilishiga olib keladi, lekin bozorda, o`z o`zidan avtomatik ravishda, muvozanatni tiklash tendentsiyasi mavjud.
Bunday holatni tushunish uchun quyidagi ikki holni qaraymiz:
Faraz qilaylik, narx muvozanat narxdan yuqori bo`lsin ya`ni (3.1-rasm). Bu holda ishlab chiqaruvchilar, iste`molchilar sotib olishi mumkin bo`lgan miqdordan ko`proq mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladi. Natijada ortiqcha mahsulot to`plana boshlaydi, mahsulot to`planishini kamaytirish yoki ularni sotish uchun ishlab chiqaruvchilar narxini kamaytirishi lozim bo`ladi. Bu holda narx pasayadi, mahsulotga talab esa o`sadi, bu o`z navbatida taklif qilinadigan mahsulotning miqdorini kamayishiga olib keladi, bunday holning takroran davom etishi toki muvozanat narx o`rnatilguncha davom etadi. Agar boshlang`ich narx, masalan muvozanat narx dan past bo`lganda, yuqoridagiga teskari holat yuzaga keladi. bo`lganda, tovar tanqisligi rivojlana boshlaydi, nima uchun deganda narxda iste`molchilar qancha miqdorda tovar xohlasa, shuncha miqdorda sotib olaolmaydi. Talab va taklif grafigidan ko`rinib turibdiki, narx bo`lganda talab ga teng bo`lsa, taklif ga teng, ya`ni , talab qondirilmaydi. Bunday holat narxning o`sishiga olib keladi. SHunday qilib, iste`molchilar mavjud tovarlarni sotib olish uchun bir-biri bilan raqobatlasha boshlaydi, ishlab chiqaruvchilar bunga narxni oshirish bilan va ishlab chiqarishni kengaytirish bilan javob beradi. Natijada narx yana o`zining muvozanat holatiga ga erishadi. Bu erda biz har bir narxga ma`lum miqdorda mahsulot to`g`ri keladi va sotiladi hamda u yagona deb faraz qilamiz. Bu faraz, bozor erkin raqobatlashgan bo`lgandagina ma`noga ega bo`ladi, qachonki bunday bozorda sotuvchi va xaridor bozor narxiga ta`sir qila olmaydi. Agar taklif yagona ishlab chiqaruvchi (monopolist) tomonidan belgilansa, narx bilan, taklif qilinadigan mahsulot miqdori o`rtasidagi moslik bir qiymatli bo`la olmaydi. Nima uchun deganda, monopolist talabning o`zgarishiga qarab, narxni o`z foydasiga moslashtirib o`zgartirishi mumkin. Shu sababli biz talab va taklif chizig`ini chizganimizda, bozor erkin raqobatlashgan deb faraz qilamiz.



Yüklə 80,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə