O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

 
 
 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasi o‘quv predmeti sifatida
 
Matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o‘quvchilarni 
umumiy tizimda o‘qitish va tarbiyalash vazifasini qo‘yadi. 
Umumiy metodika boshlang‘ich sinf matematikasining mazmunini va tizim-
liligini aks ettiradi, har bir bo‘limni o‘qitishning o‘ziga xos xususiy metodlarini 
o‘rgatadi. 
Xususiy metodika matematika o‘qitishning asoslangan metodlarini va o‘qitish 
formalarini, shuningdek o‘quv faoliyatini tashkil qilish yo‘llarini ko‘rsatadi. 



Ma’lumki o‘qitish tarbiyalash bilan o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. Ushbu metodika 
o‘qitishni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borish yo‘llarini o‘rgatadi. 
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi bir necha fanlar bilan cham-
barchas bog‘liqdir. 
1) O‘qitish asosi bo‘lgan matematika bilan; 
2) Pedagogika; 
3) Psixologiya
4) Boshqa o‘qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ...). 
Boshlang‘ich matematika o‘qitish kursi o‘quv predmetiga aylangan. 
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasining o‘qitish vazifalari: 
1) ta’lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi, 
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berishi kerak; 
3) o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo‘llarini o‘rgatishi kerak; 
4) ta’limni insonparvarlashtirish; 
5) matematika o‘qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o‘zining qadr-
qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko‘rsatib beradi; 
6) o‘qitish metodikasi I–IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan V–VI sinf 
matematikasi mazmuni bilan bog‘lab o‘qitishni ko‘rsatadi. 
Boshlang‘ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo‘yilgan 
“o‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foyda-
lanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga, kasb-
hunarga yo‘naltirish, kasblarni ongli tanlashga o‘rgatish” kabi vazifalarni hal qi-
lishda yordam berishdan iborat. 
Shunday qilib, boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi matematika bosh-
lang‘ich kursi matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgila-
nadi: 
1.Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi. 
2.Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi. 
3.Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi. 
Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazi-
falarni qo‘yadi: 
a) o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu 
bilimlar matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot ber-
ishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak. 
Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan bilimlarn-
ing ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning asosiy 
metodlarini egallashlari lozim.
b) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish lo-
zim bo‘ladi; 
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida nutq madaniyatini 
to‘g‘rishakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish ma-
lakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak. 
d) o‘quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga 
o‘rgatish. 



Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qilish 
xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi. 
Boshlang‘ich matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi 
vazifalarni qo‘yadi: 
a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. 
b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy 
fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuni-
yatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir. 
d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni 
shakllantirish. 
Matematika darslarida o‘rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular 
orasidagi qonuniyatlar o‘quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi. 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga 
quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda 
uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, 
o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mus-
tahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish, 
b) matematika o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foyda-
lanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning jadvallar 
va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratil-
gan. 
d) o‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish. 
O‘quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini 
ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek
og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak. 
O‘qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o‘quvchilarning 
o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni 
amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o‘quvchilardan og‘zaki 
so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik 
vositalar 
yordamida 
sinash 
kabi 
usullardir. 
Didaktikada 
dars 
turiga, 
o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog‘liq ravishda nazoratning u yoki 
bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, 
nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan. 
Boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitish metodikasida mustaqil va nazorat 
ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari 
yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masala-
larining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari bosh-
lang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish 
uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli mak-
tab uchun mo‘ljallangan) o‘qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa 
nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir. 
Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun 
umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materi-



allar tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror 
usulini bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, 
balki uni to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.
Matematika o‘qitish metodikasida “o‘quv materialini o‘zlashtirilish darajasi” 
tushunchasining mazmuni to‘la ochib berilmagan.O‘qituvchilar uchun 
qo‘llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga mos 
kelishini aniqlashga imkon beradigan mezonlar aniq emas. 
Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri boshqal-
aridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik mate-
riallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida 
qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha 
metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday o‘rgatuvchi 
mashina o‘qituvchining intuisiyasini, ya’ni hissiyotini almashtira olmaydi. 
Shunday qilib, didaktik materiallarni o‘quvchilarning o‘quv materialini 
o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan 
birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o‘qituvchi uchun eng yaxshi usul 
bo‘lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o‘qituvchini 
o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan in-
dividual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu 
umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə