12
Masalan, arifmetik amallarni o‘qitishdan oldin uning aniq mohiyati ochiladi,
keyin amalning xossalari, keyin komponentlar orasidagi bog‘lanish, keyin amal
natijasi, oxirida amallar orasidagi bog‘lanish beriladi.
6. Asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o‘zaro bog‘lanishda
beril-
gan.
Masalan, qo‘shish asosida ko‘paytirish keltirib chiqarilgan.
Boshlang‘ich matematika kursi o‘z tuzilishi bo‘yicha o‘z ichiga olgan, arif-
metik, algebraik va geometrik materialdan iborat qismlarni .
Boshlang‘ich matematika kursida arifmetik materialning konsentrik joylashuvi
saqlanadi.
Ammo, amaldagi dasturda konsentrlar soni kamaytirilgan: o‘nlik, yuzlik,
minglik, ko‘p xonali sonlar. Shuni ham aytish kerak, material shunday katta
guruhlashganki, unda o‘zaro bog‘langan tushunchalar, amallar, masalalarni qarash
vaqt jihatdan yaqinlashtirilgan.
Arifmetik amallarning xossalari va mos hisoblash usullarini o‘rganish bilan bir
vaqtda arifmetik amallar natijalari bilan komponentalari orasidagi bog‘lanishlar
ochib beriladi. (Masalan, agar yig‘indidan qo‘shiluvchilardan biri ayrilsa, ikkinchi
qo‘shiluvchi hosil bo‘ladi.) Komponentlaridan birining o‘zgarishi
bilan arifmetik
amallar natijalarining o‘zgarishi kuzatiladi.
Algebra elementlarini kiritish, chuqur, tushunilgan va umumlashgan
o‘zlashtirish maqsadlariga javob beradi: tenglik, tengsizlik, tenglama, o‘zgaruvchi
tushunchalari konkret asosda ochib beriladi.
1-sinfdan boshlab sonli tengliklar va tengsizliklar (4=4, 6=1+5,
2<3, 6+1>5, 8-3< 8-2 va hokazo) qaraladi.
Ularni o‘rganish arifmetik materialni o‘rganish bilan bog‘lanadi va uni chuqur-
roq ochib berishga yordam beradi.
2-sinfdan boshlab (x+6)-3=2 va h.k ko‘rinishdagi tenglamalar qaraladi.
Тenglamalarni yechish, oldin tanlash metodi bilan, so‘ngra
amallarning na-
tijalari bilan komponentlari orasidagi bog‘lanishlarni bilganlik asosida bajariladi.
O‘zgaruvchi bilan amaliy tekshirish o‘quvchilarning funksional tasavvurlarini
egallashlariga imkon beradi.
Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan tan-
ishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik
qonuniyatlarni, bog‘lanishlarni ko‘rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan,
to‘g‘ri to‘rtburchakning teng kvadratlarga bo‘lingan ko‘rsatmali obrazidan
ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasini bog‘lanishi ochib foydalaniladi...).
1-sinfdan boshlab to‘g‘ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko‘pburchaklar va ularn-
ing elementlari, to‘g‘ri burchak va hokozo kiritilgan.
O‘quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, katakli
qog‘ozga sodda yasashlarni o‘rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma
va siniq chiziq uzunligini, ko‘pburchak perimetrini, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat
va umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish malakasini
egallab olishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: