O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

2. Kuzatish metodi.
Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qi-
lish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok qi-
lishdan iborat. Kuzatish metodidan o‘quv-tarbiya ishining u yoki bu sohasidagi 
ishning qanday borayotganini o‘rganish uchun foydalaniladi. Bu metod o‘qituvchi
va o‘quvchilarning faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik
material to‘plash imkonini beradi. 
Kuzatish vaqtida tadqiqotchi o‘quv jarayonining odatdagi borishiga 
aralashmaydi. Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlangan reja asosida uzoq yoki yaqin 
vaqt oralig‘ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlar, sodir bo‘layotgan 
voqealar, jihozlar kuzatish kundaligiga qayd qilinib boriladi. 
Kuzatish tutash yoki tanlama bo‘lishi mumkin. Тutash kuzatishda kengroq 
olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o‘quvchilarning 
bilish faoliyatlari), tanlama kuzatashda kichik-kichik hajmdagi hodisalar (masa-
lan, matematika darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi. Qaror 
yozish yoki kundalik yuritish kuzatishni qayd qilishning eng sodda metodidir.
Ammo kuzatishlarni qayd qilishning eng ishonchli metodi texnik vositalar, video, 
foto va kinosyomkadan, teleekrandan foydalanishdir. 
Foydalaniladigan kuzatish metodlaridan biri ilg‘or pedagogik tajribani 
o‘rganish va umumlashtirishdan iborat. Bu metoddan muvaffaqiyatli foyda-
lanishning majburiy asosiy sharti shundan iboratki, o‘qituvchilar tajribasining 
tavsifi qo‘yilgan tadqiqot vazifasiga javob beradigan bo‘lishi kerak (bizning 
mamlakatimizda ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishga doir katta ish olib 
borilmoqda. Bu tajribaning umumlashtirilishi ilmiy-amaliy konferensiyalarning 
va pedagogika o‘qishlarining materiallari to‘plamlarida, monografiyalarda va 
jurnal maqolalaridaaxboroy tehnologiyalarini qo‘llash jarayonida o‘z aksini top-
moqda). 
3. Tajriba
Tajriba - bu ham kuzatish bo‘lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomoni-
dan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‘zgartirib turiladigan sharoitda 
o‘tkaziladi. Pedagogik Tajriba o‘qitishning va tarbiyalashning u yoki bu usulining, 
ko‘rsatma – qo‘llanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda qo‘llaniladi. 


15 
Tajriba o‘tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo‘lgan masala-
larni aniq ifodalab olishi, bunday masalalarni hal qilinishi maktab amaliyotida va 
pedagogika fani uchun ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Tajriba o‘tkazishdan oldin 
tadqiqotchi o‘rganish predmeti bo‘lmish masalaning nazariyasi va tarixi bilan, 
shuningdek, shu soha bo‘yicha amaliy ish tajribasi bilan tanishib chiqadi. 
Тadqiqotda ilmiy farazni o‘rni katta ahamiyatga ega. Butun tajribani tashkil qilish 
ilmiy farazni tekshirishga yo‘naltiriladi. U material to‘plash yo‘larini belgilash 
imkonini beradi, tadqiqotchining faktik materialda chalkashib ketishiga yo‘l 
quymaydi. 
Tajriba natijalarini tahlil qilish, taqqoslash metodi bilan o‘tkaziladi. Buning 
uchun ikki yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o‘quvchilar tar-
kibi bo‘yicha tayyorgarlik darajalari va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha imkoni 
boricha bir xilda bo‘lishi kerak. Bir xil sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus 
ishlab chiqilgan tajriba materiali bo‘yicha ish bajariladi. Тaqqoslash uchun nazo-
rat sinflari tanlanadi, bu sinflar o‘quvchilar tarkibi, ularning bilim darajalari
bo‘yicha taxminan tajriba sinflarga teng kuchli bo‘lishi kerak, bu sinflarda ma-
tematika tajriba sinflarda qo‘llaniladigan metodlar, vositalar va boshqalar 
qo‘llanilmaydi. 
Tajriba natijalari haqida obektiv ma’lumotlar olishning boshqa usullaridan ham 
foydalaniladi: 
1. Tajriba-sinov o‘tkaziladigan sinflarda boshlang‘ich shartlar nazorat sinfi-
dagiga qaraganda bir muncha eng qulayroqdir; agar tajriba sinflarda bunday sha-
roitlarda yaxshi natijalar olingan bo‘lsa, masalani tajriba hal qilishi o‘zini oqlagan 
hisoblanadi; 
2. O‘quvchilarnig tarkibi taxminan bir xil bo‘lgan ikkita sinf olinadi; tadqiq 
qilinayotgan masalaning yangi yechimi shu sinflarning bittasida qullaniladi
so‘ngra boshqa mavzu materiallarida ikkinchi bir sinfda qo‘llaniladi; agar bunday 
qo‘llanishdagi yangi metod, usul yaxshi natija bersa, bu usul, metod o‘zini oqlagan 
bo‘ladi. 
Tajribani boshlashdan oldin, uning oraliq bosqichlarida va oxirida hamma sinf 
o‘quvchilarining bilimlari tekshiriladi. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida 
tadqiq qilinayotgan metodning, usulning va h.k. samaradorligi haqida xulosalar 
chiqariladi. Tajriba-sinov o‘tkaziladigan sinflardan olingan sifat va miqdoriy na-
tijalarni tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi. Miqdoriy kattaliklarni aniqlashning 
turli xil usullari (o‘zlashtirilishi bo‘yicha, to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarni
taqqosdash va h.k.) mavjud. Keyingi vaqtlarda shu maqsadda variasion statistika 
metodlaridan har xil hisoblash texnikasi va kibernetik vositalardan foydala-
nilmoqda. Ba’zi muhim qoidalarni tajribaviy tekshirish ommaviy Tajriba yo‘li bi-
lan amalga oshiriladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə