O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Bolalar bog‘chasida va boshlang‘ich sinflarda matematika fani o‘rgatilishi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

Bolalar bog‘chasida va boshlang‘ich sinflarda matematika fani o‘rgatilishi 
orasidagi uzviylik.
 
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
1,2,3,16,17,18,19,20, 
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish vazifalari va bolalar 
bog‘chasida arifmetika asoslarini tarkib toptirish, miqdor, makon va zamonga oid 
tasavvurlarni rivojlantirish o‘qitishning asosiy shartidir. 
Har bir mashg‘ulotda tarbiyachi mavzu mazmunining asosiy masalalari va uni 
darsda ishlash metodikasini ochib beradi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, beri-
layotgan tavsiyalar, odatda, bolalarga berilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar
mashqlar, savollarning tipik namunalaridir. Bunday mashqlar sonini o‘qituvchi 
sinf bilan ishlashning aniq shart-sharoitlarini hisobga olib, mustaqil ravishda
aniqlashi kerak. 
Katta guruhladi bolalar o‘qitishda didaktik ko‘rsatma materiallardan keng foy-
dalanish xarakterlidir. Amaliy ishlar, ko‘rgazma tashkil qilish bilan bog‘liq 
bo‘lgan topshiriqlar ham namunalar sifatida qaralishi mumkin. O‘qituvchi ularga 
o‘zida bo‘lgan ko‘rsatma-qo‘llanmalarni hisobga olib tuzatishlar kiritishi mumkin. 
Ko‘pchilik hollarda tavsiya etilayotgan og‘zaki mashqlar materialini o‘qituvchi 
turli variantlarda berishi, ba’zan esa sinfning tayyorgarligiga qarab almashtirishi 
ham mumkin. O‘qituvchi tavsiya etilayotgan didaktik o‘yinlarga ham ijodiy yon-
dashish kerak. Bunda o‘yinlarni o‘tkazishda foydalaniladigan, har bir 
mashg‘ulotning aniq vazifalarini hisobga olib, o‘zi o‘yinlardan foydalanishi mum-
kin. 



Тayyorlov guruhlarda matematikani o‘rgatish metodikasi 
Bolalar bog‘chasining tayyorlov guruhi bir haftada ikkita, bir yilda 72–74 
mashg‘ulot o‘tkazish rejalashtiriladi. 
Mashg‘ulotlar sentabrdan may oyining oxirigacha har biri 25–30 minutdan 
o‘tkaziladi. 
Mashg‘ulotlarda didaktik o‘yinlar, ko‘rgazmali materiallardan keng foydala-
niladi. 
Bolalar mashg‘ulotlarga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi tal-
ablarga rioya qilishi lozim: 
1. Dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtirib olishi. 
2. Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlash. 
3. Bolalar faoliyatini o‘zgartirib turishga va ularning qiziqishlariga e’tibor qi-
lish. 
4. Mashg‘ulot o‘rtasida harakatli o‘yinlar o‘tkazishni rejalashtirish. 
5. Mashg‘ulot davomida bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish. 
6. Bolalarning xilma-xil javoblarini rag‘batlantirish. 
Dastur materialini mashg‘ulotlarga taqsimlashda bolalarning bilim va
ko‘nikmalariga, ularning tayyorgarligiga e’tibor berish lozim. 
Maxsus atamalarni to‘g‘ri qo‘llay bilish katta ahamiyatga ega. Masalan, son va 
raqam tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak. 
«Qaysi son katta, qaysinisi kichik” deb so‘raladi. (qaysi raqam katta deyish 
mumkin emas.) 
Mashg‘ulotda hamma bolalarning faol ishtirok etishlariga erishish maqsadida 
har bir bolaning oldida tarqatma materiallar bilan bir qatorda signalli kartochkalar
bo‘lishi tavsiya etiladi. 
Bunda hamma bolalar o‘rtoqlarini javobini diqqat bilan eshitishga harakat qi-
ladilar, intizom buzilmaydi, shu bilan bolalarni test sinovlariga tayyorgarlik ham 
hisobga olinishi lozim. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə