Qudratov Muhriddin hba-83



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#137890
  1   2   3   4   5   6   7
soliq maruza

Qudratov Muhriddin HBA-83





Oraliq nazorati-1

1. Quyidagi tushunchalarga ta’rif bering? foyda, sof foyda, daromad, renta, dividend, royalti.

2. Foyda solig‘i stavkalari va soliq “yuki” qanday bog‘lanishda ekanligini izohlang.

3. Aylanmadan olinadigan soliq amaliyotining SWOT tahlilini amalga oshiring.

4. Foyda solig‘i amaliyotida eksportni rag‘batlantirishga oid imtiyozni izohlang.

5. Masala: Korxonaning soliq to‘lagunga qadar foydasi 6,65 mlrd so‘m, shundan eksportdan foyda 3,1 mlrd. so‘m. Dividendlar – 0,8 mlrd. so‘m. To‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘ini hisoblang.

Javoblar

1. Quyidagi tushunchalarga ta’rif bering? foyda, sof foyda, daromad, renta, dividend, royalti.

Foyda- tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. F. pulda ifodalanadi. F. bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. F. kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. F. topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi. Amaliyotda F. (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W). F. 3 omilga bogʻliq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i sh, natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi F. ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har birining narxi (R)ga bogʻliq (D=QP); v)xarajatlar miqdori.

Sof foyda-Sof foyda – bu korxona balansidagi barcha xarajatlar: ishlab chiqarish, soliq, xodimlarning ish haqi va to'lovlar qoplaganidan keyingi ortib qolgan daromad. Oddiy qilib aytganda, bu kompaniyaning mahsulot sotishdan tushgan tushumi va ishlab chiqarish tannarxi o'rtasidagi farqdir.Sof daromad biznesning rentabelligini aks ettiradi. U biznes qanchalik samarali ekanligini ko'rsatadi. Ma'lum bir biznesni “davom ettirishga arziydimi yoki yo'qmi, uni yopish yaxshiroqmi?” kabi savollariga fakt bilan javob beradi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə