O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


O‘qitish metodi tushunchasi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

 
O‘qitish metodi tushunchasi.



13 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsadlari quyidagilar: 
umumta’lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi. Bu maqsadlar bir-biri 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. 
1. Ta’lim maqsadi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi.
a) o‘quvchilarga matematik bilimlar tizimidan, bilim, malaka ko‘nikma berish; 
b) haqiqiy olamni matematik metodlar bilan o‘rganish; 
v) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirishni, uning sifatli
bo‘lishini ta’minlash; 
g) o‘quvchilarga matematikadan shunday bilimlar berishni ta’minlashi kerak-
ki, bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, ko‘nikmalari ortib 
borsin. 
2. Тarbiyaviy maqsad. Matematika o‘qitish o‘quvchilarni sabotlilikka, 
tirishqoqlikka, puxtalikka, o‘z fikri va xulosalarini nazoarat qila olishga, ayniqsa, 
kuzatish, asosida aytiladigan fikrlarning ravon bo‘lishiga erishish kerak. Miqdor-
lar orasidagi bog‘lanishni ifodalash uchun matematikada simvollar ishlatiladi.
Mana shu matematik til rivojlanishi kerak. O‘qituvchining vazifasi simvolik tilda
ifodalangan matematik fikrni ona tiliga ko‘chirishga o‘rgatishdan iborat 
bo‘lmog‘i kerak.
Bilishga intilish, mustaqil ishdan qanoat hosil qilish tuyg‘ularini tarbiyalashi 
kerak. Matematika fanini o‘qitishning o‘zi o‘quvchilarda diqqat va fikrni to‘play 
bilishni tarbiyalaydi. 
O‘qituvchi quyidagilarni ta’minlashi kerak: 
a) o‘quvchi moddiy olamdagi bog‘lanishlarni, miqdorlarning o‘zgarishini, bir-
biri bilan aloqasini anglay olishi; 
b) o‘quvchilarning matematikani o‘rganishga astoydil qiziqishini ta’minlash;
d) mehnatga, vatanga insonlarga bo‘lgan munosabatini tarbiyalash, estetik did 
hosil qilish; 
g) o‘zbek millatining tarixi, jumladan, matematika o‘qitilishi tarixiga bo‘lgan
dunyoqarashni tarbiyalash; 
d) o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini va matematik madaniyatini tarbiya-
lash; 
3. Amaliy maqsad. Matematika o‘qitishdan kuzatilgan amaliy maqsad – 
o‘quvchilar olgan bilimlarni, amalda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat. Olingan 
bilimlarni sonlar va matematik ifodalar, nuqtalar ustida bajariladigan amallarga 
tatbiq qila bilish, har xil masalalarni yechishda foydalana bilishga o‘rgatish. Bu 
bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo‘llay bilishga 
o‘rgatishdir. 
O‘qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalari-
dan biri. 
Shunday qilib o‘qitish metodlari o‘zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi 
uchta asosiy vazifani bajaradi. 
O‘qitish metodlaridan, ta’limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga mos 
keladiganlariga ongli tanlab olish uchun oldin hamma o‘qitish metodlarini tas-
niflashni o‘rganib chiqish zarur. 


14 
 1. Ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma’lumot. 
Pedagogik tarbiyalashga oid 
ish tajribalarni o‘rganmay va umumlashtirmay, pedagogik jarayonini chuqur
tadqiq qilmay turib pedagogikani rivojlantirib bo‘lmaydi. Hozirgi ta’lim-tarbiya 
pedagogikani ilmiy bilishning umumiy metodi bilan qurollantiradi, ammo boshqa 
har qanday fan kabi pedagogika fanining ham xususiy tadqiqot metodlari mavjud. 
Ilmiy tadqiqot metodlari - bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni, aloqal-
arni o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish 
usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o‘rganish, suhbat va 
so‘rovnomalar o‘tkazish, ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. 
So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, model-
lashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda. 
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasida butun pedagogik tadqiqotlarda
qo‘llaniladigan metodlarning o‘zidan foydalaniladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə