O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

2. O‘quvchilarning o‘quv matematik faoliyatiga rahbarlik qilish. 
Darsda o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘qitadi, o‘quvchilar esa o‘qiydi degan fikrni 
boshqa so‘zlarda quyidagicha ifodalash mumkin: o‘quvchilar, uquv, malaka va 
bilimlarni egallaydilar, o‘qituvchilar esa bilimni egallash jarayoniga rahbarlik qi-
ladilar. 
Bu rahbarlik o‘qituvchining o‘quvchilar o‘quv faoliyatini tashkil qilishdan ibo-
rat bo‘ladi. Buning uchun o‘qituvchi kerakli material tanlaydi, uni ma’lum ketma-
ketlikda joylashtiradi, o‘quvchilarga bilim manbalarini tavsiya qiladi, 
o‘quvchilarning o‘zlashtirish bo‘yicha faoliyatini tashkil etadi, bilimni 
o‘zlashtirish jarayoni qanday o‘tishini nazorat qiladi. 
O‘quvchilarning matematik bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni qiyin jarayondir. 
Buni matematik tushunchalarning vujudga kelishini haqqoniy anglagandagina 
to‘g‘ri tushunish mumkin.
«Matematika bilimlar va uning haqiqatligi bizning atrofimizda turgan 
narsalarning mavjudligiga, uni kuzatish va tajribalarga bog‘liq emas, kuzatish va 
tajriba bizga faqat sonlar va geometrik tushunchalarning hosil bo‘lishiga mayl 
bag‘ishlaydi. Lekin haqiqatni tasavvur qilishga asosan matematik tushunchalar 
bizdan tashqaridagi narsalarning xossalarini aks ettiradi. Son tushunchasi yoki fig-
ura tushunchasi bizdan tashqaridagi narsalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan. 
Matematik tushunchalarning vujudga kelishini bunday tushunish yosh maktab 
o‘quvchilarining tashqi olam obektlariga xos bo‘lgan fazoviy shakl, miqdoriy 
munosabatlarni o‘rganishlarni tarbiyalaydi. 
Bola hali maktabga kelmasdan turib o‘yin bilan ish ko‘radi-yu to‘plamdan un-
ing ayrim elementlarni axtaradi, elementlarni to‘plamga birlashtiradi, to‘plamlarni 
yig‘adi, to‘plamdan uning qismini ajratadi, to‘plamlarni taqqoslaydi, teng sonli 
to‘plamlarni ajratadi.
Narsalar to‘plami bilan olib borilgan hamma shu kabi amaliy harakatlar va
kattalar bilan doimiy aloqa natural son tushunchasining shakllanishiga olib keladi. 
Kublardan, g‘ishtlardan, loylardan, har xil «yasashlarni» bajarish, rasm va 
boshqa shu kabi faoliyatlari ularga shakl, o‘lchov, predmetlarning o‘zaro joylash-
ishlari bilan tanishishiga imkon beradi. Bu esa geometrik tushunchalarning 
shakllanishida asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, bolalar boshlang‘ich matematik bilimlarni, o‘zlarining katta 
bo‘lmagan shaxsiy tajribalarida, mustaqil lekin kattalar bilan munosabatning ta’siri 
bo‘lgan holda egallaydi.
O‘qituvchi bolalarning bilimlarini aniqlaydi, ularni to‘ldiradi va shu 
poydevorga yangi bilimlarni o‘zlashtirishni tashkil etadi. Yangi bilimlarni bunday 
egallash, yangi fakt va tushunchalarni kuzatish asosida mustaqil ishlashi, 
shuningdek, kishilar tomonidan ishlangan bilimlarni egallash bilan olib borish 
mumkin. Bunda yangi bilimlarni egallash yangi va oldingi bilimlar orasidagi tari-
flangan tushunchalar va yangi faktlar orasidagi qarama-qarshiliklarni hal qilish 


26 
asosida boradi. Тushunchalar o‘quvchi ongida o‘zgarishsiz qolmasdan ular shaklan 
o‘zgaradi, rivojlanadi.
Masalan: o‘quv va hayotdagi amaliy tajribalar asosida predmetlar to‘plamini 
taqqoslash, solishtirish, kesmalar uzunligini solishtirish, shuningdek, masalalar 
yechish orqali bolalar asosiy belgilarni o‘zlashtirib oladi: ayirma ayirishdan kelib 
chiqadi va bir sonning ikkinchi sondan qancha ortiq yoki kamligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, o‘quvchilarning o‘qituvchi rahbarligida bilimlarni egallash ja-
rayonini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin.
I. Bolaning shaxsiy hayotiy tajribasi va oldin egallagan bilimlari.
II. Maktabda tashkil qilingan tajriba: kuzatish, laboratoriya va boshqa amaliy 
ishlar.
III.To‘plangan tajriba, kitoblarda bosilgan bilimlar.
IV. Bilimlarni o‘quv - amaliy va hayotiy - amaliy ishlarda qo‘llash. 
5. 
O‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati orasidagi moslik.
 
O‘quvchilarning bilim olishlari va o‘qituvchining unga rahbarligini 
quyidagicha ko‘rsatish mumkin. 
O‘qituvchining faoliyati: 
O‘quvchilar faoliyati: 
1. O‘quvchilarning bili-
mini 
so‘rash, 
suhbat, 
hisoblash, 
masalalar 
yechish uchun amaliy top-
shiriqlar berish asosida 
o‘quvchilar 
bilimini
aniqlash. 
2. Ko‘rgazmali qurol va 
vositalarni namoyish qilish 
va kuzatishni tashkil qilish. 
3. 
Suhbat, 
tushunti­­rishlarni 
bog‘lagan holda bilimlarni 
bayon qilish, kitob bilan 
ishlashni uyush-tirish. 
4. Mashqlarni uyush-
tirish: 
o‘quvchilarning
o‘quv - amaliy va hayotiy - 
amaliy ishlarini tashkil et-
ish. 
5. So‘rash va amaliy ish-
larni bajarish bo‘yicha
topshiriq berish yo‘li bilan
o‘quvchi-larbilimini tek-
1. O‘qituvchi savollari-
ga 
javob 
berish, 
o‘lchash, hisoblash, ma-
salalar 
yec-hish 
yordamida topshiriqlar 
bajarish. 
2. Òavsiya qilingan 
o‘bekt-lar ustida ku-
zatish, tahlil, sintez, 
taqqoslash, 
umumlashtirish, deduk-
tiv xulosalar chiqarish. 
3. O‘qituvchining bay-
onini 
tinglash 
kitob 
o‘qish, faktlarni umum 
lashtirish va eslash. 
4. Egallangan bilimlarni
amaliy ishlarni ba-
jarishga qo‘llash, oldin 
egallangan bilimlarni 
o‘zgargan 
sharoitda 
qo‘llash. 
5. O‘qituvchining savol-
lariga 
javob 
berish,


27 
shirish. 
amaliy ishlarni bajarish. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə