O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə144/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
Общая педагогика-fayllar.org

Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun
belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli
O‘z-o‘zini baholash – mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil
qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari – o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora
qilishlari, turli o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini
ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qo‘llaniluvchi
usullar.
O‘rgatish – tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini
shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy
ishlar
O‘qituvchi (pedagog) – pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari
bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega
hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs



206
O‘qish – ma’lum usullar yordamida tashkil etilgan bilimlarni o‘rganish


jarayoni; o‘quvchilar tomonidan o‘quv faoliyati usullarini egallab olishga
yo‘naltirilgan faoliyat
O‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar
mazmuni, umumiy vaqtning mavzularni o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlanishi,
mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish darajasini
yorituvchi me’yoriy hujjat
O‘quv rejasi – ta’lim muassasida o‘qitiladigan o‘quv fanlarining tartibi,
ularning o‘quv yili bo‘yicha taqsimlanishi, har bir o‘quv faniga ajratiladigan
haftalik va yillik o‘quv soatlari, shuningdek, o‘quv yili tuzilishini belgilovchi
me’yoriy hujjat
O‘quv fani – ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh, idrok etish
imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki
mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni
ta’minlovchi manba

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə