O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Metodika (fan sifatida) – xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi Mehnat tarbiyasi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə138/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Metodika (fan sifatida) – xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganadi
Mehnat tarbiyasi – shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda
mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat
yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan
pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi
Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni
Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush
tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi
Oilaviy munosabatlar – ota-onalar (yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul
bo‘lgan shaxslar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil
etiluvchi munosabatlar
Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar)
tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk,
sog‘lom etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon
Oliy ta’lim – o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki
bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etiladigan hamda
mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga
oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi
Oraliq nazorat – o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob
yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari
darajasini aniqlash, baholash shakli
Pedagogika (yunoncha “paidagogike”, “paidagogos”-bola etaklayman) – ijtimoiy
tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga
muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va
muammolarini o‘rganadigan fan



202


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə