O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə142/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
Общая педагогика-fayllar.org

Ta’lim shakli – ta’lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) – o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar
(tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlik
Tiflopedagogika (yunoncha “typhlos”-ko‘r) – ko‘rish qobiliyati buzilgan
bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish muammolarini o‘rganuvchi
fan; korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi.
Test – aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy
ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Topshiriq – o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba
ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul
Tushuntirish – o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma,
taqqoslash asosida bayon qilish
To‘garak – o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish
maqsadida sinfdan yoki maktabdan tashqari sharoitda uyushtiriluvchi
qo‘shimcha ta’lim shakli
Usul – muayyan o‘quv materialini o‘zlashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy
ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim
elementlaridan foydalanish
Fuqarolik tarbiyasi – fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali
o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni
xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi
Shaxsni ijtimoiylashtirish – uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor
me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o‘zlashtirishdan iborat ijtimoiy
hayotga jalb etish jarayoni
Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə