Zoologiya umurtqasizlar sinov test



Yüklə 35,81 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü35,81 Kb.
#123975

ZOOLOGIYA UMURTQASIZLAR SINOV TEST

1. Chala o`zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarni belgila.


1)qo`ng`iz 2)kapalak 3)ninachi 4)ari 5)suvarak 6)pashsha 7)burga 8)chigirtka 9)chumoli 10)qandala
A 1.2.4.6.7.9 B 3.5.7.8.10
C 1.2.4.6.9 D 3.5.8.10

2.O‘rgimchakka xos bo‘lmagan xususiyat keltirilgan qatorni aniqlang.


A) nerv sistemasi qorin nerv zanjiridan iborat
B) qon aylanish sistemasi yopiq, nerv sistemasi qorin nerv zanjiri,osti va ustki halqumusti nerv tuguni
C) o‘pkasi varaqsimon o‘simtali
D) qon aylanish sistemasi ochiq

3. Ayirish sistemasi qorin bo’shlig’ida joylashgan ingichka va uzun malpigi naychalari iborat hayvonni yuragi qayerda joylashgan?


A) boshko’krakning orqa tomonida
B) qorin bo’limida, ichagining ustida
C) tanasining orqa tomonida
D) qorin bo’limida, ichagining ostida

4. Karam kapalagi qurtiga xos to’g’ri fikrni aniqlang?


A) yosh qurt dastlab oq sariq rangda bo’ladi
B) og’iz organi kemiruvchi tipda
C) g’umbagi pilla ichida rivojlanadi
D) orqa va yon tomonida bir necha qator sariq va oq dog’lari bo’ladi

5. Kulrang o’laksani sistematik birlikka birlashtiring.


A) ko’lrang o’laksa-yirtqich-qushlar-umurtqali
B) ko’lrang o’laksa-tangachaqanotli-hasharot-umurtqasiz
C) ko’lrang o’laksa-tangachaqanotlilar-sudralib yuruvchi-umurtqali
D) ko’lrang o’laksa-ikki qanotli-hasharot-umurtqasiz

6.Quyidagi o‘rgimchaksimonlar bilan ko‘zlarining soni juftlab ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni toping?


1) butli o‘rgimchak 2) falanga 3) chayon;
a)8 b)12 c)2
A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-a, 2-c, 3-b

7. Koloroda qo`ng`izi(a),hasva qandalasi(b) va temirchak(c) ning birinchi juft qanotlari uchun xos bo`lgan xususiyatni aniqlang.


1.yelpig`ichsimon 2.pardasimon 3.uzun va ensiz
4.keyingi qismi yupqa va shaffof 5.xitinlashgan ustki qanot 6.o`simtaga ega 7.uzun va enli
A.a-5; b-2; c-3; B. a-6; b-4; c-7;
C. a-1; b-6; c-2; D.a-5; b-4; c-3;

8.Quyidagi hasharotlarning qaysi birlari tangachaqanotlilar turkumiga mansub emas?


A) poliksina, maxaon B) zorka, podalariy
C) podalariy, kulrang satir D) trixogramma, gabrobrakon

9. Sanchib so`rivchi xartum(1),spiralsimon xartum (2), naysimon xartum(3) va yalovchi xartum (4) ga bo`lgan hayvonlar qaysi turkumga mansubligini aniqlang.


a.ikki qanotlilar b.pardaqanotlilar c.tangachaqanotlilar
d.o`rgimchaksimonlar e.kanalar
A.1-e; 2-c; 3-d; 4-a B.1-e; 2-c; 3-b; 4-a
C.1-d; 2-b; 3-b; 4-a D.1-a; 2-b; 3-c; 4-d

10.Quyida bеrilgan hasharotlarning og‘iz aparati qanday tuzilganligi to‘g‘ri bеrilgan javobni toping. 1) asalari; 2) kapalak; 3) bеshiktеrvatar; 4) uy pashshasi, a) kemiruvchi; b) sanchib-so‘ruvchi; c) kеmiruvchi-so‘ruvchi; g) so‘ruvchi; d) yalovchi


A) 1-c; 2-g; 3-b; 4-a B) 1-g; 2-a; 3-v; 4-d
C) 1-c; 2-g; 3-a; 4-d D) 1-b; 2-d; 3-g; 4-v

11.Kapalaklarning lichinkasiga xos belgilar to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang.


a) tanasi bo‘g‘imlarga bo‘lingan, og‘iz apparati kemiruvchi;
b) tanasi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, og‘iz apparati so‘ruvchi; c) ko‘krak bo‘limida uch juft haqiqiy oyoqlari bo‘ladi; d) qorin bo‘limida besh juft soxta oyoqlari bo‘ladi; e) ko‘krak bo‘limida besh juft haqiqiy va qorin bo‘limida uch juft soxta oyoqlari bo‘ladi; f) soxta oyoqlari yo‘g‘on, bo‘g‘imlarga bo‘linmagan; j) haqiqiy oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘linmagan
A) b, e,j B) a, e, f С) а, с, d,j D) a, c, d, f

12.Chigirtka va tut ipak qurti uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating?


A) lichinka va voyaga yetgan organizmning hayot kechirishi o‘xshash
B) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi
C) lichinka to‘rt marta tullaydi
D) lichinkasi soxta va haqiqiy oyoqlarga ega

13. Butli o`rgimchakda (I), daryo qisqichbaqasida (II) jinsiy bez qayerda joylashgan? 1) ichak ostida 2) ichak ustida


A) I-1; II-2; B) I-2; II-1; C) I-1; II-1; D) I-2; II-2;

14. Ikki juft mo’ylovga ega hayvonlarga xos to’g’ri fikrni aniqlang?


A) traxeyasi orqali nafas oladi
B) ayirish sistemasi bitta yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat
C) muskullari organlar atrofida to’p-to’p bo’lib joylashgan
D) yuragi jabradan orqaroqda joylashgan

15.Hasharotlar qon aylanish sistemasiga xos bo‘lmagan xususiyatlarni ko‘rsating?


1) Qon alanish sistemasi ochiq tipda 2) yuragi naysimon 3) qoni kislorod tashiydi 4) qoni kislorod tashimaydi 5) yuragi boshko‘krak qismida joylashgan 6) 6 juft yurak teshikchasi mavjud 7) yuragi qorin qismida joylashgan 8) qon aylanish sistemasi soddalashgan
A) 2,3,6 B) 1,2,4,7 C) 2,4,7,8 D) 3,5,6

16.Faqat traxеya orqali nafas oladigan hayvonlarni bеlgilang.


1) yashil tеmirchak 2) qora chirildoq 3) zaxkash, 4) butli o‘rgimchaq 5) bo‘ka, 6) chigirtka, 7) dafniya,
8) mita, 9) tut ipak qurti 10) eshakqurt, 11) krеvеtka
A) 1,2,3,4,5.6 B) 1,2,5,6,8,9
C) 1,3,6,7,8,9 D) 3,6,7,9,10,11

17. Bo`kaga xos bo`lgan xususiyatlarni belgilang.


1.tashqi ko`rinishi chivinga o`xshaydi 2.tashqi ko`rinishi pashshaga o`xshaydi 3.yozda uy hayvonlariga tinchlik bermaydi 4.uy hayvonlarining mahsuldorligini pasaytiradi 5.qoramollar terisida parazitlik qiladi 6.otlar bunida parazitlik qiladi 7.qo`ylarning burnida parazitlik qiladi 8.otlar oshqozonida parazitlik qiladi 9.cho`l mintaqalarida ko`p uchraydi 10.hayvonlar terisini jag`lar yordamida teshib qon so`radi
A 1.3.4.6.9.10 B 2.3.4.9.10 C 2.4.5.7.8 D 2

18.Mozaika ko‘rish xos bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating?


1) eshakqurt 2) qandala 3) biy 4) falanga 5) qoraqurt 6) temirchak 7) langust 8) chayon
A) 1,2,6,7 B) 3,4,5,8 C) 1,2,5,6 D) 3,5,7,8

19.Oq kapalak qo‘nganda qanotlari qanday taxlanadi?


A) qanotlari tanasining ikki yoniga yoyilib turadi
B) оrqa qanotlari oldingi qanotlari ostida taxlanib turadi
C) qanotlari tanasi ustida tik bo‘lib taxlanadi
D) oldingi qanotlari ostki qanotlari ostida taxlanib turadi

20.Yashil bronza qo'ngizining yurish oyoqlaridagi bo'g'imlar sonini aniqlang?


A) 5 B)15 C)30 D)40
21. Ona ari qaysi xususiyatlarga ko'ra ishchi (a) va erkak (b) arilarga o'xshaydi?
1) nishtarga ega: 2) urug'lanmagan tuxum hujayradan rivojlanadi: 3) og'iz organlari kemiruvchi - so'ruvchi tipda tuzilgan: 4) qurtlarni oziqlantiradi: 5) urug'langan tuxum hujayradan rivojlanadi: 6) og'iz organlari yaxshi rivojlanmagan: 7) orqa oyoqlari gul ch angini yig'ib olishga moslashgan: 8) tanasining yirik bo'lishi.
A) a-1.5: b-6.8 B) a-1.3.4: b-2.8
C) a-5.6: b-1.3 D) a-3.4.7: b-1.8

22. Buzoqbosh uchun xos bo'lmagan xususiyatlarni aniqlang.


1) yuragi ko'p kamerali, naysimon; 2) qorin bo'limida jinsiy organlar, nafas teshiklari joylashgan; 3) ayirish sistemasi bir juft yashil bezlardan iborat; 4) hazm yarayoni organizmdan tashqarida boshlanadi; 5) harakat organlari 4 juft; 6) oldingi oyoqlari tuzilishi keyingilaridan farq qiladi.
A) 1.2.6 B) 1.5.6 C) 3.4.5 D) 1.3.6

23.Qaysi hasharotning tuxumdan chiqqan lichinkasida qanotlari rivojlanmagan bo‘ladi


1.poliksina 2.kollorado qong‘izi 3. olma mevaxo‘ri 4. suluv ninachi
5. Osiyo chigirtkasi 6. to‘shak qandalasi
A)1,2,3 B)4,5,6 C)3,4,5 D)1,2,3,4,5,6

24.Qaysi hasharotlarning bosh miyasi va nerv tugunlari juda kuchli rivojlangan?


A) kapalak, chigirtka B) buzoqboshi, jizildoq C) yashil tillaqo‘ng‘iz, xonqizi D) chumoli, ari

25. Bit qaysi turkumga mansub hayvon?


A) to’g’ri qanotli B) pardaqanotli
C) bit D) ikki qanotli

26. Katta sadafdor nimasi orqali nafas oladi?


A) jabra B) traxeya
C) traxeya, o’pka D) o’pka, Jabra

27. Qo’ng’izning qaysi jag’lari va lablari bir juftdan paypaslagichlar bilan ta’minlangan?


A) Yuqorigi jag’, pastki lab
B) Pastki jag’, yuqorigi lab
C) Pastki lab, pastki jag’
D) Yuqorigi lab, pastki lab

27. Daryoqisqichbaqsidaqaysiorganlarningsoni 2 ta (a), 4 ta (b), 6 ta (d), 8 ta (e), 10 ta (f), 1) jag‘lar 2) jag‘oyoqlar 3) qisqichlar 4) yurishoyoqlari 5) qorinouoqlari 6) dumsuzgichlari A)a-3 b-5 d-1,2 e-6 f-4


B) a-3 b-4 d-1,2 e-5 f-6
C) a-3 b-6 d-1,2 e-4 f-5
D) a-3 b-6 d-1 e-2,4 f-5

28.Boshida bir juft ko‘zi joylashgan, kechasi ovga chiqadi, zaharli emas, turli hasharotlar va mayda sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi, umurtqa pog‘onasi rivojlanmagan. Ushbu ta‘rif qaysi hayvonga tegishli?


A) daryo qisqichbaqasi B) sariq falanga
C) biy D) qoraqurt
29. Sanchib so`rivchi xartum(1),spiralsimon xartum (2), naysimon xartum(3) va yalovchi xartum (4) ga bo`lgan hayvonlar qaysi turkumga mansubligini aniqlang.
a.ikki qanotlilar b.pardaqanotlilar c.tangachaqanotlilar
d.o`rgimchaksimonlar e.kanalar
A.1-e; 2-c; 3-d; 4-a B.1-e; 2-c; 3-b; 4-a
C.1-d; 2-b; 3-b; 4-a D.1-a; 2-b; 3-c; 4-d


30. Komilning ovqat ratsionida oqsil, yogi va uglevodning umumiy miqdori 700 g bo'lib, oqsildan ajralgan energiya 410 kkal ni tashkil etadi. Agar ovqat tarkibidagi yog'dan hosil bo'lgan energiya oqsilning parchalanishidan hosil bo'lgan
energiyadan 520 kkal ga ko'p bo'lsa, ovqat tarkibida uglevod necha gramm? A) 500 B) 700 C) 100 D) 200

Mentor: Makhmudjon Ikramov tel: 99-737-63-25

Yüklə 35,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə