O‘zbekiston respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Bank kartasi saqlovchisining huquq va majburiyatlari



Yüklə 99,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix08.02.2023
ölçüsü99,61 Kb.
#100393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Karta

6-bob. Bank kartasi saqlovchisining huquq va majburiyatlari
15. Bank kartasi saqlovchisi quyidagi huquqlarga ega:
to‘lov tizimi qoidalari va emitent bilan tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan shartlar va
tartibga asosan bank kartasi orqali operatsiyalarni amalga oshirish;
bank kartasining emitentidan bank kartasidan foydalanish qoidalari hamda ular orqali
operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha bank kartasining saqlovchisi va emitentning javobgarlik
chegarasi to‘g‘risidagi to‘liq axborotni olish;
emitentdan bank kartasi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar to‘g‘risida to‘liq
axborot olish;
o‘z roziligiga ko‘ra, uning karta hisobvarag‘ini tasarruf etish imkoniyatini beruvchi qo‘shimcha
bank kartalarini chiqarish va rasmiylashtirishni emitentdan so‘rash;


karta hisobvarag‘ini kelgusida yopish sharti bilan bank kartalaridan foydalanishni rad etish.
16. Bank kartasini saqlovchi hisoblangan yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar mazkur
Nizomning 
15-bandida 
belgilangan huquqlar bilan birga quyidagi huquqlarga ham ega:
shartnoma, xizmat safari, xo‘jalik va boshqa xarajatlar uchun pul mablag‘larini karta
hisobvarag‘iga kirim qilish va ushbu xarajatlarni karta hisobvarag‘idan naqd pulsiz tartibda to‘lash;
bank kartasining emitenti bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan va tegishli karta
hisobvarag‘idan o‘tkazish uchun ruxsat etilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.
7-bob. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy va chet el
valyutasidagi bank kartalaridan foydalanish tartibi
18. Karta hisobvarag‘ini to‘ldirish karta hisobvarag‘ini ochgan yuridik shaxs yoki yakka
tartibdagi tadbirkorlarning to‘lov topshiriqnomasi asosida istalgan talab qilib olinguncha depozit
hisobvarag‘idan amalga oshiriladi.
19. Yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritish, shu jumladan davlat
boji va yig‘imlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni faqat milliy valyutadagi korporativ bank
kartalaridan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin.
Yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi bank kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi
hududidan tashqarida nosavdo tusdagi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida
foydalanilishi mumkin.
Yuridik shaxslar korporativ bank kartasiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar,
pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va dividendlarni o‘tkazishga, shuningdek, korporativ bank
kartalari vositasida naqd pul berilishi va (yoki) chet el valyutasini sotib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yuridik shaxslar tomonidan auksion savdolarida ishtirok etib, xaridlarni amalga oshirish uchun
korporativ bank kartasidan foydalanish taqiqlanadi.
Korporativ bank kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda to‘lash uchun sarf
qilinayotgan pul mablag‘lari korporativ bank kartasining saqlovchisiga hisobdorlik sharti bilan
beriladigan, qat’iy tarzda belgilangan maqsadlarda ishlatiladigan mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi.
Korporativ bank kartasining saqlovchisi korporativ bank kartasini hisobdorlikka olgan kundan
boshlab 10 kundan kechiktirmagan holda korporativ bank kartalari vositasida ishlatilgan mablag‘lar
to‘g‘risida yuridik shaxsning buxgalteriyasiga hisobot taqdim etadi.
Xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun korporativ bank kartasidan
foydalanganda, korporativ bank kartasining saqlovchisi xizmat safaridan qaytganidan keyin
korporativ bank kartasi vositasida sarflangan summalar to‘g‘risida buxgalteriyaga hisobot taqdim
etadi.
20. Yakka tartibdagi tadbirkor milliy valyutadagi bank kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi
hududida ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan,
shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa har qanday xarajatlar bo‘yicha to‘lovlarni
amalga oshirishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning chet el valyutasidagi bank kartalaridan O‘zbekiston
Respublikasi hududidan tashqarida nosavdo tusdagi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
maqsadida foydalanilishi mumkin.
21. Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalari orqali amalga oshirilgan
to‘lovlar bo‘yicha hisobot hujjatlari sifatida to‘lov terminali kvitansiyalarining asl nusxalari,
shuningdek, elektron tijorat bitimlaridagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron
cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar, invoys (hisob-faktura) hamda qonunchilik
hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar xizmat qiladi.
22. Karta hisobvarag‘idagi sarflanmay qolgan mablag‘larni talab qilib olinguncha depozit
hisobvarag‘iga qaytarish to‘lov topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq
tugatilganda uning karta hisobvarag‘idagi sarflanmay qolgan mablag‘lari talab qilib olinguncha
depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.


23. Korporativ bank kartasi va yakka tartibdagi tadbirkorning bank kartalari orqali amalga
oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgarlik karta hisobvarag‘ini ochgan yuridik
shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor zimmasida bo‘ladi.

Yüklə 99,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə