O‘zbekiston respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 99,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix08.02.2023
ölçüsü99,61 Kb.
#100393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Karta

to‘lov tizimining operatori
— O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov tizimining ishlashini
ta’minlash bo‘yicha faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
terminal
— bank kartasining saqlovchisiga to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatini
beruvchi va bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha (qog‘oz yoki elektron shakldagi) sliplarni
shakllantiruvchi moslama yoki dasturiy ta’minot;
emitent
— bank kartasini emissiyasini amalga oshiruvchi, bank kartasining saqlovchilari va
ekvayyerlar tomonidan bank kartalaridan foydalanilgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish
huquqlari bo‘yicha o‘z nomidan majburiyatni zimmasiga olgan bank;
ekvayring 
— bank kartalari orqali tovar (ish, xizmat va boshqalar) sotuvchilari bilan
operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek, bank kartasi saqlovchisiga
bevosita kassa yoki bankomat orqali naqd pul berish;
ekvayer
— ekvayringni amalga oshiruvchi rezident bank.
2. Bank kartasi saqlovchisining ruxsatisiz boshqa shaxs bank kartasidan foydalanishi mumkin
emas.
Bank kartasi qalbakilashtirishdan va undan noqonuniy foydalanishning boshqa turlaridan
himoya qilinishi zarur.
Bank kartasining amal qilish muddati to‘lov tizimi qoidalariga muvofiq to‘lov tizimi operatori
tomonidan belgilanadi.
2-bob. Bank kartalaridan foydalanishning huquqiy tartibga solinishi va to‘lov tizimi
ishtirokchilarining majburiyatlari
3. Banklar tomonidan bank kartasini emissiya qilish, xizmat ko‘rsatish va undan foydalanish
bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlari,
shuningdek to‘lov tizimi qoidalari hamda to‘lov tizimi ishtirokchilari o‘rtasida tuzilgan
shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.
4. To‘lov tizimi ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari mazkur Nizom, boshqa qonunchilik
hujjatlari hamda ularga asosan tuzilgan shartnomalar va to‘lov tizimi qoidalariga muvofiq tartibga
solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi rezident banklari mahalliy, xalqaro va xorijiy to‘lov tizimlari
ishtirokchilari bo‘lish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining rezident banklar — to‘lov tizimi ishtirokchilari, agar O‘zbekiston
Respublikasining qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, bank kartalari


emissiyasi, ularga xizmat ko‘rsatish va operatsiyalarni amalga oshirishda tegishli to‘lov tizimi
tomonidan belgilangan standartlardan foydalanadi.
5. To‘lov tizimi ishtirokchilari quyidagilarga amal qilishlari shart:
O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartasini emissiya qilish, xizmat ko‘rsatish, ular orqali
hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishning o‘rnatilgan tartib va qoidalariga rioya qilish;
bank kartalaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish maqsadida xavfsizlik chora-
tadbirlarini ta’minlash;
ular ixtiyorida mavjud bo‘lgan va muomaladagi bank kartalari, to‘lov tizimi ishtirokchilari,
foydalaniladigan texnologiya va dasturiy-texnik vositalar, to‘lov tizimi operatori tomonidan
o‘rnatilgan ish tartibi va qoidalari to‘g‘risidagi tijorat va bank siri hisoblangan ma’lumotlarni hamda
bank kartasi saqlovchilari hamda ular tomonidan bank kartalari orqali amalga oshirilgan
operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslikni ta’minlash, qonunchilik hujjatlarida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Yüklə 99,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə