7-mavzu. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi. 4-soat ma’ruza mashg’uloti rejasi



Yüklə 26,65 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü26,65 Kb.
#154013
7-MAVZU


7-MAVZU. BOQUVCHISINI YO’QOTGANLIK PENSIYASI. 4-SOAT

MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:


7.1. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasidan to’lanadigan nafaqalar.
7.2. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya bo’yicha davlat byudjetidan to’lanadigan nafaqalar.
7.3. Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha boshqa manbalardan to’lanadigan nafaqalar.
7.4. Kompensatsion to’lovlar.
Tayanch so’z va iboralar: nafaqa; ish haqining yo‘qotilishi bilan bog‘liq nafaqalar; yoshga doir nafaqalar; nogironlik bo‘yicha nafaqalar; boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi; vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi; homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa; bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa; dafn etish marosimi uchun nafaqa; ishsizlik bo‘yicha nafaqa.
7.1. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasidan to’lanadigan nafaqalar
Ijtimoiy ta’minotning shakllaridan biri – bu fuqarolarning ayrim toifalari va guruhlariga beriladigan ijtimoiy nafaqalar hisoblanadi. Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash, hisoblash va to‘lash ishlari tegishli me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Shuningdek, nafaqa to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ham turli manbalardan – jamg‘armalardan moliyalashtiriladi. Nafaqa tegishli davlat mablag‘lari hisobidan ob’ektiv sabablarga ko‘ra ish haqining yo‘qotilganligi, shuningdek aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy himoya qilish hamda ijtimoiy jihatdan ta’minlash maqsadlarida tayinlanadi. Ish haqining yo‘qotilishi bilan bog‘liq nafaqalarga vaqtinchalik ishga layoqatsizlik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq nafaqalar, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar, ishsizlik va boshqa shu kabi holatlar bo‘yicha to‘lanadigan nafaqalar kiradi. Aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadlarida tayinlanadigan nafaqalarga bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa, qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa, bola parvarishi bilan band bo‘lgan oilalarga nafaqalar, dafn marosimi uchun to‘lanadigan nafaqalar va boshqa to‘lovlar kiradi. Yoshga doir nafaqalar. Yoshga doir nafaqa ish stajiga ega bo‘lmagan, shuningdek, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan 5 yildan kam ish staji mavjud bo‘lib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun etarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga: erkaklarga -65 yoshga yetganlarida; ayollarga - 60 yoshga yetganlarida tayinlanadi.
Ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari, qarindoshlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo‘lgan boshqa shaxslar bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tekshirishda ish stajiga ega bo‘lmagan va yoshga doir nafaqa so‘rab murojaat etgan shaxsni ta’minlashga majbur bo‘lgan qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning moddiy nochorligi aniqlangan hollarda bu nafaqa uni so‘rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslarbor bo‘lgan taqdirda ham tayinlanishi mumkin. Yoshga doir nafaqalarni to‘lash, etkazib berish va qayta yuborish bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Nogironlik bo‘yicha nafaqalar.Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bo‘lgan hollarda, yoshidan qat’i nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironlariga faqat mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotilganda tayinlanadi va to‘lanadi. Mehnat faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirish (mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat yo‘qotilganda) Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari yo‘llanmalari bo‘yicha tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan amalga oshiriladi. Fuqaro mehnat faoliyatiga layoqatli emas yoki unga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish mumkin emasligi (yoki zid ekanligi) belgilangan taqdirda TMEK mehnat qobiliyatining doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotilganligi to‘g‘risida tegishli xulosa chiqaradi. Nogironlik nafaqasi mehnatga layoqat yo‘qotilishining butun davri uchun tayinlanadi. Bu nafaqalarni to‘lash, etkazib berish va qayta yuborish bo‘yicha xarajatlar ham O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlanadi. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi vafot etganning oila a’zolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan nafaqaga foiz nisbatida quyidagi miqdorda belgilanadi:
- oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga – nafaqaning 100 foizi;
- oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga – nafaqaning 75 foizi;
- oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga – nafaqaning 50 foizi.
Bu nafaqalar bo‘yicha xarajatlar ham O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi.Ushbu nafaqa quyidagi hollarda beriladi:
- vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanishda);
- sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
- kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda;
- karantinda;
- sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda;
- mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Umumiy qabul qilingan hollarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa ishlovchi xodimlarga quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
- umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin (sag‘ir) yetimlarga - ish haqining 80 foizi miqdorida;
- umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga - ish haqining 60 foizi miqdorida.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqaning ish haqining 100, 80, 60 foizi miqdorida to‘lanadigan boshqa holatlari ham mavjud bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 1 apreldagi 21-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilangan. Umuman, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa barcha hollarda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori bo‘lmasligi lozim. Shuningdek,vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlarga nafaqa to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar 2007 yil 1 yanvardan boshlab:
- budjet tashkilotlari tomonidan - mehnat haqi jamg‘armasiga ajratiladigan budjet
mablag‘lari doirasida;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan - foyda solig‘ini hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlangan holda shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa. Homiladorlik va tuqqandan keyingi davrlar ta’tili sifatida ayollarga tuqquniga qadar 70 kalendar kun va tuqqanidan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda – 70 kalendar kun) ta’til beriladi. Bu nafaqani tayinlash va to‘lash uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi hamda ushbu nafaqa ko‘rsatilgan barcha davr uchun to‘lanadi. Xodim bolani parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan vaqtda unga yana keyingi homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilberilganda, nafaqa homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning o‘rtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan kuniga bo‘lgan tarif stavkasi joylarda belgilangan tuman koeffitsienti va ustamalarni hisobga olgan holda olinadi. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi. Ushbu nafaqa ham, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlarga nafaqa kabi, 2007 yil 1 yanvardan boshlab: budjet tashkilotlari tomonidan - mehnat haqi jamg‘armasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida; xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan - foyda solig‘ini hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlangan holda shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa. Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi. Ish haqiga koeffitsient qo‘llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi.Ishlayotgan ayollarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o‘qish joyidan to‘lanadi.Bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.Ishlamaydigan va o‘qimaydigan ota-onalarga bola tug‘ilganda nafaqa Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.Farzandlikka olingan bolalarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bola o‘lik tug‘ilgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi. Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladi. Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa.Bu nafaqa nogiron bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga bola o‘n olti yoshga to‘lgunga qadar davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to‘lagan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi.
Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa. Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramog‘ida bo‘lgan quyidagi oila a’zolari vafot etganda beriladi:
- turmush o‘rtog‘i;
- 18 yoshga to‘lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qat’i nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-singillari;
- ota-onasi;
- bobosi yoki buvisi.
Xodim vafot etganda dafn etish marosimi uchun nafaqa oila a’zolariga yoki dafn o‘tkazishni o‘z
zimmasiga olgan shaxslarga budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida berilar edi.Bugungi kunda pensionerlar va boshqa fuqarolar ham vafot etgan taqdirda ularning oilasiga yoki dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga eng kam oylik ish haqining to‘rt barobari miqdorida dafn etish nafaqasi to‘lanadi. Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi. Dafn etish marosimi uchun nafaqa budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa. Qonunda belgilangan tartibda ishsiz deb tan olingan fuqarolarga ishsizlikbo‘yicha nafaqa beriladi. Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslaruchun ishsizlik nafaqasi oldingi ish joyidagi oxirgi bir yilgi o‘rtacha ish haqiga foiz nisbatidabelgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi. Qaramog‘ida 16 yoshga to‘lmagan bolalari va boshqa kishilar bo‘lgan ishsiz shaxslarga nafaqa miqdori 10,0 foizga oshiriladi. Ish haqiga koeffitsientlar belgilangan joylarda yashovchi shaxslarga tayinlanadigan ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning shu joylarda yashagan davri uchun mazkur joyda noishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlariga belgilangan koeffitsientni qo‘llagan holda aniqlanadi.
Ishsizlik nafaqasi Davlat bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan tayinlanadi. Ishsizlik nafaqasining quyidagi turlari farqlanadi:
1. Birinchi marta ish qidirayotganlar shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik nafaqasi;
2. Uzoq tanaffusdan keyin ish qidirayotgan shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik nafaqasi. Birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik nafaqasi ilgari ishlamagan va ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash yoki ishga joylashish imkoniyati berilmagan taqdirda, ularda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining kamida 75,0 foizi miqdorida nafaqa to‘lash kafolatlanadi.
Uzoq tanaffusdan keyin ish qidirayotgan shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik bo‘yicha nafaqa uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan ishsiz fuqarolarga to‘lanadi. Bu quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
- mutaxassisligi bo‘lgan shaxslar uchun, shuningdek, 12 oy mobaynida haq to‘lanadigan ish bilan bandligi 12 kalendar haftadan kam bo‘lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga joylashishi uchun kasbga qayta o‘rgatish yoki malakasini oshirish talab qilinmasa, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda;
- boshqa hollarda, shu jumladan, mutaxassisligi bo‘lmagan shaxslarga, mahalliy
mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 75,0 % miqdorida. Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- ishsiz shaxs zarur kasb malakasiga ega bo‘lmaganligi tufayli unga ma’qul keladigan ish tanlash mumkin bo‘lmasa;
- ishsiz shaxsning kasb ko‘nikmalariga mos keladigan ish yo‘qligi sababli uning
kasbini o‘zgartirish zarur bo‘lsa;
- ishsiz fuqaro avvalgi kasbi bo‘yicha ish bajarish qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lsa.
Ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish o‘quv yurtlarida mehnat organlarining yo‘llanmalari bo‘yicha Davlat bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan nafaqa. Nafaqaning bu turi mulkchilik shaklidan va xo‘jalik yuritish usulidan qat’iy nazar, ish beruvchilar korxonada (tashkilotda) mehnat shartnomasi tuzish asosida yollanib mehnat qiluvchi xodimlariga to‘lanadigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, bir yo‘la beriladigan nafaqa hisoblanadi. Xodim ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisa yoki boshqa xil shikastlanish tufayli sog‘lig‘iga zarar etganda, shuningdek, u kasb kasalligiga chalinish tufayli salomatligi yomonlashganda, ish beruvchi unga bir yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘laydi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi tufayli xodim vafot etgan taqdirda ish beruvchi uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘laydi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi tufayli sog‘lig‘iga zarar etgan yoki vafot etgan xodim qaramog‘ida bo‘lgan fuqarolarga nafaqa to‘lash shartlari va tartibi, nafaqaning aniq miqdori tegishli qonun hujjatlarida, jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomalarida, boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilanadi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda amalda bo’lgan ijtimoiy ta’minot tizimida nafaqalarning turlari va to’lash manbalari turlicha bo’lishi, ular turli davlat boshqaruvi idoralari orqali amalgaoshirilishi, turli manbalardan moliyalashtirilishi bilan tavsiflanadi. Ayrim nafaqalar davlat byudjetidan moliyalashtirilsa, boshqalari Pensiya jamg’armasidan, uchinchilari – Bandlikka ko’maklashuvchi
jamg’arma mablag’laridan to’lab beriladi. Shuningdek, nafaqalrni tayinlash va to’lash jarayoni turlichame’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bu borada yaxlit bir qonunning va u asosida ishlab chiqilishi zarur bo’lgan me’yoriy hujjatlarga ehtiyoj sezilmoqda.
Yüklə 26,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə