O‘zbekiston respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 99,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix08.02.2023
ölçüsü99,61 Kb.
#100393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Karta

bank kartalari emissiyasi
— bank kartalarini muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim
etish bo‘yicha faoliyat;
bank kartasining saqlovchisi
— emitent yoki bank kartalarini tarqatuvchi bank bilan mijoz
o‘rtasidagi shartnomaga asosan bank kartasidan foydalanuvchi mijoz yoki mijoz tomonidan vakolat
berilgan shaxs;
bankomat 
— bank kartasining saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tartibida naqd pul
olish va bank kartasi bilan boshqa amaliyotlarini amalga oshirish imkonini beruvchi hamda
bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha slip hujjat shakllantiruvchi qurilma;


virtual karta
— elektron shakldagi bank kartasi bo‘lib asosiy kartaga yoki hisobvaraqqa
bog‘lanadi va to‘lovlarni amalga oshirishda zarur bo‘lgan bank kartasining majburiy rekvizitlariga
ega bo‘lgan to‘lov vositasi;
karta hisobvarag‘i
— bank kartasi orqali pul mablag‘larini tasarruf etish mumkin bo‘lgan
bank hisobvarag‘i;
ShIR kod
— bank kartasi saqlovchisining shaxsiy identifikatsiya raqami bo‘lib, u karta
hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini boshqarish huquqini hamda mablag‘larni boshqarishga bank
kartasining saqlovchisi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlaydi;
savdo va xizmat ko‘rsatish subyekti
— ekvayer bilan tuzilgan shartnomaga asosan bank
kartalari orqali tovar (ish, xizmat)larni sotuvchi yuridik shaxs va (yoki) yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs;
slip 
— bank kartasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi, operatsiyaning
miqdori, turi, amalga oshirilgan sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va ushbu hujjatni shakllantirishda
foydalanilgan bank kartasi, terminal yoki bankomatni to‘g‘ri aniqlay bilish imkoniyatini beruvchi
axborotni o‘zida mujassamlashtirgan qog‘oz yoki elektron shakldagi hujjat (chek);
to‘lov tizimi
— to‘lovlarni to‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va (yoki) to‘lov
tashkilotlarining to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to‘lov tizimining tartib-taomillarini,
infratuzilmasini va qoidalarini qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan amalga oshirishni
ta’minlaydigan munosabatlar majmuidir;

Yüklə 99,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə