O‘zbekiston respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 99,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix08.02.2023
ölçüsü99,61 Kb.
#100393
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Karta



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA BANK KARTALARINING CHIQARILISHI VA
MUOMALADA BO‘LISHI QOIDALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi,
ro‘yxat raqami 3294]
O‘zbekiston Respublikasining “
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida
”gi
hamda “
To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida
”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi
qoidalari to‘g‘risidagi nizom 
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M.B. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-mart,
28/21-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki boshqaruvining 2021-yil 10-
martdagi 28/21-son 
qaroriga 
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi
qoidalari to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘risida
”gi va “
To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida
”gi qonunlariga muvofiq banklar tomonidan
bank kartalarining chiqarilishi, ularning muomalada bo‘lishi va o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha
hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avtorizatsiya
— to‘lov operatori tomonidan ko‘zda tutilgan qoidalarga asosan telefon, elektron
yoki aloqaning boshqa usullari yordamida bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun
bank kartasi emitentining ruxsatini olish jarayoni;
antifrod-tizim
— bank kartalari yordamida to‘lovlarni amalga oshirishda firibgarlik
operatsiyalarini oldini olishga qaratilgan jarayonlar yig‘indisi;
bank kartasi
— uni saqlovchisiga to‘lov infratuzilmari orqali to‘lovlarni amalga oshirish yoki
naqd pul mablag‘larini olish yoxud valyuta ayirboshlashni amalga oshirish va bank kartasining
emitenti tomonidan belgilangan boshqa operatsiyalarni bajarish imkonini beruvchi to‘lov
vositasidir;

Yüklə 99,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə