O‘zbekiston respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Bank kartasidan foydalanilgan holdagi to‘lovlar



Yüklə 99,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix08.02.2023
ölçüsü99,61 Kb.
#100393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Karta

9-bob. Bank kartasidan foydalanilgan holdagi to‘lovlar
30. Tovarlar va xizmatlarni chakana realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi
tadbirkor va yuridik shaxslar to‘lovlarning bank kartalaridan foydalangan holda qabul qilinishini
ta’minlashi shart.
31. To‘lov xizmatlaridan foydalanuvchining bank kartalaridan foydalanish bilan bog‘liq huquq
va majburiyatlari bank kartasidan foydalangan holda amalga oshiriladigan to‘lov yakka tartibdagi
tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan qabul qilingan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.
32. To‘lovlar bank kartasidan foydalangan holda amalga oshirilganda yakka tartibdagi
tadbirkorda yoki yuridik shaxsda u bilan bank kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma


tuzgan bankka nisbatan yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan qabul qilingan
to‘lov summasida pul talab qilish huquqi, bankda esa yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik
shaxsning pulga doir talabini bajarish majburiyati yuzaga keladi.
33. Bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchisi talabiga binoan uning bank
kartasidan foydalanish bilan bog‘liq tegishli hujjatlarni va axborotni shartnomada belgilangan
tartibda taqdim etishi shart.
34. Bank kartasining emitenti bank kartasining saqlovchisiga yuborilgan va undan olingan
xabarnomalarning ushbu xabarnomalar yuborilgan va olingan kundan e’tiboran uch yildan kam
bo‘lmagan muddat mobaynida saqlanishini ta’minlaydi.
35. Bank kartasining emitenti bank kartasi saqlovchisining arizasining ariza kelib tushgan
kundan e’tiboran o‘n besh kun mobaynida ko‘rib chiqadi. Arizani ko‘rib chiqish uchun tekshirish
o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoki boshqa choralar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda
arizani ko‘rib chiqish muddati ko‘pi bilan o‘ttiz kunga uzaytirilishi mumkin, bu haqda bank
kartasining saqlovchisiga xabar beriladi. Bank kartasidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida
foydalanilgan taqdirda bank kartasining saqlovchisining arizasi ariza kelib tushgan kundan
e’tiboran qirq besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Bank kartasining
saqlovchisiga arizani ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda axborot
yuboriladi.
36. Bank kartasidan foydalanish bank kartasining saqlovchisidan olingan xabarnomaga
asosan bank kartasining emitenti tomonidan yoki bank kartasini saqlovchi bank kartasidan
shartnomaga muvofiq foydalanish tartibini buzgan taqdirda bank kartasi emitentining
tashabbusiga ko‘ra to‘xtatib turiladi yoki tugatiladi.
37. Bank kartasi saqlovchisining bank kartasidan foydalanishini to‘xtatib turish yoki tugatish
bank kartasi saqlovchisining va bank kartasi emitentining ushbu kartadan foydalanishni to‘xtatib
turish yoki tugatish paytiga qadar yuzaga kelgan majburiyatlarini tugatmaydi.

Yüklə 99,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə