O‘zbekiston respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 99,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix08.02.2023
ölçüsü99,61 Kb.
#100393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Karta

3-bob. Bank kartalarining turlari
6. Bank kartalari karta hisobvarag‘i egasi, amal qilish tartibi va ma’lum bir to‘lov tizimiga
tegishliligiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) karta hisobvarag‘ining subyektlariga ko‘ra:
shaxsiy bank kartasi
— o‘z saqlovchisiga jismoniy shaxsning (yakka tartibdagi tadbirkordan
tashqari) karta hisobvarag‘ida (karta hisobvaraqlarida)gi pul mablag‘larini boshqarish imkoniyatini
beradi. Shaxsiy bank kartalari bank kartasi saqlovchisining ruxsati bilan boshqa shaxslar (oila a’zolari
va boshqalar) tomonidan foydalanilishi mumkin;
korporativ bank kartasi
— o‘z saqlovchisiga, ya’ni yuridik shaxsning vakolatiga ega xodimi
yoki yakka tartibdagi tadbirkorga karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini boshqarish imkoniyatini
beradi;
b) bank kartalari amal qilish tartibiga ko‘ra:
debet bank kartasi
— o‘z saqlovchisiga u va bank kartasi emitenti o‘rtasida tuzilgan
shartnoma shartlariga binoan tegishli karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari qoldig‘i doirasida to‘lov
operatsiyalarini amalga oshirish va (yoki) naqd pul mablag‘larini olish uchun (korporativ bank
kartasi bundan mustasno) tasarruf etish imkonini beradi;
kredit bank kartasi
— o‘z saqlovchisiga u va bank kartasi emitenti o‘rtasida tuzilgan
shartnoma shartlariga binoan to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish va (yoki) naqd pul
mablag‘larini olish uchun (bundan korporativ bank kartasi mustasno) tegishli karta
hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari qoldig‘idan ortiq operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Ikki va undan ortiq to‘lov tizimlarida ishlaydigan va ularning logotiplarini o‘zida aks ettirgan
bank kartalari kobeydjing kartalari deb hisoblanadi.
Ikki va undan ortiq tovar belgisi ostida emissiya qilingan bank kartalari kobrend bank kartalari
deb hisoblanadi.
4-bob. Bank kartalarini emissiya qilish
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarini emissiya qilish O‘zbekiston Respublikasi
rezidentlari bo‘lgan banklar tomonidan amalga oshiriladi.
8. Biron bir to‘lov tizimiga tegishli bo‘lgan bank kartalarini emissiya qilish, sertifikatlangan
dasturiy-texnik vositalardan foydalangan holda, tegishli to‘lov tizimi operatori tomonidan
o‘rnatilgan qoidalarga asosan emitent tomonidan amalga oshiriladi.
9. Bank kartalarining (shu jumladan, virtual kartalarining) majburiy rekvizitlari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
bank kartasi saqlovchisining familiyasi va ismi (shaxsiy bank kartalari uchun);
karta hisobvarag‘i egasi bo‘lgan yuridik shaxsning firma (rasmiy) nomi va (yoki) uning to‘lov
tizimidagi shartli raqami (korporativ bank kartalari uchun);
bank kartasi emitentining rasmiy nomi;
bank kartasining raqamlari va amal qilish muddati.


10. To‘lov tizimi doirasida emissiya qilinadigan bank kartalarida, identifikatsiya belgilari va
bank kartalarining belgilari bo‘lgan qo‘shimcha majburiy rekvizitlar mazkur tizim qoidalarida
belgilanishi mumkin.

Yüklə 99,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə