O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


SA'DIY SHEROZIY (1189-1292)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
download-edfiles-17902

SA'DIY SHEROZIY (1189-1292)
Musharafiddin ibni Muslihiddin Abdulloh Sa'diy haqidagi ma'lumotlar turli
tazkirada turlicha keltiriladi. Shu bois ko`pgina olimlar uning hayoti va ijodi to`g`risida
fikr bildirganda shoir asarlaridagi qaydlarga suyanishadi. U 1189 yilda Sherozda amaldor
oilasida tug`ilgan. Otasi Sa'd binni Zangiy qo`lida ishlagan. Bu haqda sa'diy «Guliston»ida
yozadi:
Man on goh sari tochvar doshtam,
Ki sar dar kanori padar doshtam.
Sa'diyning oilaviy ahvoli haqida to`liq ma'lumot yo`q. Ammo fors hokimi
Shamsiddin Tozigo`yiga murojaat qilganidan yaqqol ko`rinadiki, Sa'diyning oilasi og`ir
ahvolda yashagan:
Z-ahvoli barodaram ba tahqiq,
Donam, ti turo xabar naboshad.
Az g`oyati fikr doimo o`ro,
Shalvor ba poy dar naboshad.
Sherozda siyosiy ahvol notinch bo`lgani uchun Sa'diy Bag`dodga yo`l oladi va u
yerda Nizomiya madrasasida tahsil oladi. Ilk ustozi Abdulfaraj Abdurahmon ibni Javziy
(1186-1257) edi. Eng muhimi tasavvuf ta'limotining asoslarini o`rganish niyatida Sa'diy
30 yil safar qilib, Arab, Eron, Turk va Rum mamlakatlarida bo`ladi. Sa'diyning mazkur
yurtlardagi sayru sayohatlarining batafsil bayoni yo`q. Ammo undagi tafsilotlar «Bo`ston»
va «Guliston» da aks ettirilgan. 1257-yili 68 yoshida bo`lgan Sa'diy dunyo bo`ylab
sayohatini tugatib, Shayx Abu Abdulloh ibni Hafif xonaqohida go`shanishinlik qila
boshladi. Zamonasining ulug` murshidi Shamsiddin Juvayniy uni o`z xonaqohiga
chorladi. Ammo sa'diy pirning taklifini qabul qilmadi. 1292-yili shoir 103 yoshida vafot
etadi.
Mumtoz adabiyotning barcha janrlarida ijod qilgan Sa'diy Sherozga qaytgach
parokanda she'rlarini jamlab, 1257-yilda «Bo`ston», 1258-yilda «Guliston», to`rt
devondan iborat kulliyotini yozdi. Bu devonlar:
1. «Tabiyot»
2. «Badoe'»
3. «Xavotim»
4. «G`azaliyoti qadim»
Sa'diyshunos olimlar shoirning qalamiga mansub asarlarni quyidagicha tartib
beradilar: «Bo`ston», «Guliston», «Qasoid», «Tarjebband», «Devoni Tabiyot», «Devoni
badoe'», «Devoni xavotim», «G`azaliyoti qadim», «Qit'alar, ruboiylar va fardlar», «Chor
risola» (maktublar va javoblar), «Sohibnoma».
Kalom falsafasini rivojlantirib, uni mumtoz adabiyotiga olib kirgan shoir Sa'diydir. U olam
va odamni yo`qdan bor qilgan Tangri Taoloning qodiru tanholigini tan olib, insonning oliy
xilqatiga iymon keltiradi. Bir she'rida yozadi:
Ba umrash vuchud az adam naqsh bast,
Ki donad chuz o` kardan az nest hast.
Digar rah ba katmi adam darbarad,
V-az on cho ba sahroi mahshar barad.
Sa'diy-so`fiy shoir. U tasavvufdagi aqoidlarni mutassil o`rganib, uni «Bo`ston», va
«Guliston» tarkibidagi hikoyat va she'rlarda singdira oladi. Ayniqsa, nafs, nafsni tiyish,
kibr, manmanlik kabi so`fiylarga illat bo`lgan xususiyatlarni tahlil etarkan Sa'diy shunday
8


Aim.uz
xulosa qiladi: so`fiy uchun yeyish, ichish muhim emas. Eng keraklisi-ko`ngildan Ollohga
sig`inish, odamlar orasida yashab ularga foyda keltirish, nafsini tiyish, riyodan saqlanish:
Na chandon bixo`r k –az dahonat baroyad,
Na chandon ki az za'f chonat baroyad.
Adolatli shoh masalasini Sa'diy ilk bor badiiy tarzda ifodalagan. Uningcha, davlat
adolatli podshoh bilan rivojlanadi.adolat va ma'rifat shohning asosiy tamoyili bo`lishi
kerak. Keyinchalik shu g`oya Alisher Navoiyning «Xamsa» sida, to`g`rirog`i, «Sa'diy
Iskandariy» da go`zal tarzda ifodasini topdi. Sa'diy yozadi:
Vagarna roin (cho`pon) xalq ast, zahri morash bod,
Har on chy mexo`rad az chiz'yai musulmonist.
«Gulsiton» da shunday hikoyat bor. Bir kuni Sulton yo`ldan o`tib ketayotsa, bir
darvesh yo`l ustida o`tirardi. Darvesh podshoh (Sulton) ga salom bermadi. Sulton ranjib
dedi: «Bu xirqapo`shlar hayvonga o`xshaydi, odamgarchilikdan asr ham yo`q». Vazir
darveshning oldiga kelib dedi: «Ey gumroh javonmard, zaminning podshosi sening
oldingdan o`tayapti-yu, sen nega yugurib borib uning xizmatini qilmading, hurmatini
joyiga qo`ymading?». Hech kimdan tama' qilmaydigan darvesh javob ayladi: «Sultonga
yetkazingki, odamlardan umidvorlik qilmasin, mulkiga ko`p oshufta bo`lmasin. Odamlar
mulkka emas, mulk odamlarga xizmat qiladi».
Podshoh posboni darvesh ast,
Garchi romish ba farri davlati ast,
Go`sfand az baroi cho`pon nest,
Balki cho`pon baroi xidmati o`st.
(Romish-rohat-farog`at; Farr-sha'nu shavkat)
pandu hikmat-xalqning yillar davomida aqliy zakovati. Sa'diyning «Guliston» va
«Bo`ston»idagi pand-nasihat, ma'izalar mavzu jihatdan turlicha: ilmu hunar o`rganish,
jasorat, qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, sabr-qanoat, hallollik, poklik.
Ilm olish har bir kishiga farz. Ammo unga amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Sa'diy yozadi: «Du kas ranchi behuda burdand va sa'yi befoyda kardand: Yake on ky mol
ando`xtu naxo`rd va digare ilm omo`xtu amal nakard». Fikrini davomida shoir uqtiradiki,
ilm olish dahru dunyodan voz kechish, uzlat qilish emas, aksincha, dunyoni o`rganish.
Ilmning asosi- takror va mubohisa, uning husni-sabr, andisha hamda odob, ilmga illat-
manmanlik, kibr, riyokorlik, tama'. «Guliston» da Sa'diy tasavvufining asosiy tamoyili
sanalgan qanoatga alohida bob keltiradi. Uningcha, qanoat insonga ma'naviy kuch beradi:
Qanoat tavongar kunad mardro,
Xabar deh harisi chahongardro.
Sabr qilgan odam o`z murodiga yetadi. Lekin bu dunyoning ishlari shunchalar g`aliz,
tushunarsizki, uni yo qanot, yo tuproq to`ldiradi.
Guft: Chashmi tangi dunyodorro,
Yo qanot pur kunad, yo xoki go`r.
Aruzning mutaqoribi musammani maqsur (faulun, faulun, faulun, faul) vaznida yozilgan
«Bo`ston» quyidagicha tartiblangan:
Kitobning yozilish sabablari
Kirish va ilova haqida
Kitobxonga murojaat
O`nta bob
9


Aim.uz
Boblar quyidagicha: adl, ehson, ishq, tavoze', rizo, qanoat, tarbiyat, shukur, tavba,
munojot. «Bo`ston» asari yagona syujet va kompozitsiyaga ega emas. Boblar alohida-
alohida xulosa va hikoyatga ega bo`lib, muayyan bir g`oyaga xizmat qiladi. «Guliston»
Sa'diyning ikkinchi asari bo`lib, hijriy 656 (mitl. Avvalgi 1258) yilda yozilgan. U
debochadan tashqari sakkiz bobni o`z ichiga oladi: podshohlar, darveshlar ahloqi, qanoat
fazilati, xomushlik qoidalari, ishq va yigitlik, qarilik va zaiflik, tarbiya ta'siri, suhbat odobi
. shoirning o`zi qayd etganidek, «Guliston» ning asosi pand-nasihat
Murodi mo nasihat budu guftem,
Havolat bo xudo kardemu raftem.
«Guliston» da ham yagona syujet yo`q. Har birp bobga alohida hikoyat keltiriladi.
Asarning badiiy qimmatini ta'minlovchi asosiy omil nazm va nasr vobasta etilgan.
Ifodalarning jonli, ishonchli bo`lishi uchun Sa'diy hajv, tazod, tarse', mubolag`a va boshqa
badiiy san'atlardan foydalangan. Sa'diy adabiy merosining asosiy qismini nazm tashkil
qiladi. Masnaviy, ruboiy, qit'a, fard, g`azal, tarje'band kabi janrlarda ijod qilgan Sa'diy
g`azalchilikda Firdavsiy va Anvariyni alohida hurmat bilan tilga oladi.
Dar she'r se tan payambaronand,
Harchand ki lonabiya ba'dy.
Avsafu qasidavu g`azalro:
Firdavsi-yu Anvari-yu Sa'diy.
(lonabiya ba'dy-Nabidli boshqa tug`ilmaydi; Avsaf-vasf)
Chor devonga kirgan asarlarning asosiy qismini 632 g`azal tashkil qiladi.
G`azallarning asosiy mavzusi-ishq. Mumtoz adabiyotda tasnif etilganidek, ishqi haqiqiyni
xuddi Sanoiy, Attor, Jaloliddin Rumiy kabi Sa'diy go`zal tarzda kuylaydi:
Suxan berun mago`y az ishq, Sa'dy,
Suxan ishq astu digar qilu qol ast.
Yana bir o`rinda ma'shuqani shunday chizadi:
Mah ast on yo malak yo odamizod?
Tuy yo oftobi olamafro`z?
She'riy satrlarni tazod, tashbeh, istiora, mubolag`a, tajnis, mullama'-shiru shakar kabi
san'atlar bilan ziynatlagan Sa'diy mahorat borasida Hofiz Sheroziyga ustoz bo`ladi.
1. Tazod san'ati:
Baloi ishqi tu bar man chunon asar kardast,
Ki pandi olimu chohil namekunad asaram.
2. Mubolag`a san'ati:
Gar g`ussai ro`zg`or go`yam
Bas qissai beshumor go`yam.
Yak umri hazor soya boyad,
To man yake az hazor go`yam.
3. Talmeh san'ati:
Man avval ro`z donistam, ki bo Shirin daraftodam,
Ki chun Farhod boyad shust dast az choni Shirinam.
4. Mullama' san'ati:
Ey sho`hrai shahru fitnai xayl,
Fi manzariq annahoru vallayl.
(arabcha tarjima: ruyi tu safed astu zulfat siyoh)
5. O`xshatish san'ati:
10


Aim.uz
Garchi tu amiri mo asirem,
V-ar chi tu buzurgu mo haqirem.
Garchi tu g`aniyu mo faqirem,
Dildorii do`ston savob ast.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə